Microsoft Word kasbiy psixologiya \355.\355.\355


 Hozirgi zamon psixologiyasining tarmoqlari



Download 4,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/558
Sana05.07.2021
Hajmi4,45 Mb.
#109653
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   558
Bog'liq
kasbiy psixologiya

2.3. Hozirgi zamon psixologiyasining tarmoqlari. 
Respublikamizda  demokratlashuv  jadal  sur’atlar  bilan  amalga  oshirilmoqda.  Bu  jarayonning 
muvaffaqiyati  odamlar  ma’naviyatidagi  tub  o’zgarishlarga  bog’liq.  Odamlar  kundalik  hayotdagi  ikir-
chikirlarni qanchalik tez va to’g’ri idrok qilsalar, jamiyatimizning ma’naviy  muhiti shuncha tez rivoj 
topadi va yuksaladi. Turmushning shu talabiga asoslangan holda psixologiya fanida turli tarmoqlarga 
bo’linish  yuzaga  keldi.  Buning  natijasida  umumiy  psixologiyadan  dastavval  bolalar  psixologiyasi, 
medisina  psixologiyasi,  san’at  psixologiyasi  kabi  sohalar  ajralib  chiqdi.  Keyinchalik  obyektiv 
zaruriyatga asoslangan holda bu ajralish yanada jadallashdi. Psixologiya fani oldiga hayot va turmush 
tomonidan  yangi-yangi  vazifalar  qo’yila  boshladi.  Bu  yangi  vazifalar,  birinchidan,  respublikamizda 
yuzaga  kelgan  yangi  ijtimoiy  muhit,  mustaqillik  sharoiti  tufayli  bo’lsa,  ikkinchidan,  mamlakatimiz 
halqlari  ongidagi  sifatiy  o’zgarishlar  istiqlol  mafkurasi  tufayli  sodir  bo’ldi.  Bu  ikki  hol  insoniyat 
tarixida yangi mazmundagi o’zaro munosabatlarni va yangicha faoliyat formalarini vujudga keltirdi. 
Mustaqillik  tufayli  jamiyat  hayotida  yuz  bergan  o’zgarishlar  natijasida  psixologiya  fanining 
yangi  zamonaviy  tarmoqlari  yuzaga  keldi.  Bu  yangi  tarmoqlar  jumlasiga  boshqarish  psixologiyasi, 
aviasiya  psixologiyasi,  kosmik  psixologiya,  fermer  psixologiyasi,  mulkdor  psixologiyasi,  tijorat 
psixologiyasi va h.k.lar  kiradi. Shuni aytish kerakki, bu tarmoqlar orasida endigina shaklllanayotgan, 
bugunning  dolzarb  muammolarini  yechishda  nazariy  va  amaliy  ahamiyati  katta  bo’lgan  sohalar  ham 
bor. Fermer psixologiyasi, mulkdor psixologiyasi, rahbar psixologiyasi kabilar shular jumlasidandir. 
Hozirgi  zamon  psixologiyasining  turli  tarmoqlarga  bo’linishi  psixologiya  faniga  boshqa 
fanlarning  ko’rsatayotgan  faol  ta’siriga  ham  bog’liqdir.  Masalan,  falsafa,  iqtisod  nazariyasi,  fizika, 
matematika,  biologiya,  adabiyot  fanlarining  rivojlanishi  davomida  o’z  mohiyati  jihatidan  psixologik 
muammolar tug’iladi. Bu muammolar shu fanlarning uslublari asosida o’rganiladi. Ayrim hollarda esa, 
bunday  muammolarni  hal  etishda  psixologik  uslublarga  murojaat  qilishga  to’g’ri  keladi.  Buning 
oqibatida hozirgi zamon psixologiyasida tobora yangi-yangi sohalar va yo’nalishlar yuzaga kelmoqda. 
Hozirgi  zamon  psixologiyasida  turli  sohalarning  yuzaga  kelishi  jamiyatimiz  hayotida  yuz 
berayotgan  murakkab  o’zgarishlar  bilan  bog’liq.  Chunki  psixologiya  fanining  obyekti  odamdir. 


24 
 
Odamni  o’rganishning  zarurligi  shundaki,  u  jamiyat  ishlab  chiqarishning  asosiy  elementi,  ijtimoiy 
munosabatlarning subyektidir. Odamning tashqi muhit bilan munosabatlariga bog’liq holda unda turli-
tuman fazilatlar namoyon bo’ladi. 
Hozirgi zamon psixologiyasi shakllanishining turli bosqichlarida va amaliyotning har xil sohalari 
bilan bog’liq ilmiy fanlarning juda ham keng tarmoqli tizimi tashkil etadi. 
Psixologiya  tarmoqlarini  tasnif  qilish  uchun  quyidagi  psixologik  jihatlar  asos  qilib  olinadi:  1. 
Konkret faoliyat; 2. Rivojlanish; 3. Odamning jamiyatga, o’zi yashayotgan muhitga munosabatlari. 
Hozirgi zamon psixologiyasi tarmoqlarini uch guruhga ajratish mumkin: 
 1.  Psixik  faoliyatning  umumiy  qonuniyatlarini  o’rganuvchi  psixologiya  sohalari-umumiy 
psixologiya, zoopsixologiya.          
 2.  Kishilarga  ta’sir  etish,  ularga  ta’lim  va  tarbiya  berish,  psixik  rivojlanishni  boshqarish,  ya’ni 
psixik  taraqqiyot  sharoitlarini  o’rganadigan  soha  psixologiyasi  (yosh  psixologiyasi,  pedagogik 
psixologiya)  3.  Har  turli  faoliyat  sohalaridagi  kishilar  psixikasini  o’rganuvchi  psixologiya-mehnat 
psixologiyasi,  muxan-dislik  psixologiyasi,  sport  psixologiyasi,  yuridik  psixologiya,  savdo 
psixologiyasi, tibbiyot psixologiyasi, san’at psixologiyasi va h. 
Quyida  psixologiya  fani  uchun  nazariy  asos  rolini  o’ynovchi  umumiy  psixologiya  o’rganuvchi 
sohalar haqida to’xtalib o’tamiz. 
Umumiy psixologiya - psixologiyaning barcha masalalarining o’ziga xos jihatlarini o’rganadigan 
maxsus sohasi; 

Download 4,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   558




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish