O`quv materiallari


-rasm. Aksiyadorlik jamiyatlarida boshqaruvning zamonaviy namunaviy



Download 4,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/348
Sana03.07.2021
Hajmi4,94 Mb.
#108816
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   348
Bog'liq
MYuMpqJHMCCeIju8329duwGWidVi1sPguSFcihoM

3-rasm. Aksiyadorlik jamiyatlarida boshqaruvning zamonaviy namunaviy 

tuzilmasi

8

 

Tasdiqlangan  tuzilmaga  asosan  moliyaviy  ishlar  boʻyicha  direktor  lavozimi 

joriy etildi. Oʻz navbatida moliyaviy ishlar boʻyicha direktor boshqaruvi ostida bosh 

hisobchi,  gʻaznachilik  va  moliya  xizmati,  shartnoma  majburiyatlarini  boshqarish 

boʻlimi faoliyat yuritishi belgilab qo’yildi. 

 

2. Moliyaviy menejmentning ta`minot tizimi 

Moliyaviy menejmentni amaliy nuqtai nazardan  korxona pul mablagʻlarini va 



ularning manbalarini boshqarish tizimi sifatida koʻrib chiqish mumkin. 

Har  qanday  boshqarish  tizimi  kabi  moliyaviy  menejment  ham  ob’ekt  va 

sub’ektga, ya’ni boshqariluvchi va boshqaruvchi tizimostlariga ega.  

Bunda  korxonalarning  pul  mablagʻlari  va  ularning  manbalari,  shuningdek 

korxonalar,  xoʻjalik  faoliyatining  boshqa  ishtirokchilari,  moliya  tizimining  turli 

boʻgʻinlari  oʻrtasida  yuzaga  keladigan  moliyaviy  munosabatlar  boshqarish  ob’ekti 

hisoblanadi. 

Mulkdorlar,  moliyaviy  menejerlar,  mos  tashkiliy  tuzilmalar  va  xizmatlar 

moliyaviy  menejment  tizimida  boshqarish  sub’ektlari  sifatida  qatnashadi, 

boʻlimlarning  tarkibiy  qismlari  esa  boshqariluvchi  tizimostlari  sifatida  yuzaga 

chiqadi. Bunda eng asosiy boshqaruv sub’ekti korxonaning mulkdorlari hisoblanadi. 

Umumiy  holda  boshqariluvchi  tizimostlarini  huquqiy,  tashkiliy,  metodik, 

kadrlar bilan, informatsion, texnik va dasturiy ta’minotlarga boʻlish mumkin. 

Iqtisodiyotda  har  qanday  boshqaruv  tizimining  faoliyat  yuritishi  amaldagi 



huquqiy ta’minot doirasida amalga oshiriladi. Bunda huquqiy ta’minotga Oʻzbekiston 

Respublikasi  Konstitutsiyasi,  Kodekslari,  qonunlari,  Oʻzbekiston  respublikasi 

Prezidenti  farmonlari,  qarorlari  va  farmoyishlari,  hukumat  qarorlari,  vazirlik  va 

tarmoqlarning me’yoriy hujjatlari, litsenziyalar, shuningdek aniq bir korxonaning ish 

faoliyatini tartibga soluvchi ta’sis hujjatlari, nizomlar va yoʻriqnomalar kiradi. 

Tashkiliy ta’minot aniq bir korxonada moliyani boshqarish tizimining umumiy 

tuzilmasini  oʻzida  aks  ettiradi,  shuningdek  tegishli  xizmat,  boʻlinma  va  alohida 

mutaxassislarning funksiya va vazifalari doirasini belgilab beradi. 

Moliyaviy  menejmentning  metodik  ta’minoti  asosini  moliyaviy  resurslarni 

samarali  boshqarishga  qaratilgan  umumiqtisodiy,  analitik  va  maxsus  usullar, 

metodlar va modellar majmuasi tashkil etadi. 

Moliyaviy  menejment  tizimining  markaziy  eementi  kadrlar  ta’minoti 

hisoblanadi.  Ob’ektga  maqsadli  yoʻnaltirilgan  boshqaruv  ta’sirini  koʻrsatuvchi 

maxsus  usullar,  metodlar  va  instrumentlar  vositasida  ishlab  chiqish  va  amalga 

oshirishni  ta’minlovchi  mutaxassislar  guruhi  (moliyaviy  menejerlar,  menejerlar  va 

boshqalar) kadrlar ta’minoti sifatida xizmat qiladi.    

Har  qanday  iqtisodiy  ob’ektni  boshqarish  uning  tashkiliy  elementlari 

oʻrtasidagi  va  oʻrab  turgan  tashqi  muhitdagi  axborotlar  almashinuvi  bilan 

chambarchas bogʻliq. Bunday axborotlarning oʻz vaqtida olinishi, toʻliqligi, aniqligi 

                                                           

8

 Oʻzbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2015  yil  24  apreldagi  “Aksiyadorlik  jamiyatlarida  zamonaviy  korporativ 



boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni. http://www.lex.uz/ 


32 

 

va  ishonchliligi  hozirgi  kun  biznesida  muvaffaqiyatga  xizmat  qiluvchi  eng  asosiy 



omillardan  biri  hisoblanadi.  Yuqoridagilar  bilan  bogʻliqlikda  ta’kidlash  mumkinki, 

hozirgi kunda korporativ moliyani boshqarish tizimining muhim va ajralmas elementi 

biznesning informatsion ta’minoti hisoblanadi. 

Moliyaviy  menejmentda  keng  ma’noda  informatsion  ta’minotga  boshqaruv 

qarorlarini  qabul  qilish  jarayonida  foydalaniladigan  har  qanday  axborotni  kiritish 

mumkin.  Bunda  foydalaniladigan  axborotlarni  shakllanish  manbalaridan  kelib 

chiqqan  holda  ichki  va  tashqi  axborotlarga  boʻlish  mumkin.  Ichki  axborotlarga 

korxona  faoliyat  yuritishi  jarayonida  uning  turli  boʻlinmalari  buxgalteriya,  ishlab 

chiqarish  boʻlimi,  moddiy-texnik  ta’minot,  savdo,  marketing  va  boshqalardan 

olinadigan axborotlarni kiritish mumkin. 

Bunday  axborotlar  korxona  ichida  paydo  boʻlishi,  aylanishi  va  iste’mol 

qilinishi  sababli  moliyaviy  menejerga  doimiy  ravishda  toʻliq  va  detalli  tarzda 

foydalanish  imkoniyati  taqdim  etilishi  lozim.  Axborotlarning  miqdori,  shakli, 

detallilik  darajasi  va  olinish  davriyligi  aniq  bir  korxona  ish  faoliyatini  tartibga 

soluvchi tegishli nizom va yoʻriqnomalar asosida belgilanadi. 

Ichki axborotlar moliyaviy boshqaruv uchun soʻzsiz muhim boʻlgan bir paytda 

bozor iqtisodiyoti sharoitida xoʻjalik ob’ektining samarali va muvaffaqiyatli faoliyat 

yuritishi koʻp jihatdan ularning tashqi muhitga moslashuvchanlik qobiliyati bilan ham 

belgilanadi.  Bunda  bozor  kon’yukturasi,  mol  yetkazib  beruvchilar,  xaridorlar, 

raqobatchilar,  foiz  stavkalari,  soliq  stavkalari,  makroiqtisodiy  indikatorlar,  qimmatli 

qogʻozlar  kotirovkalari,  moliyaviy  qonunchilikdagi  oʻzgarishlar  haqidagi 

ma’lumotlar  moliyaviy  menejer  faoliyati  uchun  axborotga  boʻlgan  talabda  sezilarli 

darajada yuqori ulushga ega boʻladi. 

Bunday  axborotlarni  olishning  qulayligi,  ob’ektivligi  va  oʻz  vaqtida  amalga 

oshirilishi turli xil omillarga bogʻliq. Ulardan axborot bozori va uning infratuzilmasi 

rivojlanish  darajasini,  shuningdek  foydalaniladigan  texnik  ta’minot  va  moliyaviy 

menejerlarning  axborot  texnologiyalari  sohasidagi  kasbiy  tayyorgarlik  holatini 

alohida qayd etib oʻtish kerak. 

Moliyaviy  menejmentning  boshqariluvchi  tizimostlarining  texnik  ta’minotini 

axborotlarni  yigʻish,  uzatish  va  qayta  ishlash  jarayonini  maksimal  darajada  toʻgʻri 

tashkil  etish  va  optimallashtirish  imkonini  beruvchi  zamonaviy  hisoblash  va 

telekommunikatsion texnika  vositalari tashkil etadi.  Hozirgi  vaqtda iqtisodiy  ob’ekt 

avtomatlashtirilgan  boshqaruv  tizimini  barpo  etishda  texnik  qarorlar  asosini  yuqori 

ishlab  chiqarish  quvvatiga  ega  boʻlgan  personal  kompyuter  vositalari, 

mutaxassislarning 

avtomatlashtirilgan 

ish 

oʻrinlarini 



yaratilishi, 

axborot 


resurslarining foydalanuvchilar turli kategoriyalari oʻrtasida samarali taqsimlanishini 

ta’minlovchi tarmoqlarning ishlashi tashkil etadi. 

Moliyaviy  menejmentning  boshqariluvchi  tizimostlarining  dasturiy  ta’minoti 

orqali 


korxona 

texnik 


majmuasining 

faoliyat 

yuritishi 

kompyuterlardan 

foydalanuvchilar oʻzaro aloqasi va funksional masalalarni hal qilish ta’minlanadi. 

Biznesning  tashkiliy  shakllari  rivojlanishi  bilan  moliyaviy  menejment 



tadbirkorlik  faoliyatining  mustaqil  turiga  aylandi.  Boshqaruvdan  mulkchilikning 


33 

 

ajralib  chiqishi  korxonalarni  professional  moliyaviy  boshqarishga  ixtisoslashgan 



firmalarning yuzaga kelishiga va rivojlanishiga imkoniyat yaratdi. 


Download 4,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   348




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish