3. Moliyaviy menejmentning funksiyalari
Moliyaviy menejmentning mohiyati uning bajaradigan funksiyalarida namoyon
boʻladi. Moliyaviy menejmentning kompleks mazmunidan kelib chiqqan holda uning
bajaradigan funksiyalarini ikkita asosiy guruhga boʻlish mumkin:
- boshqaruv sub’ektining funksiyalari;
- maxsus funksiyalar.
Birinchi guruh funksiyalar tarkibi har qanday boshqariluvchi tizimosti uchun
bir xil tavsifga ega. Ular tarkibiga tashkil etish, tahlil, rejalashtirish, motivatsiya va
nazorat kiritiladi.
Tashkil etish boshqaruv ob’ektlarini tarkiblashtirish, tegishli boʻlinmalarning
huquq va majburiyatlarini belgilash kabilarni nazarda tutadi. Qoidaga koʻra tarkibiy
birliklar ierarxik yoki javobgarlik va nazorat markazlarini belgilash orqali funksional
belgilari boʻyicha boʻlinadi. Moliyaviy menejmentning tashkil etish funksiyasini
amalga oshirish jarayonida korxonalarda boshqarish tizimining amaldagi tuzilmasi
tomonidan mazmunan va funksional jihatlar oʻzaro mosligi va integratsiyasiga
erishiladi. Bu jarayonda tashkiliy tuzilmalarni tashqi muhitning oʻzgaruvchan shart-
sharoitlariga doimiy ravishda moslashtirib borish talab etiladi.
Samarali moliyaviy boshqaruvni amalga oshirish koʻp jihatdan korxonaning
moliyaviy-iqtisodiy holatini, uning likvidliligi va moliyaviy barqarorligini,
shuningdek yaxlit moliyaviy-xoʻjalik faoliyati va alohida operatsiyalar oʻtkazish
natijalarini davriy baholashni nazarda tutuvchi tahlil funksiyasini amalga oshirishga
bogʻliq. Tahlil jarayonida korxona faoliyatidagi oʻziga xos kamchiliklar aniqlanadi va
ularni bartaraf etish yoʻnalishlari belgilanadi.
Rejalashtirish maqsadlarni qoʻyish va ularga erishish yoʻllarini tanlash mavjud
va egalik qilish mumkin boʻlgan resurslarning cheklanganligini hisobga olgan holda
maqsadlarni qoʻyish va ularga erishish yoʻllarini tanlashni nazarda tutadi. Bu
funksiya moliyaviy menejmentda eng asosiy funksiyalardan biri hisoblanadi.
Strategik yoʻnalishlarni va rivojlanish maqsadlarini ishlab chiqish, resurslar va
kapitalning barcha turlaridan yuqori darajada samarali foydalanish yoʻnalishlarini,
22
qoʻshimcha moliyaviy resurslarni jalb qilish usullarini belgilab olish, risklarni
neytrallashtirish yoʻnalishlarini belgilash va boshqa shu kabi masalalar rejalashtirish
funksiyasi doirasida amalga oshiriladigan vazifalar roʻyxati hisoblanadi. Uning bozor
iqtisodiyoti sharoitidagi eng muhim va farqli xususiyati korxona moliyaviy-xoʻjalik
faoliyatining asosiy koʻrsatkichlarini rejalashtirish bozor kon’yukturasi, yetkazib
berilayotgan tovarga talab va taklif darajasi, raqobat darajasi va boshqalarni aniq
belgilashning murakkabligini hisobga olgan holda amalga oshirilishi bilan
ifodalanadi. Rejalashtirish faoliyat natijalari tahliliga, ichki va tashqi muhitda
kutilayotgan oʻzgarishlarga asoslangan holda amalga oshiriladi.
Motivatsiya qoʻyilgan maqsadlarni amalga oshirishga yoʻnaltirilgan faoliyatni
oʻzida aks ettiradi. Bu funksiya yordamida xodimlarning xulqiga ta’sir etish va
ularning talablarini hisobga olgan holda turli omillar orqali ta’sir oʻtkazishga harakat
qilinadi. Uni amalga oshirish jarayonida belgilangan moliyaviy koʻrsatkichlarni,
normativlarni va reja topshiriqlari bajarganlik yoki bajarmaganlik, resurslar
tejamkorligiga va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga erishganligi va boshqa
holatlarda korxonaning alohida tarkibiy boʻlinmalari xodimlari uchun ragʻbatlantirish
yoki jarimalar qoʻllash tizimi shakllantiriladi. Mazkur funksiyaning samarali ishlashi
ish faolligining, tovar sifatining, xodimlar malaka darajasining oʻsib borishiga va eng
asosiysi korxona moliyaviy-xoʻjalik faoliyati natijalariga bevosita ijobiy ta’sir
koʻrsatadi.
Nazoratningmohiyati korxona moliyaviy-xoʻjalik faoliyatida yuzaga kelishi
mumkin boʻlgan real holatlarni oʻz vaqtida aniqlash, belgilangan maqsadlarga
erishishga toʻsqinlik qilayotgan omillarni bartaraf etishga xizmat qilishdan iborat.
Moliyaviy menejmentning bu funksiyasi ishlashi korxonada ichki nazorat tizimini
tashkil etish, nazorat qilinadigan koʻrsatkichlar tarkibini, davriyligini va boshqalarni
belgilab qoʻyish bilan bevosita bogʻliq hisoblanadi.
Moliyaviy menejmentning maxsus funksiyalari guruhi boshqaruv faoliyatining
alohida turi sifatida moliyaviy menejmentning oʻziga xos xususiyatlari bilan
tavsiflanadi. Ularga quyidagilar kiradi;
- aktivlarni boshqarish;
- kapitalni boshqarish;
- investitsiyalarni boshqarish;
- pul oqimlarini boshqarish;
- moliyaviy risklarni boshqarish.
Aktivlarni boshqarish funksiyasi mohiyati korxona moliyaviy-xoʻjalik faoliyati
boʻyicha belgilab qoʻyilgan koʻrsatkichlardan kelib chiqqan holda turli xil aktivlarga
real talabni belgilash bilan ifodalanadi. Bunda yuqori darajada samarali foydalanish
nuqtai nazaridan aktivlar tarkibini optimallashtirish, likvidlilikni ta’minlash, samarali
amortizatsiya
siyosatini
ishlab
chiqish
va
amalga
oshirish,
aktivlarni
moliyalashtirishning korxona uchun qulay boʻlgan shakllari va manbalarini tanlash
kabilarga jiddiy e’tibor qaratish talab etiladi.
Kapitalni boshqarish rivojlanish strategiyasiga mos ravishda korxonaning
strategik va joriy faoliyat turlarini moliyaviy resurslar bilan ta’minlashga
yoʻnaltirilgan. U kapitalga umumiy talabni aniqlash, korxona uchun eng ma’qul
23
kapital manbalarini va moliyalashtirish shakllarini qidirib topish, kapital bahosini
minimallashtirish va ulardan yuqori darajada samarali foydalanish, qayta
moliyalashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida ular
oʻrtasidagi optimal nisbatni ta’minlash kabilarni oʻz ichiga oladi.
Investitsiyalarni boshqarish korxonaning strategik va joriy maqsadlarini
amalga oshirishga yoʻnaltirilgan investitsion siyosatni shakllantirishdan iborat.
Mazkur funksiya doirasida alohida loyihalarning va moliyaviy instrumentlarning
investitsion jozibadorligini baholash, kapital qoʻyilmalar byudjetini ishlab chiqish,
qimmatli qogʻozlar portfelini shakllantirish va boshqarish hamda boshqa shu kabilar
amalga oshiriladi.
Pul oqimlarini boshqarish korxonaning joriy, kundalik faoliyatida shak-
shubhasiz muhim rol oʻynaydi. Bu funksiyaning samarali amalga oshiriligi koʻp
jihatdan korxonaning toʻlovga layoqatliligi, likvidliligi va moliyaviy barqarorligiga
xizmat qiladi. Funksiyaning mohiyati korxona pul mablagʻlari oqimining kirimi va
chiqib ketishini toʻgʻri shakllantir, miqdor, vaqt va alohida operatsiyalar boʻyicha pul
oqimlarini sinxronlashtirish, vaqtinchalik boʻsh pul mablagʻlaridan toʻgʻri
foydalanish kabilarni oʻz ichiga oladi.
Bozor iqtisodiyotida risk korxona moliyaviy-xoʻjalik faoliyatining ajralmas
omili hisoblanadi. Moliyaviy risklarni boshqarish funksiyasini amalga oshirish
jarayonida ularning asosiy turlari aniqlanadi, bunday risklar darajasi va ular bilan
bogʻliq yuzaga kelishi mumkin boʻlgan yoʻqotishlar darajasini baholash oʻtkaziladi.
Olingan axborotlar va tahlil natijalari asosida risklarni kompleks boshqarish,
risklarning alohida turlari profilaktikasi va ularni minimallashtirish, shuningdek
diversifikatsiyalash, sugʻurtalash va xedjerlash boʻyicha chora-tadbirlar tizimi
shakllantiriladi.
Yuqorida keltirilgan moliyaviy menejmentning asosiy funksiyalari umumiy
tavsifga ega. Aniq bir korxona va uning faoliyat yoʻnalishlari oʻziga xos
xususiyatlaridan kelib chiqqan holda yuqorida keltirilgan funksiyalar har biri yanada
aniqlashtirilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |