3. Biznesning tashqi iqtisodiy muhiti
Korxonalar faoliyati va ularning moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini boshqarishga
tashqi iqtisodiy muhit bevosita oʻz ta’sirini koʻrsatadi.
Keng ma’noda tashqi muhit tushunchasi u yoki bu korxona faoliyat yuritishi
uchun iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, huquqiy, texnologik va boshqa sharoitlar
majmuasini anglatadi.
Tashqi muhit holatiga juda murakkab va turfa xil omillar toʻplami ta’sir
koʻrsatadi. Shundan kelib chiqqan holda bu omillar eng muhim jihatlari xususida
qisqacha toʻxtalib oʻtamiz.
Tashqi muhit korxonalar faoliyatiga ta’sir etish tavsifi va davriyligi nuqtai
nazaridan bir xil boʻlmagan va tabaqalashgan ta’sir kuchiga ega. Tashqi muhitning
tuzilishi yoritishga qaratilgan turli xil yondashuvlar mavjud. Ulardan ayrimlarida
tashqi muhitga makro va mikromuhitdan iborat ikki darajali tizim sifatida qaraladi.
Bunda makromuhit bilvosita, mikromuhit esa bekvosita ta’sir etuvchi muhit sifatida
e’tirof etiladi.
Makro darajadagi tashqi muhit korxona faoliyatining umumiy shart-
sharoitlarini belgilab beradi. Oʻxshatish uchun erdagi atmosfera odamlarga turli xil
ta’sir etgani kabi, makro darajadagi muhit ham korxonalarga ham ularning
barqarorlik darajasiga qarab turlicha ta’sir koʻrsatadi.
Makro darajadagi muhit korxonalarga munosabati boʻyicha quyidagilarda
namoyon boʻladi:
- faoliyatni kengaytirish yoki cheklashning shartlari va sabablari sifatida;
- oʻzgarishlarning zarurligini asoslab beruvchi shart-sharoitlar sifatida.
Korxonalar faoliyatiga ta’siri boʻyicha makromuhit omillari tarkibini koʻrib
chiqamiz.
Iqtisodiy omillar milliy va jahon iqtisodiyoti rivojlanish darajasi, bozor
institutlari, aholining moddiy farovonligi, ishsizlik darajasi, soliqqa tortish,
inflyatsiya, mehnat unumdorligi, resurslarga imkoniyatlar, davlat iqtisodiy siyosati va
boshqalarni belgilab beradi.
Oʻzbekistonda tadbirkorlik faoliyatiga ta’sir koʻrsatishning muhim richagi
davlat makroiqtisodiy siyosati hisoblanadi. uning yordamida ishlab chiqarish
sur’atlari oʻsishiga, ilmiy-texnik taraqqiyot jadallashuviga, koʻplab ijtimoiy
muammolarning hal qilinishiga oʻz ta’sirini koʻrsatadi.
Davlat turli xil richaglar yordamida tadbirkorlik sub’ektlarining ish faolligi
darajasiga ta’sir koʻrsatishi mumkin. Bunday richaglar tarkibiga quyidagilarni kiritish
mumkin:
- pul-kredit va moliyaviy siyosat (pul massasini tartibga solish, korxonalarga
turli xil moliyaviy va soliq imtiyozlari taqdim etish, investitsion qoʻyilmalarda ishlab
chiqarishni rekonstruksiya qilish va qayta jihozlash, takror ishlab chiqarishni
34
kengaytirish imkonini beruvchi ajratmalar me’yorini oʻrnatish, asosiy vositlarning
ma’naviy va jismoniy eskirishini hisobga olgan holda ularning yangilanish darajasiga
ta’sir koʻrsatish);
- ilmiy-texnik siyosat;
- ijtimoiy siyosat;
- xorijiy kapitalni jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish va
boshqalar.
Davlat makroiqtisodiy siyosati koʻp jihatdan har qanday korxona rivojlanishi
uchun muhim elementlar hisoblangan tovar va moliyaviy bozorlar holati va
rivojlanish darajasini belgilab beradi (4-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |