2-rasm. Asosiy faoliyat boʻyicha pul oqimlarining shakllanishi
Qayd etib oʻtish kerakki, keltirib oʻtilgan sxema mamlakatlarning moliyaviy-
iqtisodiy siyosatiga bogʻliq holda oʻzaro farqlanishi mumkin.
Investitsion faoliyat boʻyicha pul oqimlari (Cash Flow From Investments –
CFFI)ni baholashda asosiy va nomoddiy aktivlarni sotib olishga xarajatlar,
shuningdek uzoq muddatli moliyaviy qoʻyilmalar, mulkni hamda uzoq muddatli
moliyaviy qoʻyilmalarni sotishdan daromadlar koʻrib chiqiladi. Investitsion faoliyat
boʻyicha pul oqimlarining asosiy elementlari quyidagi rasmda aks ettirilgan (3-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |