O`quv materiallari



Download 4,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/348
Sana03.07.2021
Hajmi4,94 Mb.
#108816
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   348
Bog'liq
MYuMpqJHMCCeIju8329duwGWidVi1sPguSFcihoM

 

 

 

 

 

 

 

 

 


89 

 

7-MAVZU: “KORXONA PUL OQIMLARINI BOSHQARISH” 



Reja: 

1. Pul oqimlarining mohiyati va turlari 

2. Faoliyat turlari boʻyicha pul oqimlarini baholash 

3.  Pul  oqimlarini  boshqarishning  mohiyati  va  vazifalari  hamda  asosiy 

yoʻnalishlari 

 

Tayanch  so`z  va  iboralar:pul  oqimlari,  kirim,  chiqim,  moliyaviy  faoliyat  boʻyicha 

pul oqimlari, investitsion faoliyat boʻyicha pul oqimlari, asosiy faoliyat boʻyicha pul 

oqimlari. 

1. Pul oqimlarining mohiyati va turlari 

Moliyaviy xoʻjalik faoliyati amaliyotida har qanday operatsiya yoki boshqaruv 

qarori  pul  mablagʻlari  harakatiga  sabab  boʻladi.  Pul  mablagʻlari  harakatining 

uzluksiz,  toʻgʻri  va  samarali  tashkil  etilishi  koʻp  jihatdan  tadbirkorlik  faoliyati  va 

uning  iqtisodiy  natijalari  barqarorligini  oldindan  belgilab  beradi.  Moliyaviy 

menejmentda  pul  mablagʻlari  harakati  dinamikasini  tavsiflash  uchun  maxsus  “pul 

oqimlari”  kategoriyasidan  foydalaniladi.  Buning  natijasida  har  qanday  biznes 

boʻyicha pul oqimlari kirimi, chiqib ketishi va pul mablagʻlari qoldigʻini aks ettirish 

mumkin boʻladi. 

Pul  oqimlari  kompaniyalarni  boshqarishda  muhim  rol  oʻynaydi.  Inson 

organizmi  bilan  oʻxshatganda  pul  oqimlarini  xoʻjalik  sub’ektining  “qon  aylanish 

tizimi”ga tenglashtirish mumkin. Bu oʻxshatish toʻliq oʻzini oqlaydi. Ya’ni qon inson 

organizmi  hayotiyligini  ta’minlagani  kabi  pul  oqimlari  barcha  biznes-jarayonlarni 

aylanib  oʻtishi  hisobiga  biznesning  hayotiyligiga  xizmat  qiladi.  Bu  jarayonda  har 

qanday  belgilangan  intizomga  rioya  qilmaslik  holati  jiddiy  muammolarni  yuzaga 

keltirish orqali faoliyatni toʻxtatishgacha sabab boʻlishi mumkin. 

Boshqaruvchilar,  kreditorlar,  investorlar,  analitiklar  va  boshqa  korxona 

faoliyatidan  manfaatdor  shaxslar  uchun  haqiqatdagi  pul  oqimlari  harakati  korxona 

faoliyatini,  uning  bozor  qiymatini  baholashda,  shuningdek  kelgusidagi  rivojlanish 

istiqbollarini prognoslashda asos boʻlib xizmat qiladi. Aynan shuning uchun ham pul 

oqimlarining  mohiyatini  tushunish,  ularning  tiplarini  oʻzaro  farqlash  va  ularning 

yakuniy miqdorini aniqlash muhim ahamiyatga ega. 

Yuqoridagilardan  kelib  chiqqan  holda  mazkur  bobda  pul  oqimlarining 

mohiyati,  turlari,  korxonalarda  pul  oqimlarining  aylanish  jarayoni,  shuningdek 

ularning  tahlilini  amalga  oshirish  imkonini  beruvchi  hisobotlarni  shakllantirish 

metodlari xususida toʻxtalib oʻtamiz. 

“Pul  oqimi”  tushunchasi  moliyaviy  menejmentda  fundamental  tushuncha 

hisoblanadi. Har qanday kompaniya joriy toʻlovlarni amalga oshirish, xom ashyo va 

materiallarni xarid qilish, ish haqlarini toʻlash, uzoq muddatli aktivlarni sotib olish, 

majburiyatlarni oʻz vaqtida qoplash uchun yetarli miqdordagi pul mablagʻlariga ega 

boʻlishi  lozim.  Pul  mablagʻlarining  etishmovchiligi  avtomatik  tarzda  likvidlilikning 

yoʻqotilishiga, bu esa oʻz navbatida tez moslashuvchan mustaqil qarorlar qabul qilish 




90 

 

imkoniyatining  boy  berilishiga,  faoliyatning  esa  tashqi  sub’ektlar,  masalan 



kreditorlarga  bogʻliq  boʻlib  qolishiga  sabab  boʻladi.  Bunday  vaziyat  natijasida 

bankrotlik, majburiy restrukturizatsiyalash, qoʻshib olinish va boshqa holatlar yuzaga 

kelishi mumkin. Aynan shuning uchun ham pul oqimlari, ularning barcha shakllari va 

turlari moliyaviy boshqaruvning eng muhim ob’ektini oʻzida aks ettiradi. 



Pul oqimlari tushunchasi moliyaviy-xoʻjalik faoliyati yoki sub’ektning alohida 

operatsiyalari  natijasida  yuzaga  keladigan  vaqt  boʻyicha  taqsimlangan  pul 

mablagʻlari harakatini anglatadi. 

Pul oqimlarini bir necha belgilari boʻyicha tasniflash mumkin. 

Harakat yoʻnalishlari boʻyicha pul oqimlarini musbat va manfiy pul oqimlariga 

boʻlinadi.  Musbat  pul  oqimlari  korxonaga  pul  mablagʻlarining  kelib  tushishi,  ya’ni 

kirimini anglatadi. Manfiy pul oqimlari esa pul mablagʻlarining korxona ixtiyoridan 

chiqib ketishi, ya’ni toʻlovlarni nazarda tutadi. 

Hisoblash  ususliga  bogʻliq  ravishda  pul  oqimlarini  yalpi  (barcha  toʻlovlar  va 

tushumlar yigʻindisi) va sof pul oqimlariga ajratish mumkin. 

Ma’lum  bir  davr  boʻyicha  sof  pul  oqimlari  miqdorini  quyidagi  formula 

yordamida aniqlash mumkin: 

𝐶𝐹

𝑛

= ∑ 𝐶𝐼𝐹



𝑡

− 𝐶𝑂𝐹


𝑡

𝑛

𝑡=0



 

bu  erda,  CF

n

  –  cof  pul  oqimlari,  n  –  pul  oqimlari  soni,  t  –  davr,  CIF  –  pul 



oqimlari kirimi, COF – pul oqimlari chiqib ketishi. 

Moliyaviy-xoʻjalik  faoliyati  turlari  boʻyicha  pul  oqimlari  quyidagicha 

farqlanadi: 

- operatsion yoki asosiy faoliyat boʻyicha pul oqimlari; 

- investitsion faoliyat boʻyicha pul oqimlari; 

- moliyaviy faoliyat boʻyicha pul oqimlari. 

Pul  oqimlarining  bunday  tasnifi  pul  oqimlari  toʻgʻrisidagi  hisobotni  tuzishga 

asos boʻlib xizmat qiladi. 

Operatsion  faoliyat  boʻyicha  pul  oqimlari  operatsiyani  amalga  oshirish  uchun 

qilingan  xarajatlarni  chegirgan  holda  ishlab  chiqarilgan  tovarlarni  sotishdan  olingan 

pul mablagʻlarini oʻzida aks ettiradi. 

Investitsion  faoliyat  boʻyicha  pul  oqimlari  esa  uzoq  muddatli  aktivlarni  sotib 

olish,  asosiy  vositalarni  sotish,  moliyaviy  aktivlar  boʻyicha  foiz  va  dividendlar, 

moliyaviy aktivlarni sotish boʻyicha pul mablagʻlari harakati bilan tavsiflanadi. 

Moliyaviy faoliyat boʻyicha pul oqimlari uzoq va qisqa muddatli qarzlarni jalb 

qilish,  aksiya,  ulush,  paylarni  sotish,  shuningdek  mulkdorlarga  toʻlovlar,  qarzlarni 

qoplash va boshqalar boʻyicha pul mablagʻlari harakatini oʻzida aks ettiradi. 

Korxonalarning  turli  xil  faoliyatlari  kesimida  pul  mablagʻlari  harakatining 

umumiy sxemasi quyidagi rasmda keltirilgan (1-rasm). 



91 

 

 




Download 4,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   348




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish