18
intellektual merosi, umuminsoniy qadriyatlarni ardoqlash ruhiga alohida e’tibor berilmoqda. Milliy
dasturning strategik maqadlariga erishish yangi pedagogik va axborot texnologiyalari, yangi o’quv reja
va dasturlari, o’quv metodik majmualar, yosh avlodni o’qitish va tarbiyalashning, zamonaviy shakl va
uslublarini qo’llashning o’rni, ahamiyati kattadir. Yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning boy
milliy tarixiy-madaniy an’analar, urf-odatlari, umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan samarali
tashkiliy va pedagogik shakl va vositalari ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilmoqda. Ta’lim-tarbiya
va shaxsni har tomonlama kamol toptirish ustivorligini ta’minlash asosiy maqsad qilib qo’yilgan.
Mustaqil O’zbekiston Respublikasida halq ta’limi tizimida “Ta’lim to’g’risida”gi qonun va “Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi” ga mos ravishda isloh qilish, shubhasiz, ta’limimizni rivojlangan, demakratik
mamlakatlardagi ta’lim tizimi yutuqlari bilan boyitish, uyg’unlashtirish orqali yoshlarni o’qitish va
tarbiyalash ishlarini yuksak darajaga ko’tarish, ularda mustaqillik ruhi, e’tiqod va axloqiy sifatlarni
shakllantirishdek ma’suliyatli vazifalarni qo’yadi. Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy
qismida ta’kidlanganidek, shaxs – kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti va obyekti, ta’lim
sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi sifatida e’tirof etilgan.
Hozirgi mustaqillik sharoitida psixologiyaga bo’lgan talab-ehtiyoj juda kuchayib ketdi. Yoshlar
ma'naviyatini boyitish uchun ularning dunyoqarashi, tafakkuri, irodasi, umuman olganda ongini
o’stirish zarur. Buning uchun eksperimental ishlarni kuchaytirishi, ta'lim jarayonini yangi
texnologiyalar asosida qayta qurishi lozim. Hozirda Respublikamiz universitetlarining psixologiya
bo’limlari, kafedra, laboratoriyalari ilmiy fikrlar markaziga aylantirildi.
Mazkur muassasalarda psixologik tadqiqotlar o’tkazilib, psixik jarayonlar, holatlar, shaxsning
individual xususiyatlari, hissiy-irodaviy sohasiga doir nazariy va amaliy bilimlar qo’lga kiritildi.
Ayniqsa, fan sohasida tadqiqotlar shu darajada ko’paydiki, ular ma'lum qonun qoidaga tayanishi lozim.
Shu bois olib borilayotgan izlanishlarga asos bo’lishi uchun tamoyillar ishlab chiqildi.
Shunga ko’ra psixologiyaning tamoyillari quyidagicha:
1. Determinizm tamoyili;
2. Ong va faoliyat birligi tamoyili;
3. Psixika va ongning faoliyatda rivojlanishi tamoyili.
Tamoyil - ma'lum faoliyatni bajarishda tayaniladigan dastlabki qoidalar tizimidir.
Determinizm
tamoyiliga ko’ra, psixika yashash sharoiti bilan belgilanadi va sharoit o’zgarishi bilan o’zgaradi.
hayvonlar psixikasining taraqqiyoti tabiiy saralanish bilan, odam psixikasi taraqqiyoti esa ijtimoiy
taraqqiyot qonunlari bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: