O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti


Rimda ilk respublikaning o’rnatilishi



Download 497,58 Kb.
bet2/12
Sana01.01.2022
Hajmi497,58 Kb.
#303117
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Fazliyeva Dilnoza

Rimda ilk respublikaning o’rnatilishi.

Rim tarixchilari, respublika boshlanishini mil.avv. 509-yil kelib chiqishi etrusk bo‘lgan so‘nggi Rim podshosi Tarkviniy Mag‘rurning (mil.avv. 534–509-yillar) Rimdan haydalishi bilan belgilaydilar. Erkinlik tarafdorlari, senat hokimiyati himoyachilari Yuniy Brut boshchiligida monarxiyani aristokratik respublika bilan almashtirdilar. Bu dunyo bo’yicha shakllangan ilk respublika edi. Lotinchadan tarjima qilganda “respublika” so’zi “xalq ishi, umumiy ish” degan ma’nolarni anglatadi ( “res”-ish, “publica”-xalq ). Respublika davlat boshqaruv tizimi birdaniga shakllanmadi. Uning shakllanishi asta-sekinlik bilan jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar bilan birga bordi. Rim magistratura tizimining tugallangan shakli mil.avv. IV asr II yarmida yuzaga keldi. Miloddan avvalgi V-III asrlarda Rimda respublika tuzumining shakllanish jarayoni davom etgan. Lekin miloddan avvalgi III asr o’rtalariga kelib O’rtayer dengizida hukmronlik uchun kurash boshlanib ketadi. Natijada Rim va Karfagen davlatlari o’rtasida urush boshlanadi. Bu urush tarixga Puni urushlari nomi bilan kirgan. Urush respublikaning qulashiga turtki bo’ldi. Chunki o’sha davrga kelib respublika iqtisodi nochor ahvolga tusha boshlagan edi. Sarkardalar yollanma askarlardan foydalana boshlagan edilar. Qullar qo’zg’oloni ham kuchayib ketgan edi. Davlat hokimiyati muassasalari komissiyalar (xalq majlisi), magistraturalar va senat edi. Oliy hokimiyat egasi tub joy aholidan bo'lgan Rim fuqarolari (populis Romanus) bo'lganlar. Rasmiy jihatdan Rim fuqarolari xalq majlisida ishtirok etishga, davlat lavozimlariga saylanishga, mulkga egalik qilishga va Rim qo'shinida xizmat qilishga haqli edilar.



Konsul. Respublika tuzumi o‘rnatilishi bilan oliy hokimiyat bir yil muddatga saylanadigan ikki konsul qo‘liga o‘tdi. Dastlab ular pretor (oldinda yuruvchilar) deb atalar edi. Farazlarga ko‘ra, respublikaning birinchi yillarida ijroiya hokimiyatining boshida bir oliy magistrat – pretor bo‘lib, unga o‘rinbosari – kvestor yordam bergan. Plebeylarning Muqaddas toqqa birinchi chiqib ketishlaridan so‘ng xalq tribunlari va plebey edillari, ularning yordamchilari lavozimlari joriy qilindi. Ammo ijroiya hokimiyatga pretorning yagona rahbarligi va u tomonidan hokimiyatni bosib olinish imkoniyati mavjudligi xavfi tug‘ildi. Shuning uchun mil.avv. V asr o‘rtalarida bir oliy magistrat o‘rniga ikkitasi saylanadigan bo‘ldi. Ular bir xil hokimiyatdan foydalandilar va birgalikda boshqardilar. Ular bir-birlari bilan maslahatlashishlari lozim edi. Shuning uchun ular konsullar (consulo – maslahatlashaman so‘zidan olingan) deb ataldilar. Lisiniy va Sekst qonuni bo‘yicha mil.avv. 367-yildan konsullardan biri plebeylardan saylana boshladi. Oliy magistratlar tarkibiga konsullar, senzorlar va pretorlar kirar edi. Konsullarni senturiy yig‘inlarda patritsiylar orasidan saylar edilar. Badavlat odam turli yo‘llar bilan saylovchilarni o‘z tarafi ga og‘dirib, bepul tushlik uyushtirishgan, sovg‘a-salom tarqatishgan va shunga o‘xshash ishlarni amalga oshirishgan. Saylov kuni konsullikka o‘z nomzodini qo‘ygan badavlat kishilar «kandida» deb ataluvchi oq-harir libos kiyib olishgan. Hozirgi «kandidat», ya’ni qandaydir lavozimni egallashga harakat qiluvchi nomzod shaxs ma’nosini beruvchi so‘z ham «kandida»dan kelib chiqqan. Oq rang nomzodning vijdoni ham uning libosidek beg‘ubor va pokiza bo‘lishi kerakligini bildirgan.Konsullar roziligisiz senat komisiyalari to‘plana olmas edi. O‘zlari esa vazifalarini bajarish davrida har qanday sud javobgarligidan ozod edilar. Konsullar urush vaqtida qo‘shin qo‘mondoni vazifasini bajarganlar. Senat va komisiyalarni chaqirar edilar hamda qonunchilik tashabbusiga ega edilar. Konsullar hokimiyati faqat biri ikkinchisining qaroriga veto (taqiq) qo‘yishi bilangina cheklangan edi. Amaliy hayotda esa konsullar patritsiylar va ularning oliy organi – senatning siyosiy man-faatlari bilan hisoblashishga majbur edilar. Rimdan tashqarida konsul cheklanmagan hokimiyatga ega bo‘lgan, shaharda esa konsullarning huquqi ma’lum bir normalar bilan cheklangan. Imperiya davrida senat o‘z mustaqilligini yo‘qotdi, lekin uning tashqi hashamati kuchaydi. Senat imperator irodasiga qullarcha bo‘ysundi. Imperator senator unvonini merosiy qilib, ularning sonini 600 taga tushirdi. So‘nggi imperiya davrida konsullik, pretor, edil lavozimlari faxrli unvonga aylandi.


Download 497,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish