172
keladi. Masalan, odam ongli mavjudotdir degan tushunchani oladigan bo’lsak, bu yerda odamning eng
muhim xususiyati uning ongliligi ekani qayd qilinyapti.
Tushunchalar odamning turmush tajribasi va bilimlarining ortishi jarayonida tarkib topa boradi.
Ana shu jihatdan olganda maktabdagi o’qish jarayonida bolada asosan tabiat va jamiyat hodisalari
haqida tushunchalar tarkib toptirishdan iboratdir. Demak, katta odamlarga nisbatan bolalarda hali
tushunchalar juda oz bo’ladi.
Odatda tushunchalar mohiyati jihatidan konkret va abstrakt tushunchalarga ajratiladi. Alohida
olingan bir butun narsaga aloqador tushuncha konkret tushuncha deb ataladi. Masalan, stol, divan,
qayrag’och, traktor va hokazo. Moddiy borliqdagi narsalardan fikran ajratib olingan ba'zi xususiyat,
sifat,
holatlarga,
shuningdek
narsalar
o’rtasidagi
ichki
munosabatlarga,
qonuniyatlarga
qaratilgantushunchalar abstrakt tushuncha deb ataladi. Masalan, og’lik, o’zunlik, balandlik, kenglik,
harakat, yorug’lik, qiymati haqidagi tushunchalar va hokazo.
Tushunchalar ko’lami jihatidan 3 turga: yakka tushunchalar, umumiy tushunchalar va
to’planma tushunchalarga bo’linadi. Yakka tushunchalar yakka narsa va hodisalar haqidagi
tushunchadir. Bunday tushunchalarga sohibqiron Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Sirdaryo
tushunchalarini misol qilib keltirsa bo’ladi. Yakka tushunchalarning xususiyati shuki, bu
tushunchalarda hamisha aniq obraz mavjud bo’ladi. Umumiy tushunchalarda bir jinsda bo’lgan ko’p
narsa va hodisalar gavdalantiriladi. Masalan, kitob, maktab, yo’ldo’z, talaba va boshqalar.
To’planma tushunchalar bir jinsda bo’lgan narsa va hodisalar to’plami haqida yaxlit fikr
yuritiladigan tushunchadir. Masalan, paxtazor, kutubxona, yig’ilish va hokazolar. To’planma
tushunchalarning bir qanchasi birdaniga tatbiq qilinganda umumiy to’planma tushunchalar bo’ladi.
Masalan, Alisher Navoiy nomidagi Davlat Mo’zeyi tushunchasi, yakka to’planma tushunchaga oiddir.
Guruh,
jamoa, halq, millat va boshqalar, umumiy to’planma tushunchasiga misol bo’la oladi. Yetti
og’ayni yo’ldo’zlar to’plami, Hamza teatri jamoasi, Paxtakor futbol jamoasi kabilar yakka to’planma
tushunchalar jumlasiga kiradi.
Fikr yuritishda tushuncha bilan so’z o’zaro bog’liq ravishda namoyon bo’ladi. Bir tomondan
so’z yordamisiz tushuncha vujudga kelmaydi, ikkinchi tomondan so’z tushunchaning moddiy asosi va
funksiyasini bajaradi. Tushunchalar bir yoki undan ortiq so’zlardan tashkil topishi mumkin. Masalan,
halq degan tushuncha bir so’zdan, o’zbek halqi ikki so’zdan qahramon o’zbek halqi uch so’zdan,
ozodlik uchun kurashayotgan halqlar, degan tushuncha to’rt so’zdan tashkil topgan.
Tushunchalar fikr yuritishning asosiy jarayonlari, ya'ni klassifikasiyalash, umumlashtirish va
abstraksiyalash yordami bilan vujudga keladi. So’zlar, belgilar, simvollar, atamalar tafakkur jarayonida
tushunchalarning mazmunini aks ettiradi.
I.P.Pavlov ta'biri bilan aytganda, so’z ikkinchi signal
tizimining, barcha signallarning signallaridir, binobarin shu signallarning hammasini ifodalaydi, shu
signallarning hammasini umumlashtiradi.
Shunday qilib, tushunchalar mohiyati hukmlarda yoritiladi, mavjud hukmlar asosida xulosa
chiqariladi. Yangi hukm hosil qilinadi, topilgan yangi belgilar, alomatlar tushunchalarni yanada
boyitadi. Tafakkur yordamida inson yaratish, kashf etish, ixtiro qilishda davom etishi mumkin. Demak,
yangi tushunchalar, atamalar yuzaga kelaveradi, iste'moldagilari esa yangi mazmun kasb etadi.
Determinizm tamoyiliga binoan so’zlar yangi tushunchalar yaratilishiga vosita bo’lib xizmat
qilaveradi, shuning bilan birga tushunchalar zamirida yangi so’zlar va iboralar vujudga keladi, yoinki
yangicha talqin qilish kuchayadi. So’z bilan tushunchalarning chambarchas bog’lanishi va munosabati
filogenezda ham ontogenezda ham operasional va funksional xususiyatlarni yo’qotmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: