O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI
,,TARIX’’ TA’LIM YO’NALISH
JAHON TARIXI FANIDAN
IJODIY ISHI
Mavzu: Ilk Rim respublikasi
Bajardi : 76 – 21 talabasi Fazliyeva Dilnoza
Qabul qildi: Fan o’qituvchisi:
Nazarov O.
____ ball
“___”_____2021 ___________________
___________________
___________________
Guliston – 2021
REJA:
Rimda ilk respublikaning o’rnatilishi.
Ilk respublikaning davlat boshqaruv tizimi.
Mil.avv. VI-III asrlarda Rim jamiyatining toifaviy-sinfiy tuzilishi
Qadimgi Rimda qulchilik
Mil.avv. VI-V asrlarda Italiyadagi ahvol.
Miloddan avvalgi VI asrlarda Rim va uning atrofida lotin, samniy va etrusk qabilalari yashaganlar. Ular bu yerlarda dehqonchilik, chorvachilik, savdo bilan shug’ullanib kun kechirganlar. Bu davrda Rim davlatini afsonalarga ko’ra shaharga asos solgan Romulning izdoshlari boshqarar edi. Shu o’rinda Rim shahrining asos solinishi tarixiga to’xtalib o’tsak.
Qadimgi Rim afsonalarida Rim shahriga asos solinishi Troya urushlari bilan bog’lanadi. Troya urushining oxirgi qahramonlari lotin qabilasining ajdodi bo‘lgan Eney boshchiligida Italiyaga kelib qoladilar. Afsonaga ko‘ra, lotin qabilasi yo‘lboshchilaridan biri ma’buda Vesta ibodatxonasida kohina bo‘ladi. Xudoning irodasi bilan kohina homilador bo‘lib, ikki egizakni dunyoga keltiradi. Ularni gunohdan bo‘lgan bolalar deb, cho‘ktirishga buyuradilar. Qul bolalarni savatga solib, daryoga olib borib, daryoning oqimi bo‘yicha oqizib yuboradi. Savat qirg‘oqqa kelib to‘xtaydi. Chaqaloqlarni bo‘ri o‘z suti bilan boqadi. Keyin esa cho‘pon topib oladi va ularni Romul va Rem deb ataydi. Egizaklar katta bo‘lgach, o‘zlarini o‘limga mahkum qilgan yo‘lboshchidan o‘ch oladilar. Keyin bir guruh yoshlar bilan yangi jamoa barpo qilishga qaror qiladilar. Romul Palatin tepaligining kimsasiz balandligini tanlaydi. Lekin bu joy ukasiga yoqmay janjallashib qoladilar, Romul ukasini o‘ldirib qo‘yadi. Romul mil.avv. 753-yil 21-aprelda bo‘lajak shahar bo‘ladigan joyning chegarasini so‘qa tortib belgilaydi. Shu tarzda Rim shahriga asos solinadi. Rim podsholik davrida (mil.avv. 753–510-yillar) podsholar oliy harbiy boshliq, kohin va sudya bo‘lib, zaruriyat bo‘lganda bir qancha yordamchilar – kvestorlarga tayanganlar. Kvestorlar odam o‘ldirish ishlari bo‘yicha sudni amalga oshirganlar. Podsho mutlaq hukmdor bo‘lmasa-da, etrusklar davrida uning hokimiyati juda kuchli bo‘lib, Rim oilasi («pater familius») hokimiyatini eslatar edi. U umrbod saylab qo‘yilgan. Podsho qonunlarni qo‘llash huquqiga ega bo‘lib, lekin uni o‘zgartira olmas edi. Romul davridan Rim podshosi (rex) shaharning sudyasi, bosh kohini va lashkarboshisi bo‘lgan. Lekin shuni ta’kidlash kerakki, Rim podsholik tuzumi tiraniyaga aylanib borgan edi. Buni Rimning oxirgi uchta etrusk podsholari (Lutsiy Tarkviniy Qadimgi (mil.avv. 616–578-yillar), Serviy Tulliy (mil.avv. 578–534-yillar) va Lutsiy Tarkviniy Mag‘rur (mil.avv. 534–509-yillar)) hayotidan ko’rishimiz mumkin. Rim podsholari Apennin yarim orolini bosib olish uchun uzoq harakat qilganlar.
Bu davrda Italiyaga yunonlar tez-tez kelib turganlar. Yunonlar etrusklar bilan raqobat qilardilar. Dastlab Rim savdo aloqalarini Janubiy Italiyadagi yunon shaharlari bilan olib bordi. Podsholik davrining oxirida esa, Attika va Karfagen bilan savdo aloqalarini o‘rnatdi. Eng birinchi savdo shartnomasi Karfagen bilan tuzildi. Savdo va hunarmandchilik bilan birinchi navbatda, plebeylar shug‘ullandilar. Bu soha bo‘yicha Rimdagi Kapitoliy va Palatin o‘rtasida etrusk kvartali «Vikus tuskuss» muhim rol o‘ynadi. Mil.avv. 535-yilda etrusklar Karfagen bilan ittifoq bo‘lib, Korsika oroli yaqinidagi Alali yonidagi jangda yunonlarni tor-mor qilganlar.
Podsholik davrida Rim dini animistik ko‘rinishda bo‘lib, unda totemizmning bir qancha qoldiqlari saqlanib qolgan edi. Bunga misol qilib, Rim shahrining asoschilari Romul va Remni emizgan ona bo‘ri afsonasini aytish mumkin. Podsholik davrida Rim yovuzlik va ezgulik ruhlari bilan to‘la edi. Ularni sehrgarlik, qurbonlik va duo-afsunlar o‘qish bilan yumshatish mumkin edi. Rimliklar asosan qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanganliklari uchun, tabiat hodisalari va dehqon hamda cho‘ponning barcha ishlariga homiylik qiladigan ko‘pgina xudolarga sig‘inar edilar. Vervaktor, Vedator va Obarator deb atalgan uch xudo qo‘riq yerni haydashda odamlarga yordam ko‘rsatgan. Yerlarni o‘g‘itlashda xudo Saterkuliniyga qurbonlik keltirilgan.
Mil.avv. VI asrda etrusk istilolari urug‘ jamoasining yemirilish jarayoni, sinfiy jamiyat va Rim davlatchiligi shakllanishini tezlashtirdi. Etrusklar Rimda ilk yunon tiraniyasiga o‘xshash monarxiya rejimini tashkil etdilar. Uning o‘rniga Rimda mil.avv. 509-yil ilk respublika tuzumi o‘rnatildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |