Ilk respublikaning davlat boshqaruv tizimi
Xalq yig‘ini. Rim respublikasida oliy davlat organi – xalq yig‘ini hisoblangan. Xalq yig‘ini qonunlarni qabul qilish va bekor qilish, urush e’lon qilish va sulh tuzish, oliy mansabdor shaxslar – magistrat (magister – boshliq)larni saylar edi. Shu bilan birga, u oliy sud tashkiloti edi. Rim xalq yig‘inlarini demokratik mohiyati va ularning keng vakolatiga qaramay, eng demokratik tribut komisiyalari ham aristokratiya qo‘lida qurol bo‘ldi. Xalq yig‘ini faqat senatda muhokama qilingan, magistratlar kiritgan masalalarnigina muhokama qilar edi. Komisiyalar qonunchilik tashabbusi huquqiga ega emas edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |