25
soldi. Bu davlat tarkibiga Sirdarё bilan İnd darёsi yuqori oqimlarigacha bwlgan
erlar va xalqlar qarar edi.
Hozirgi Turkmanistonning janubiy tumanlari h’am mustaqillikka erishdi. Bu
erla h’okimiyat tepasiga nufuzli Arshakiylar urug’ining boshliqlari wtqizildi.
Miloddan avvalgi 190 yili Magnesiya
12
ёnida bwlgan janglarda Rim
qwshinlari Buyuk Antiox (miloddan avvalgi 242-187 yy.)
qwshinlarini tor-mor
keltirib, Salavkiylar h’ukmronligiga qaqshatqich zarba berdilar. Bu h’ol Yunon-
Baqtriya, ayniqsa Parfiyaning kuchayishiga ywl ochib berdi.
Miloddan avvalgi II asrning 40-yillarida Parfiya butun Eron va
Mesrpotamiyaning katta qismini wziga qaratib olib, yirik quldor davlatga aylandi.
Poytaxt Ekbatana (Hamadon)dan Evfrat bwylariga, h’ozirgi Bag’dod ёnida
joylashgan Ktesifonga kwchirildi.
Taxminan wsha vaqtlarda Yunon-Baqtriya davlati h’am wz chegaralarini
birmuncha kengaytirib oldi. Evfidem, Demetriy va Eakradit zamonida Swg’diёna,
Baqtriya, Araxosiya (h’ozirgi Afg’onistonning G’arbiy qismini wz ichiga olgan
h’udud) va Ariya (h’ozirgi Afg’onistonning markaziy qismi), boshqacha swz bilan
aytganda h’ozirgi Wzbekiston,
Tojikiston, Eronning sharqiy qismi h’amda
Afg’onistonning katta qismi Yunon-Baqtriya davlati tarkibiga kirar edi.
Lekin, Yunon-Baqtriyaning ichki ah’voli u qadar mustah’kam emas edi.
Mah’alliy xalq bilan yunon-makedoniyalik h’okimlar wrtasidagi ziddiyat tobora
chuqurlashib bordi, chet el bosqinchilariga qarshi qwzg’olonlar kuchaydi. Xalq
h’arakati, ayniqsa, Swg’diёnada keskin tus oldi. Natijada miloddan avvalgi II asr
oxirlari va I asr boshlarida Swg’diёna mustaqillikni qwlga kiritishga muvaffaq
bwldi. Yunon-Baqtriya imperiyasining boshqa wlkalarida h’am mustaqillik uchun
kurash kuchaydi.
Qadimdan Shimoliy Xitoyda istiqomat qilib kelgan xunnlar miloddin
avvalgi II asr oxirlarida xitoylar tayziqi ostida g’arbga qarab chekinishga majbur
bwldilar va Sharqiy Turkiston h’amda Ettisuv voh’asida kwchib yurgan skif (xitoy
manbalarida yuechji, antik adabiёtda toxarlar nomi bilan mashh’ur) va usun
qabilalarini surib chiqardilar. Oqibatda yuechji (toxar) va usunlar Swg’diёna va
Baqtriya h’ududiga kwchib wtdilar va bu erda saklar va boshqa mah’alliy
qabilalar
bilan qwshilib, avval Swg’d, milodning taxminan 128-yili Yunon-Baqtriya
davlatiga qaram boshqa wlkalarni h’am to İnd darёsigacha istilo qilishga muvaffaq
bwldilar.
Shunday qilib, Yunon-Baqtriya davlati wrnida yuechjilar (toxarlar) davlati
tashkil topti. Bu davlat tarixda Kushonlar davlati nomi bilan mashh’urdir.
Kushonlar davlatiga h’ozirgi Wzbekistonning katta qismi, Afg’oniston, Shimoliy
Hindiston va Pokistonning shimoliy-g’arbiy qismi qaragan bwlib ayniqsa Kanishka
va uning taxt vorisi Xuvishka h’ukmronlik qilgan yillari kuchaydi.
Lekin
milodning 11 asri wrtalarida bu davlatning h’am inqirozi boshlandi va 1U asrga
kelib mayda davlatlarga bwlinib ketdi.
Yurtimiz h’ududida h’ukm surgan qadimiy davlatlardan yana biri Qang’ va
Farg’ona (Parkana)dir.
12
Магнесия – Лидиянинг қадимий шаҳарларидан, Туркиянинг ҳозирги Манисия шаҳри ўрнида бўлган.
26
Qang’ davlati tarkibiga Buxoro, Shah’risabz, Kattaqwrg’on, Toshkent
viloyati va Xorazmning shimoliy qismi kirgan. Davlat tepasida jabg’u (xitoy
manbalarida chaovu) turgan.
Miloddin avvalgi 11-1 asrlarda Farg’onada h’am mustaqil davlat bwlgan.
Xitoy manbalarida keltirilgan malumotlarga qaraganda, Farg’onada
h’unarmandchilik, ayniqsa deh’qonchilik rivoj topgan qadimiy mamlakat bwlib,
uning 70ga yaqin katta-kichik shah’arlari Kuba-Quva, Gaushan-Wzgan, Ershi –
Marh’amat, Gwy-Shan –Koson va boshqalar bwlgan. Mah’alliy xalq deh’qonchilik
va bog’dorchilik bilan shug’ullangan, arpa, bug’doy, sholi, beda, uzum, anor,
poliz
ekinlari va boshqalarni etishtirgan.
104-101 yillar orasida Xitoy qwshinlari Farg’onaga ikki marta bostirib
kirdilar. Birinchi yurish 104 yili xitoy qwshinlarining tor-mor keltirilishi bilan
tugadi. İkkinchi marta 101 yili 60 000 kishilik xitoy qwshini Farg’onaning yirik
shah’arlaridan Ershini (h’ozirgi Andijon viloyatiga qarashli Marh’amat qishlog’i
wrnida bwlgan) qamal qildilar. Lekin shah’arni ola olmadilar, sulh’ tuzib va ozgina
wlpon 3000 bosh ot olib qaytib ketishga majbur bwldilar.
Do'stlaringiz bilan baham: