168
kishilar o’z tengdoshlari xarakterida, qiziqishida, yurish turishida, muomalasida va boshqa
xususiyatida o’xshashlik va tafovut borligini topadilar.
Abstraksiya - shunday fikr tafakkur operasiyasidirki, bu operasiya yordami bilan moddiy
dunyodagi narsa va hodisalarning muhim xususiyatlarini farqlab olib, ana shu xususiyatlardan narsa va
hodisalarning muhim bo’lmagan ikkinchi darajali xususiyatlarini fikran ajratib tashlaymiz.
Mazkur jarayonni quyidagi sxemada ham ko’rishimiz mumkin:
Abstraksiya jarayonida ob'ektdan ajratib olingan belgi, alomatning o’zi tafakkurning mustaqil
ob'ekti bo’lib qoladi. Abstraksiya operasiyasi tahlil natijasida vujudga keladi. Masalan, sinf devorini
tahlil qilish jarayonida uning faqat bir belgisini, ya'ni oqligini ajratib olish mumkin va oq devor
to’g’risida emas, balki devorning og’ligi to’g’risida, keyin esa umuman oqlik haqida fikr yuritish
mumkin. Kishilar quyosh, oy, yo’ldo’z, elektr, olov ba'zi planetalar, ayrim tosh va hokazolarning ko’z
o’ngilarida yoritishni ko’zata turib ularning bitta umumiy belgisini, ya'ni yoritishni fikran ajratib olib,
umuman yoritish to’g’risida mulohaza yuritiladi.
Buyumlarni narsa va hodisalarni jism va predmetlarni bir-biri bilan taqqoslash paytida ham
abstraksiyalash jarayoni yuzaga keladi. Bunda narsa va hodisalarning mavjud belgilariga, masalan
tusiga, shakliga, tezligiga, og’irligiga, qiymatiga va shu kabi o’xshash sifatlarga qarab taqqoslanadi.
Abstraksiya operasiyasi bilan insonni qurollantirish intellektual jihatdan intensiv rivojlanishiga
olib keladi, shuningdek mustaqil bilim olish faoliyatini takomillashtiradi.
Umumlashtirish - tafakkurda aks etgan bir turkum narsalarning, o’xshash muhim belgilarning
shu narsalar to’g’risidagi bitta tushuncha qilib, fikrda birlashtirish demakdir. Psixologiyada
umumlashtirish muammosi bo’yicha yagona yo’nalishdagi nazariya mavjud emas. Shuning uchun
psixologlar bu jarayonni turlicha talqin qiladilar, goho uni guruhlarga bo’lib o’rganadilar. Shuningdek,
maktab ta'limini qaysi umumlashtirish usuli asosida amalga oshirish to’g’risida olimlar turlicha nuqtai
nazardan yondashadilar.
S.L.Rubinshteyn, V.V.Davidov tomonidan ta'limda nazariy jihatdan
umumlashtirish usulini yoqlab chiqsalar,
N.A.Menchinskaya, D.N.Bogoyavlenskiylar ham nazariy,
ham amaliy usulni qo’llashni tavsiya etmoqdalar. Ammo o’quv faoliyatining turli-tumanligi dars
jarayonida har xil umumlashtirish usullaridan foydalanish kerakligini taqazo qiladi.
Psixologiyada umumlashtirishning keng qo’llaniladigan ikki turi: tushunchali umumlashtirish
va hisssiy-konkret umumlashtirish yuzasidan ko’proq fikr yuritiladi. Tushunchali umumlashtirishda
predmetlar ob'ektiv muhim belgi asosida umumlashtiriladi. hissiy-konkret umumlashtirishda esa
predmetlar topshiriq talabiga binoan tashqi belgi bilan umumlashtiriladi. Psixologlar noto’g’ri
umumlashtirishning hissiy-konkret umumlashtirishdan tafovuti borligini hamisha ta'kidlab
kelmoqdalar. O’quvchi va talaba ba'zan predmetlarni muhim bo’lmagan belgisiga asoslanib noto’g’ri
umumlashtiradilar, vaholanki, topshiriq shartida bu talab ular oldiga mutlaqo qo’yilmaydi. Lekin bu
nazariyaning qimoyachilari noto’g’ri umumlashtirishni alohida tur deb hisoblaydilar.
Umumlashtirish, abstraksiyalash operasiyasidan ajralgan holda sodir bo’lmaydi, har qanday
umumlashtirish asosida abstraksiyalash jarayoni yotadi. Umumlashtirish jarayoni abstraksiyasiz
mavjud bo’lishi mumkin, lekin abstraksiyasiz umumlashtirishning yuzaga kelishi mumkin emas. Agar
abstraksiyalash faoliyatida narsa va hodisalarning o’xshash hamda muhim belgilari tasodif belgilardan
Do'stlaringiz bilan baham: