Xulosa chiqarish
Bir qancha hukmlarning mantiqiy bog’lanishi natijasida hosil bo’lgan yangi hukm insonning
bilish faoliyatida alohida ahamiyatga ega. Xulosa chiqarish shunday tafakkur shaklidirki, bu shakl
vositasi bilan biz ikki yoki undan ortiq hukmlardan yangi hukm hosil qilamiz. Masalan, har qanday
harakat materiya harakatidir, issiqlik harakatshaklidir, degan ikkita hukmni olaylik. Bu ikki hukmdan,
demak issiqlik materiya harakatidir degan yangi hukm chiqariladi. Bunda birinchi hukm hamisha
umumiy hukm bo’lib, ikkinchi hukm yakka hukm bo’ladi.
Keltirilgan misollardan ko’rinib turibdiki, mulohaza yuritish ham xulosa chiqarish ham
voqelikni bevosita bilishning asosiy shakli sifatida namoyon bo’lgan oldingi ikki hukmga asoslanib,
uchinchi hukm chiqariladi. Mazkur xulosani bevosita tekshirib ko’rishga hech qanday ehtiyoj
qolmaydi. Shu sababdan xulosa chiqarishda fikr o’rtasidagi shunday bog’lanish natijasida bir yoki
undan ortiq hukmlardan uchinchi hukm keltirib chiqariladi.
Xulosa chiqarish uch turga bo’linadi: induktiv, deduktiv va analogiya.
Induktiv xulosa chiqarish - bu xulosa chiqarishning shunday mantiqiy usulidirki, bunda bir
necha yakka va ayrim hukmlardan umumiy hukmga o’tiladi, yoki ayrim fakt va hodisalarni o’rganish
asosida umumiy qonun va hoidalar yaratiladi. Masalan, temir elektr tokini o’tkazadi, po’lat elektr
tokini o’tkazadi, mis elektr tokini o’tkazadi, ruh elektr tokini o’tkazadi. Demak, barcha metallar elektr
tokini o’tkazadi, degan umumiy xulosa chiqaramiz.
Deduktiv xulosa chiqarishda umumiy va yakka hukmlardan yakka yoki jo’z'iy hukm keltirib
chiqariladi. Misol uchun barcha metallar elektr tokini o’tkazadi. Temir metaldir. Demak, temir ham
elektr tokini o’tkazadi.
Analogiya xulosa chiqarishning shunday shaklidirki, bunda biz ikki predmetning ba'zi bir
belgilari o’xshashligiga qarab, bu predmetlarning boshqa belgilarining o’xshashligi to’g’risida xulosa
chiqaramiz. Analogiya deb narsa va hodisalarning bir-biriga o’xshash bo’lgan ba'zi belgilariga
qarabgina hukm yuritishdan iborat xulosa chiqarish shakliga aytiladi. Analogik usulda chiqarilgan
xulosa chin, taxminiy hamda yolg’on bo’lishi mumkin. Fikr yuritishning bunday shakli ko’pincha yosh
bolalarga xos xususiyatdir. Demak, jo’z'iy ikki yakka hukmlarga asoslanib, jo’z'iy yoki yakka hukm
keltirib chiqaramiz. Masalan, bog’cha yoshidagi bola mana bunday mulohaza yuritadi; adamlar
darvozadan ismimni aytib chaqirib keldilar. Ular sovg’a olib kelgan bo’lsalar kerak. Bu bolaning
mulohazasini tahlil qilib ko’rsak, uning fikr yuritishi mana bunday tarzda taraqqiy etganligini shoxidi
bo’lamiz. O’tgan galda adam ismini aytib chaqirib kelgan edilar, yana chaqirayotirlar. Albatta, adam
menga sovg’a olib kelganlar, deb xulosa chiqaradi.
Shunday qilib, analogik yo’l bilan xulosa chiqarganda murakkab qonuniyatlar to’g’risidagi
bilimlar o’zlashtirilmasa-da, lekin turmushning turli jabhalarida undan foydalanib turiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |