Ong va faoliyat birligi tamoyiliga ko’ra, ong va faoliyat bir-biriga qarama-qarshiham, aynan
bir narsa ham emas. Ular bir butunlikni tashkil etadi. Ong faoliyatni ichki rejasini, dasturini tashkil
etadi. Bu tamoyil psixologlarga inson xulq-atvori, xatti-harakatlari va faoliyatlarini o’rganish orqali
xatti-harakatlardan ko’zlangan maqsadlarga, muvaffaqiyatlarga erishishni ta'minlovchi ichki
psixologik mexanizm, ya'ni psixikani ob'ektiv qonuniyatlarini ochishga imkon beradi.
Psixika va ongning faoliyatda taraqqiy etish tamoyiliga ko’ra, psixikaga taraqqiyot mahsuloti
va faoliyat natijasi deb qaralsa, uni to’g’ri tushunish hamda tushuntirib berish mumkin. Bu tamoyil
L.S.Vigotskiy, S.L.Rubinshteyn, V.M.Teplov kabi psixologlar ishlarida o’z aksini topgan.
L.S.Vigotskiy ta'lim psixikani rivojlantirishga yo’naltirishini, P.P.Blonskiy esa tafakkurning kichik
maktab yoshida o’yinlar bilan o’spirinlik yoshida o’qish bilan bog’liq tarzda rivojlanishini tahlil qildi.
S.L.Rubinshteyn "Ong faoliyatda paydo bo’lib, faoliyatda shakllanadi" degan edi.
Har bir fanda bo’lganidek, psixologiya fanida ham turli-tuman psixik hodisalarni va har bir
shaxsga xos bo’lgan individual xususiyatlarni o’rganish uchun qo’llaniladigan bir qancha usullar -
yo’l-yo’riqlar bor. Bu usullarning mohiyati shu fanning mavzu bahsiga asoslanadi. Psixologiyaning
mavzu bahsi harakatdagi materiyaning alohida xususiyati bilan bog’liq bo’lganligi tufayli uning
usullari ham o’ziga xos mazmunga egadir. Har qanday usul ma’lum metodologik tamoyillarga
asoslanadi.
Psixologiya fani tarixida psixologik hodisalarni o’rganish uchun qo’llanilgan birinchi usul o’z-
o’zini kuzatish usulidir. Bu usul psixologiya fani tarixida “introspeksiya”, ya’ni ichdan kuzatish,
ko’rish deb yuritilgan.
19
Shunday ekan, o’z-o’zini kuzatish usulidan foydalanish kerakmi, yo’qmi. Albatta kerak. Chunki
psixologik tadqiqotlarda o’z-o’zini kuzatish bilan bog’liq hollar juda ko’p.Subyektiv usulsiz istagan
shaxsning psixologik sifatlarini to’liq o’rganib bo’lmaydi. Bu usulsiz tibbiyotda bemorni davolash
mumkin emas. Shuning uchun kuzatish usuli psixologiya fani uchun juda zarurdir. Lekin o’z-o’zini
kuzatishning salbiy tomonlari ham bor. Bu usul bilan tadqiqot olib borganda har bir shaxs o’z manfaati
yuzasidan subyektiv xulosa chiqarishi, o’z shaxsidagi ayrim salbiy sifatlarni boshqarishda ham mavjud
deb hisoblashi, buning natijasida boshqalar haqida noto’g’ri xulosa chiqarishi mumkin.
Kuzatish metodi qadimgi empirik metodlar guruhiga mansub bo’lib, unda hozirgi kunda sifat
jihatidan katta o’zgarishlar yuz berdi. Uning obyekti ko’lami kengaydi, murakkab jarayonlarni
o’rganish imkoniyati tug’ildi. Kuzatishning texnologiyasi takomillashdi, shakli va vositalari ko’paydi,
obyektivlik darajasi ortdi. Kuzatish psixologiya fanining barcha sohalarini universal tadqiq qilish
metodiga aylanib qoldi. Shu boisdan bugungi kunda uning ahamiyati yangi bir yuksak darajaga
ko’tarildi. Tatbiqiylik ko’lami yanada kengaydi, statistik metodlarga moslashuvchanligi bilan boshqa
tadqiqot metodlaridan ajralib turadi.
Yo’qoridagi mulohazalarga asoslangan holda uning yoritilmay qolgan jihatlari to’g’risida
mulohaza yuritamiz.
Kuzatish texnikasi.
1.
Voqyelikni kuzatish oqimini muayyan qismlarga ajratish (klasifikatsiyalash).
2.
Kuzatishning ko’lami va xarakterini aniqlash.
3.
Kuzatishni qayd qilish (fiksatsiyalash).
4.
Olingan natijalarni sifat va miqdor jihatdan tahlil qilish.
Kuzatish obyekti va predmeti.
1.
Kuzatishning obyekti – inson, guruhiy va jamoaviy munosabatlar, obyektiv va
subyektiv kechinmalar, hayvonot olami, shaxs faoliyati kabilarni o’rganishdan iboratdir.
2.
Kuzatishning predmeti – insonning holati, uning harakat te’zligi, harakatning kuchi,
hamkorlik harakati, odamning ongsiz, ongosti va ongli holatlari (faoliyat, muloqot)ni
eksteriorizatsiyalashdan iboratdir. Bunda quyidagilar inobatga olinishi zarur:
A) amaliy va gnostik harakat;
B) nutq aktlari, ma’nosi, mazmuni, mohiyati, yo’nalishi, chastotasi, ritmi, davomiyligi,
intensivligi, ekspressivligi, uning leksikasi, grammatikasi va fonetik qurilishi;
V) mimika, imo-ishora, pantamimika, vokal mimikasi;
G) vegetativ reaksiyalarning ayrim ko’rinishlari (qizarishi, terlash, oharish, nafas olishning
tezlashuvi va qiyinlashuvi)
Kuzatish iyerarxiyasi
1. Kuzatishning maqsadi
2. Kuzatishning vazifalari
3. Kuzatishning dasturi
4. Kuzatish fiksatsiyasi.
Bunda quyidagilar nazarda tutiladi:
a) umumiy talablarga rioya qilish;
B) yaxlit qayd qilib borish;
V) kundalik;
G) texnik vositalardan foydalanish.
Kuzatishning ifodalanishi
1.Olingan ma’lumotlarning alomat va belgilar orqali ifodalanishi (piktogramma, grafiksxema).
2.Standart protokollarning aks ettirilishi.
Kuzatish turlari
1. Sistematik
2. Epizodik
3. Dala sharoitida
4. Labaratoriya sharoiti
5. Tabiiy sharoitda
20
6. Xronologik
7. Davriy
8. Bir martalik
Mehnat faoliyatini kuzatish
1. F. Gil’bertning ish kuni fotografiyasi metodikasi (harakatni taxlil qilish)
2. A. F. Gostevning xronokartasi (2 yoki 3 marta 30 minutdan smenadan keyin talabalarda dars
boshida o’rtasida darsdan keyin).
Kuzatish formalari
1. Aralashib yashirin kuzatish
2.Psixologik portret
3. Ochiq aralashib kuzatish(o’smirlarda)
4. Xulq portreti
Kuzatishni qayd qilish turlari
1.Kundalik
2.Ta’kidlovchi
3.Umumlashtiruvchi
4.Faktik (foto video magnit lentasi)
Kuzatish natijalarini qayta ishlash
1.Sifat tahlili
2.Miqdoriy tahlil
Kuzatishhisobotini jihozlash
1.Kirish (muqaddima)
2.Metodika tavsifi
3.Natijalarni tartibga keltirish
4.Natijalarning muhokamasi va tahlili
5.Xulosalar
6.Tavsiyalar
7. Adabiytlar ro’yxati
8.Ilovalar
Konfliktliholatini aniqlash
1.Nizo (konflikt) mohiyatiga kirish
2.Nizoning kuchayishi
3.Nizoning yechilishi
4.Nizodan keyingi psixologik holat
Kuzatish yakuni
1. Umumpsixologik xulosalar chiqarish
2. Milliy etnopsixologik va regional xususiyatlarni sharhlash
Psixologik tadqiqotlarning asosiy mahsuldor usuli eksperiment (tajriba) usulidir. Bu usulning
asosiy usul sifatida keng qo’llanilishiga sabab shuki, bunda o’rganilishi lozim bo’lgan psixologik
hodisa laboratoriya sharoitida istagan vaqtda vujudga keltiriladi va u zamonaviy asboblar yordamida
mukammal o’rganiladi.
Psixologiya fanida eksperiment usulining ikki turi bor;
a) laboratoriya eksperimenti;
b) tabiiy eksperiment.
Eksperiment usulining bu ikki turi psixologiya fani sohalarining hammasi uchun baravar
qo’llaniladi. Laboratoriya eksperimentining o’ziga xos ustunligi shundaki, u eksperimentator (tajriba
o’tkazuvchi) ga alohida qulayliklar beradi. Eksperimentator o’rganilishi lozim bo’lgan psixologik
hodisani istalgan vaqtda vujudga keltiradi va unga sarflanadigan vaqtdan unumli foydalanish
imkoniyatiga ega bo’ladi.
Laboratoriya eksperimentining ayniqsa; psixik holatlarning fiziologik asoslarini o’rganishdagi
imkoniyati kattadir. Shunday qilib, laboratoriya eksperimenti psixologiya fanining eng mahsuldor usuli
sifatida ahamiyatga egadir.
21
Do'stlaringiz bilan baham: |