O`quv materiallari


 Faoliyat turlari boʻyicha pul oqimlarini baholash



Download 4,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/348
Sana03.07.2021
Hajmi4,94 Mb.
#108816
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   348
Bog'liq
MYuMpqJHMCCeIju8329duwGWidVi1sPguSFcihoM

 

2. Faoliyat turlari boʻyicha pul oqimlarini baholash 

Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  pul  mablagʻlari  yuqori  darajada  chegaralangan 

resurslardan  biri  hisoblanadi,  shuning  uchun  ham  korxona  moliyaviy-xoʻjalik 

faoliyatini  muvaffaqiyatli  amalga  oshirish  koʻp  jihatdan  moliyaviy  menejerlar 

tomonidan  pul  mablagʻlarini  toʻgʻri  taqsimlash  va  ulardan  samarali  foydalanishni 

tashkil etish qobiliyati bilan belgilanadi. Pul mablagʻlari korxonaga ish haqi toʻlash, 

xom  ashyo,  materiallar,  asosiy  vositalar  xarid  qilish,  soliqlarni  toʻlash,  qarzlar 

boʻyicha xizmat koʻrsatish, dividendlar toʻlash va boshqalar uchun zarur. 

Pul mablagʻlarini samarali boshqarish uchun quyidagilarni bilish lozim: 

- aniq bir davrlar boʻyicha talab qilinadigan pul mablagʻlari miqdorlari; 

- pul mablagʻlariga boʻlgan ehtiyoj tuzilmasi; 



93 

 

-  pul  oqimlarining  tegishli  elementlarini  shakllantiruvchi  faoliyat  turlari  va 



ularning shakllanish mexanizmlari. 

Bunga bogʻliq holda pul oqimlarini boshqarishning muhim instrumenti sifatida 

pul  oqimlari  toʻgʻrisidagi  hisobot  keltiriladi.  Koʻrib  chiqilgan  sabablardan  kelib 

chiqqan holda moliyaviy menejerlar, shuningdek kreditorlar, aksiyadorlar, investorlar 

va  boshqa  manfaatdor  shaxslar  chuqur  oʻrganishlari  talab  etiladi.  Natijada  esa 

quyidagi savollarga javob topish imkoniyati yuzaga keladi: 

- Qanday asosiy  manbalardan va qancha miqdorda pul mablagʻlari olingan va 

ulardan qaysi yoʻnalishlarda foydalanilgan? 

-  Korxona  oʻz  asosiy  faoliyati  orqali  pul  mablagʻlari  tushumlarini  turli  xil 

toʻlovlar summasidan oshirishni ta’minlash imkoniyatiga egami? 

-  Korxona  oʻz  majburiyatlari  boʻyicha  xizmat  koʻrsatish  va  ularni  qoplash 

qobiliyatiga egami? 

- Asosiy faoliyatni yuritish uchun pul mablagʻlari yetarlimi? 

- Korxona pul mablagʻlarining ichki manbalari hisobiga investitsion talablarni 

qanday darajada ta’minlay olishi mumkin? 

-  Olingan  foyda  miqdori  va  pul  mablagʻlari  hajmi  oʻrtasidagi  farqni  qanday 

tushuntirish mumkin va boshqa savollar? 

Moliyaviy  hisobotlarning  xalqaro  standartlariga  muvofiq  pul  oqimlari 

toʻgʻrisidagi  hisobot  koʻrib  chiqilayotgan  davr  boʻyicha  pul  mablagʻlari  harakatini 

aks  ettiruvchi  moddalardagi  oʻzgarishlar  sabablarini  izohlab  berishi  va  operatsion, 

investitsion  va  moliyaviy  faoliyatlar  kesimida  korxona  pul  oqimlari  toʻgʻrisidagi 

axborotlardan tarkib topishi lozim. Hisobotning sanab oʻtilgan boʻlimlari moddalari 

tarkibi,  shuningdek  ularni  detallashtirish  darajasi  korxona  tomonidan  mustaqil 

belgilanadi.  

Pul  oqimlari  harakatini  chuqur  oʻrganish  uchun  soddalashtirilgan  tartibda 

tuzilgan  pul  mablagʻlari  manbalari  va  ulardan  foydalanish  toʻgʻrisidagi  analitik 

hisobotdan foydalanish tavsiya etiladi.   

Pul  mablagʻlari  manbalari  va  ulardan  foydalanish  toʻgʻrisidagi  analitik 

hisobotni  balans  moddalari  asosida  mustaqil  tuzish  talab  etiladi.  Balansning  aktivi 

korxonaning investitsion qarorlarini ham oʻzida aks ettirishi va kapitalni joylashtirish 

yoʻnalishlarini koʻrsatib berishi sababli uning moddalaridagi har qanday oʻsish doimo 

pul mablagʻlaridan foydalanishni anglatadi va aksincha.  

Oʻz  navbatida  passiv  korxonaning  moliyalashtirish  manbalarini  oʻzida  ochib 

beradi.  Bunda  balans  moddalaridagi  oʻsish  pul  mablagʻlarining  kirimini,  kamayish 

esa chiqib ketishini anglatadi. 

Keltirilgan mulohazalarga asoslangan holda quyida mos shaklni keltiramiz (1-

jadval). 

1-jadval 




Download 4,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   348




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish