Microsoft Word kasbiy psixologiya \355.\355.\355



Download 4,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet279/558
Sana05.07.2021
Hajmi4,45 Mb.
#109653
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   558
Bog'liq
kasbiy psixologiya

tasdiqlovchi  hukm  deb  ataladi.  Masalan,  O’zbekistonda  pilla  yetishtirilmaydi.  Toshkentda  oliy 
maktablar  qurilmagan.  Voqelikda  ajratilgan  narsa  inkor  qiluvchi  hukmda  fikran  ajratilishi  mumkin. 
Yakka,  yolg’iz  narsa  va  hodisa  to’g’risidagi  hukm  yakka  hukm  deb  ataladi.  Masalan,  Toshkent  - 
O’zbekiston Respublikasi poytaxtidir; Amudaryo sersuv daryolardan biridir. 
Belgining 
biror 
turkumigagina  taalluqliligini  tasdiqlovchi  yoki  inkor  qiluvchi  hukm  jo’z'iy  hukm  deb  ataladi. 
Masalan,  ba'zi  metallar  elektr  tokini  o’tkazmaydilar.  harzdor  talabalar  sessiyaga  qo’yilmaydi. 
Jamoaning  ayrim  brigadalari  majburiyatga  yarasha  mehnat  qilmaydilar.  Bir  turkumdagi  narsa  va 
hodisalarning  hammasi  to’g’risida  tasdiqlab,  yoki  inkor  qilib  aytilgan  hukm  umumiy  hukm  deb 
ataladi. hukmda narsa va hodisa belgisining borligini muayyan sharoitlarda tasdiqlab yoki inkor qilib 
aytilgan  hukm  shartli  hukm  deb  ataladi.  Masalan,  agar  talaba  sessiyalarga  qunt  bilan  puxta 
tayyorlansa,  u  yaxshi  va  a'lo  baholar  oladi.  Agar  o’quvchi  darsga  diqqat  qilmasa,  yangi  materialni 
o’zlashtira olmaydi. hukmda narsalar va hodisalar bir necha belgiga nisbatan berilib, shu belgilardan 
farqi  bitta  unga  tegishli  bo’lsa,  bunday  hukmga  ayruvchi  hukm  deb  ataladi.  Masalan,  jismlar  yo 
qattiq, yoki suyuq, yoki gazsimon holda bo’ladi. 
  Narsa bilan belgi o’rtasidagi aloqaning bor yoki yo’qligi qat'iy shaklda aks ettirilsa qat'iy hukm 
deb ataladi. Masalan, bahorda barcha joylarda ko’kalamzorlashtirish ishlari amalga oshiriladi. Yonish 
kimyoviy jarayondir. 
  Narsa  va  hodisalar  bilan  ularning  xususiyatlari  o’rtasida  aloqa  bo’lishi  ehtimoli  faqat  faraz 
qilinsa,  u  holda  inson  o’z  fikrlarini  quyidagi  shaklda  ifoda  qilishi  mumkin.  Ehtimol,  Marsda  organik 
hayot  bordir.  XXI  asrning  oxirlarida  fan-texnika  yanada  rivojlanib,  taraqqiy  etishi  mumkin  va 
boshqalar.  Bunday  hukmlar  ehtimollik  hukmlari  deb  ataladi.  Narsalar  bilan  xususiyatlar  o’rtasidagi 
aloqani  taxminan  emas,  balki  haqiqatdan  aniq  bilganimizda  biz  o’z  fikrimizni  mana  bunday  shaklda 
izhor qilamiz. Fakultet kutubxonasida ko’p yangi kitoblar mavjud. Maktabimizdagi kimyo xonasi juda 
yaxshi uskunalar bilan jihozlangan. Bunday hukmlar voqelik (assertorlik) hukmlari deb ataladi.  


171 
 
  Hukmning shunday yuqori shakli borki, unda faqat haqiqatda bo’lgan voqea qayd qilinmasdan, 
balki  narsa  bilan  xususiyatning  aloqasi  qonuniy  ekanligi  aniqlab  beriladi.  Masalan,  butun  dunyoda 
tinchlik  g’alaba  qozonishi  muharrar,  sezgilarning  intensivligi  qo’zg’atuvchi  kuchining  logarifmiga 
proporsionaldir. Bunday hukmlar zaruriy (apodiktik) hukmlar deb ataladi. Bunday hukmlarda inson 
narsa,  voqelik,  hodisa  bilan  uning  xususiyati  o’rtasida  mustahkam  bog’lanish  borligini  va  bu 
bog’lanishga  zid  keladigan  boshqa  bir  holning  bo’lishi  aslo  mumkin  emasligini  aks  ettiradi. 
Psixologiyada  hukmlar  ikkita  asosiy  yo’l  bilan  hosil  qilinishi  ta'kidlab  o’tiladi.  Birinchi  yo’l  bilan 
hukm hosil qilinganda idrok qilish zarur bo’lgan narsalarning bevosita o’zi ifodalanadi. Ikkinchi yo’l 
bilan  esa  bevosita  mulohaza  yuritish  yordami  bilan  hukm  amalga  oshiriladi.  Masalan,  bu 
avtomobilning  yangi  modeli.  Mazkur  misolda  hukm  chiqarishning  birlamchi  yo’li  aks  ettirilgan. 
Dastavval olimlar kashfiyot yoki ijodiy jarayonda nazariy jihatdan mulohaza yuritish yordamida hukm 
chiqaradilar. Ular chiqaradigan hukmning to’g’riligi amaliyotda keyinchalik tasdiqlanadi. Bu ikkinchi 
yo’l bilan hukm chiqarishga misoldir. 

Download 4,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   558




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish