Yevropada ilm-fan taraqqiyoti



Download 33,94 Kb.
Sana25.06.2022
Hajmi33,94 Kb.
#702273
Bog'liq
Maqola


Yevropada ilm-fan taraqqiyoti
Ilm-fan taraqqiyoti, jug‘rofiy kashfiyotlar, yangi qit'alar, dengiz yo‘llari xalqlarning o‘zaro aloqasi jadallashuviga imkoniyat yaratdi. Jahon xalqlarining ijtimoiy hayoti faollashdi. Yevropa mamlakatlarida taraqqiyot birmuncha tezlashdi. Ular ko‘pgina o‘lkalarni bosib olib, o‘z hukmronliklarini o‘rnatdilar.
Ilm-fan taraqqiyoti, jug‘rofiy kashfiyotlar, yangi qit'alar, dengiz yo‘llari xalqlarning o‘zaro aloqasi jadallashuviga imkoniyat yaratdi. Jahon xalqlarining ijtimoiy hayoti faollashdi. Yevropa mamlakatlarida taraqqiyot birmuncha tezlashdi. Ular ko‘pgina o‘lkalarni bosib olib, o‘z hukmronliklarini o‘rnatdilar. Fransiya, Ispaniya, Portugaliya, Angliya, Gollandiya va boshqa Yevropa mamlakatlari uchun arzon xom ashyo, ishchi kuchi va yangi bozorlar ochilib, ular tez rivojlana boshladi. Bu davrda Osiyo, Afrika, Amerika, Avstraliya qit'alarida ham qator ijtimoiy, siyosiy va madaniy o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Jumladan, Sharq mamlakatlarida an'anaviy san'at va madaniyat turlari bilan bir qatorda, san'atning yangi tur va janrlari yuzaga keldi. Amaliy bezak san'atiga yangi davr texnologiyasi joriy qilina boshladi. G‘arb va Sharq san'ati an'analari uyg‘unligida yangi san'at yo‘nalishlari shakllandi.
Jahon ijtimoiy, siyosiy va madaniy hayotida ro‘y bergan bu o‘zgarishlarda Yevropa muhim o‘rin tutadi. Chunki Sharq va G‘arbning san'at sohasidagi yutuqlarini o‘zida mujassamlashtirgan Yevropa qit'asida feodal jamiyati qoloqligiga, ijtimoiy hayotda dinning hukmron bo‘lib qolishiga qarshi chiqish boshlandi. Bu esa yangi munosabatlarning shakllanishiga zamin yaratdi. Xususan, Niderlandiya va Angliyada bo‘lib o‘tgan xalq g‘alayonlari o‘rta asr tartibi va diniy cherkov hukmronligiga zarba berdi. Gollandiya Yevropada namunali kapitalistik davlat tarzida rivojlana boshladi. Lekin feodalizm Yevropaning ko‘pgina mamlakatlarida o‘z hukmronligini saqlab qolaverdi. Jumladan, Fransiya va Ispaniyada markazlashgan absolyut monarxiyalar vujudga keldi. Italiya va Germaniyada feodal tarqoqlik hukm surdi. Xalq absolyut monarxiya zulmiga norozilik bildirib, bosh ko‘tardi. Ilg‘or ziyolilar, ma'rifatparvarlar bu kurashlarni qo‘llab-quvvatladilar. Ular feodalizm qoloqligini qoraladilar, fikr erkinligi rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchy quchlarga qarshi chiqdilar. Italiya, Fransiya, Ispaniya va boshqa Yevropa mamlakatlarida eski tuzumga qarshi noroziliklar, xalq g‘alayonlari kuchaydi. Bu XVIII asr oxiriga kelib, feodalizmning uzil-kesil inqiroziga sabab bo‘ldi. Ijtimoiy munosabat-lar o‘zgardi, uning yangi shakllari yuzaga kela boshladi. Ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy kurashning kuchayishi san'at va madaniyatning ijtimoiy hayotda mavqini oshirdi. Dvoryanlar va cherkov san'at va madaniyatni o‘z manfaatlariga bo‘ysundirishga harakat qildilar. Lekin jamiyat taraqqiyotini orqaga burish mumkin emas edi. Ziddiyat yanada keskinlashib bordi. Shular zamirida san'atning mafkuraviy kurashdagi roli ortib, uning uslubiy rang-barangligi kengayib bordi.
XVII-XVIII ASRLARDA EVROPA SAN'ATI
Bu davrda Yevropa san'ati avvalgi an'analar, eng avvalo, Uyg‘onish davri an'analari zaminida kamol topdi. Unda ham inson, uning jismi, his-tuyg‘u, xayol-o‘ylari,orzu-istaklari ifodasi asosiy mavzu bo‘ldi. San'atkorlar bu davrda inson qiyofasini yanada xaqqoniy ko‘rsatishga, uning ruhiy holatidagi murakkabliklarni va uning yangi qirralarini yoritishga intildilar. Inson hayoti, uning turmush tarzini to‘laqonli talqin etish shu davr asarlari uchun muhim yo‘nalish bo‘lib qoldi. Hayot murakkabligi, uning ichki ziddiyat va kurashlari rassom va haykaltaroshlar nazaridan chetda qolmadi. Ozodlik, tenglik g‘oyalari kuylandi. San'at sintezi masalasi bu davrga kelib yangicha talqin etila boshlandi. Tabiat relyefi shu davrda yaratilgan me'morlik majmualarida hisobga olindi. Me'morlik binolari ko‘cha, maydon va tabiat bilan yanada uyg‘unlashdi. Suv kaskadlari va favvoralarga qiziqish ortdi. Endilikda san'at turi va janrlari orasidagi nisbatlar ham o‘zgardi. Uning yangi tur va janrlari yuzaga keldi. Mavjud an'anaviy syujetlar bilan birga, hayotiy voqyealarga bag‘ishlangan asarlar ham keng miqyosda badiiy hayotga kira boshladi. Maishiy, manzara va natyurmort janrlari mustaqil san'at turlariga aylandi. Insonning ichki dunyosiga qiziqishning ortishi portret san'atini yangi pog‘onaga ko‘tarilishiga olib keldi. Grafika rivojlandi. Haykaltaroshlik imkoniyatlari yanada ortib, u me'morlik ansambllariga keng ko‘lamda kirib keldi, xiyo-bon-bog‘ san'atida keng qo‘llanildi. Dekorativ rang tasvir interyerlarning muhim komponenti sifatida davr ruhini aks ettiruvchi vositaga aylandi. Bu davrga kelib, ijodiy metod, san'atning badiiy tili ham boyidi, rang-baranglik kasb etdi. Yaratilgan kompozitsiyalarning hayotiy va tabiiy ko‘rinishiga erishish uning emotsional jihatini oshirishda muhim omil bo‘ldi. San'atkorlar ijodida rang, nur-soya, faktura masalalari muhim o‘rinni egalladi. Albatga, bu davrda Yevropa mamlakatlarining iqtisodiy va madaniy taraqqiyoti, ijtimoiy kuchlari bir xil darajada emas edi. Bu davrda madaniyatda qator g‘oyaviy-badiiy yo‘nalishlarining paydo bo‘lishi, avvalo, ayni shu hodisa bilan bog‘liqdir.
XVII asr "Barokko asri" deb ham yuritiladi. Bu , esa, bejiz emas. Chunki davrning g‘oyaviy-estetik qarashlari ayni shu uslubda ko‘proq o‘z ifodasini topdi. San'at tarixida XVII asr me'morchiligining o‘ziga xos jihatlarini ta'riflash uchun qo‘llanilgan, keyinchalik tasviriy san'atga nisbatan ham ishlatilgan barokko uslubining belgilari, dastlab, Italiyada paydo bo‘lagan. Vinola, Palladio me'morlik asarlarida, Mikelanjelo haykallarida, Korrejo dastgoh va dekorativ rangtasvirlarida shu tamoyillar namoyon bo‘lgan. Barokko uslubiga xos dekorativlilik, nur-soya o‘yiniga e'tibor berish va his-hayajonga to‘la asarlar yaratish tamoyillari tezda ko‘pgina san'atkorlarni o‘ziga jalb eta boshladi. Bu xususiyat G‘arbiy Yevropa mamlakatlariga yoyildi va mahalliy san'at uslubi va an'analari ta'sirida o‘ziga xos milliy ruh kasb eta bordi. Jumladan, Ispaniya va Portugaliyada barokko nihoyatda hashamdor, jimjimador edi. Buning sababi, bu yerda mahalliy naqqoshlik san'ati ravnaq topganligidadir. Germaniyada esa barokko gotika ta'sirida rivojlanganligi seziladi. Flandriyada "flamand barokkosi" shakllangan bo‘lsa, Fransiyada barokko klassitsizm tamoyillari ta'sirida namoyon bo‘ldi. Barokko Angliya, Skandinaviya mamlakatlari, keyinroq esa Rossiyaga ham kirib keldi.
Barokkoga xos fazilatlar Rim me'morligida o‘zining klassik ko‘rinishiga erishdi. Barokko interyerlarida dekorativ rangtasvir, haykal va kolonnalar muhim o‘rinni egal-laydi. Ular xonalarga badiiy mazmun kiritadi. Tasviriy san'atda barokko ko‘proq diniy mavzudagi asarlarda o‘zini namoyon qildi. Iso va avliyolarning azob chekishlari, ularni butga mixlash, Bibi Maryamning aza tutishi kabi voqyealar barokko uslubida ishlangan asarlar uchun asosiy mavzu bo‘ldi. Asarning dramatik ekspressiv holati tasvirlanuvchi-larning murakkab rakurslarida, nur-soya qarama - qarshiligi va serharakat kompozitsiyada ifoda qilinadi.
Barrokko san'atida fazoviy kenglik masalasi ham o‘ziga xos talqin etiladi. U kompozitsiyada yagona ansambl' tashkil etuvchi omil vazifasini bajaradi. Barokko san'atida rang surtmalari ham muhim ifoda vositasi sifatida ishtirok etadi. Agar klassik va Renessans san'atida chiziq muhim o‘rin tutgan bo‘lsa, endilikda rang surtmalari, ularning erkin ishlatilishi kompozitsiya dinamikasini oshirishda muhim o‘rin egallab, asar badiiyligini kuchaytiruvchi vosita sifatida ishtirok etadi. Shuningdek, kompozitsiyada uzoq va yaqindagi buyumlarni tasvirlashga, obrazlarni murakkab rakurslarda joylashtirishga e'tibor beriladiki, (masalan, uchib ketayotgan, tepadan shiddat bnlan tushayotgan kabi), bular ham barokko asarlariga xos jo‘shqinlik va hara-katni gavdalantirishga xizmat qiladi. Barokko uslubida diniy mifologik syujetlardan tashqari, tarixiy va maishiy mavzularda yaratilgan kompozitsiyalar ham mavjud. Lekin ularda reallik va noreallik qorishib ketadi. Ular bezovtalik, hayajonli va romantik ko‘rinishda ifoda qilinadi.
XVII asrga xos yana bir yirik badiiy uslub - klassisizm ham Fransiyada paydo bo‘ldi. Klassitsizm vakillari aql-idrokni san'atga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatuvchi yagona mezon, deb xisoblashgan. Aql-idrokni his-hayajonga qarshi qo‘yishgan. Ularning fikricha, aql kuchi bilan yaratilgan asargina haqiqiy san'at asari hisoblanadi.
Klassitsizm uslubi tarafdorlari ham Uyg‘onish davri san'atidan ilhomlandilar. Ular ham ideal obrazga murojaat qildilar. Shakllarning aniq va elastik tugal, kom-pozitsiyalarning jiddiy muvozanatli va mantiqiy bo‘lishiga e'tibor berdilar. Antik davr mifologiyasi, Tavrotga murojaat qilib, ulardagi syujetlar orqali o‘z davrlarining etik-axloqiy va siyosiy muammolarini ko‘tarishga harakat qildilar. Klassitsizm san'atida ham umumlashma asar yaratish asosiy muammo hisoblangan Lekin barokko vakillari yirik umumlashma mavzudagi asarlarni dinamik kompozisiyada ifoda etsalar, klassistlarning asarlari birmuncha vazmin, ritm va plastik musiqiylikka intilish asosida yaratiladi. Bu asrga kelib san'at asarlari oliy va kichik janrlarga ajratildi. Tarixiy, mifologik va diniy mavzuda yaratilgan asarlar oliy, komediya, satira va xalq maishiy hayotini aks ettiruvchi janrlar - kichik yoki quyi janrlarga ajratilishi shu davrga xos mafkura mahsulidir. Klassitsizm uslubining o‘ziga xos jihatlari dastlab XVII asrning ikkinchi yarmida Italiyada me'morlar Vinola va Palladio ijodida sezila boshlandi. Klassitsizmga xos xususiyatlar me'morlikdagi shakllarning geomstrik aniqligi va ritmi, mantiqiy rejalashtirilishi va keng ko‘lamda antik me'morlik shakllaridan foydalanishda namoyon bo‘ladi. Klassitsizm uslubida ishlangan me'morlik kompozitsiyalarida order tizimi muhim rol o‘ynaydi. Me'mor ko‘pincha order va ularning nisbati hamda shakllarini antik davrdagiga xos ifodalashga harakat qiladi. Bunda interer ham xarakterli. Unda ham yaxlitlik va ulug‘vor tantanavorlik mavjud bo‘lishi kerak. Ustualar qatori va devor yuzasi tekisliklari ritmi bu yaxlitlik va tantanavorlik ko‘rinishiga xalaqit bermasligi lozim. Mahobatli rangtasvir esa me'morlik yechimining yetakchiligiga xalaqit bermasligi, mayin va nafis ranglar gammasi xonaning ulug‘vor va bahavo ko‘rinishiga xizmat qilnshi lozim. Klassitsizm shahar qurilishi san'atida ko‘proq. Renessans va barokko uslubi tamoyillarini ijodiy o‘zlashtirgan tarzda ko‘rindi va rivojlandi. Tabiat ko‘rinishlari me'morlik kompozitsiyalarida, majmualarida hisobga olinib, klassitsizmning talablari asosida o‘zlashtiriladi. Tasviriy san'atda klassitsizmning o‘ziga xos jihatlari mavzu tanlashdan tashqari, chiziq plastikasi va faktura xarakteriga e'tibor berish ham ko‘rinadi. Chiziqlarning musiqiyligi va tugalligi fakturaning sillqligi klassitsizm uslubida ishlangan asarlarda yaqqol ko‘zga tashlanadi Klassitsizm o‘z taraqqiyotida boshqa uslublardan, masalan, barokko ustubidan ham ta'sirlandi, uning ayrim tomonlarini o‘zida uyg‘unlashtirdi. XVIII asrda yunon va Rim tarixi bo‘yicha qilingan kashfiyotlar, Pompey, Gerkulanum kabi qadimiy shaharlarning ochilishi, nemis olim va san'atshuioslari Gyote va Vinkelmanlarning ilmiy nazariy faoliyatlari klassitsizm uslubi rivojlanishiga turtki bo‘ldi. Antik san'atga qiziqish yanada ortdi. XVIII asr oxiri va XIX asrda esa bu uslub jahon san'atida yetakchi badiiy uslublardan biriga aylandi. Nafaqat Yevropa, balki Osiyo, Amerika qit'alarida ham shu uslubda asarlar yaratildi.
XVII asrdan boshlab, avvalo, Yevropa san'atida, keyinroq esa jahon san'atida mavjud borliqni to‘laqonli aks ettirishga, davr ruhi va mazmunini ochib berishga asoslangan realistik san'at yo‘nalishi asta-sekin yetakchi o‘rinni egallay boshladi. San'at yangi mavzu, yangi tur va janrlar bilan boyib bordi. Ular yangi tasvir va ifoda vositalari-ning yuzaga kelishini ta'minladi. Demokratiyaga asoslangan mamlakatlarda bu yo‘nalish o‘zini yanada kuchliroq namoyon eta boshladi. Milliy burjuaziya madaniyati shakllangan, feodal hukumronligiga qarshi milliy ozodlik harakatlari kuchaygan mamlakatlarda realistik san'at yo‘nalishi birmuncha yetakchi o‘rinni egallay boshladi. Jumladan, ispan absolyutizmiga qarshi milliy ozodlik kurashi Gollandiyada realistik san'atning gurkirab yashnashi uchun zamin tayyorladi. Realistik san'at asarlari kishilarning his-tuyg‘ularini, insonning jismoniy go‘zalligi, uning olijanobligi va yuksak ma'naviyatkni ifodalovchi san'at sifatida shuhrat qozondi. Gollandiada xalq hayotini to‘laqonli aks ettiruvchi maishiy janr paydo bo‘ldi, manzara, natyurmort, portret janrlari yuzaga keldi. Rassomlar o‘z asarlarida hayotning yangi qirralarini ifoda qildilar. Bu bilan kishilarning estetik idroki yanada boyishiga hissa qo‘shdilar. Ularning hayot bilan bevosita aloqador asar yaratishlari rassomlik san'atini yangi pogonaga ko‘tardi.
Albatta, yuqoridagi badiiy-uslubiy yo‘nalishlar o‘z -o‘zicha emas, balki bir-biri bilan uzviy munosabatda bo‘ldi. Birining ta'siri boshqa birida o‘z aksini topdi. Bu o‘zgarish va ta'sirlar, eng avvalo, u yoki bu mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy tuzumi, tarixiy sharoiti bilan uzviy bog‘liq bo‘ldi. XVII asrda Italiya, Ispaniya, Flomandiya, Gollandiya va Fransiyada milliy badiiy maktablar mavjud edi, Skandinaviya mamlakatlari, Angliya, Germaniya, Avstriyada esa hali yuzaga kelmagan edi. Bu mamlakatlardagi notinchlik, turli urushlar (30 yillik urush) bunga asosiy sabab bo‘ldi. XVIII asrga kslib vaziyat birmuncha o‘zgarib, yangi munosabatlar yuzaga kela boshladi. San'at ijtimoiy hayotning dolzarb muammolari bilan uzviy bog‘liq holda rivojlana boshladi. Voqyelikka tanqidiy munosabatda bo‘lish, illatlarni tanqid qilish kuchaydi. Uslublarning o‘rni ham o‘zgara bordi. Barokko uslubi o‘zining so‘nggi ri-vojlanish bosqichini kechira borib, ko‘p joylarda o‘z o‘rnini rokokoga bo‘shatdi. Realistik yo‘nalish esa klassitsizmga qarshi kurashda o‘z mavqyeini oshirib bordi. Me'morlikda ham o‘zgarishlar sezilarli bo‘ldi. Cherkov qurilishi kamaydi. Aksincha, uy-joy me'morligi jonlandi. Shaharni rejalashtirish masalasi me'morlikdagi muhim masalalardan biriga aylandi. Turar joylarning yangi tiplari vujudga keldi. Shaharda ma'muriy binolarning majmualari paydo bo‘ldi. San'atda san'at sintezi masalasi birmuncha susaydi. Xaykaltaroshlik va rangtasvirning mahobatli shakllari o‘rnini dastgoh san'ati egallay boshladi.
Amaliy va dekorativ san'ati buyumlariga ehtiyoj o‘sdi. XVIII asrga kelib, milliy maktablar ham ko‘paya boshladi. Ular orasida Fransiya badiiy maktabi Yevropa san'ati yetakchi o‘ringa chiqdi. Angliyada san'at rivojlandi, Italiyada Venetsiya badiiy maktabi, Germaniyada o‘ziga xos nemis san'ati ravnaq topib ular jahon maddniyati taraqqiyotida o‘z o‘rniga ega bo‘ldi.
Download 33,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish