O`quv materiallari


  Korxonalarda moliyaviy menejmentning roli va tashkil etilishi



Download 4,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/348
Sana03.07.2021
Hajmi4,94 Mb.
#108816
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   348
Bog'liq
MYuMpqJHMCCeIju8329duwGWidVi1sPguSFcihoM

1.  Korxonalarda moliyaviy menejmentning roli va tashkil etilishi 

Faoliyat  koʻlami,  mulkchilik  shakllari  va  faoliyat  turlari  xilma-xilligiga 

bogʻliqlikda  korxonalar  moliyasini  boshqarish  tizimi  yetarli  darajada  murakkab 

tuzilmagan ega boʻlishi mumkin. 

Korxonalarning moliyaviy resurslarni shakllantirish xususiyatlari va jalb qilish 

sharoitlari,  ularni  taqsimlash  yoʻnalishlari  va  metodlari  quyidagilarga  bogʻliq  holda 

sezilarli darajada farq qiladi: 

- korxonalarning moliyaviy-xoʻjalik faoliyati koʻlami; 

- korxonalar rivojlanishining hayotiy sikl bosqichlari; 

- biznes yuritishning tashkiliy-huquqiy shakllari va boshqalar. 



Faoliyat koʻlami (ishlab chiqariladigan va sotiladigan mahsulot hajmi, kapital 

miqdori, xodimlar soni va boshqalarga koʻra)ni hisobga olgan holda korxonalar yirik, 

oʻrta va kichik korxonalarga boʻlinadi. Korxonaning katta-kichikligi talab qilinadigan 

moliyaviy  resurslar  miqdoriga  va  moliyaviy-xoʻjalik  faoliyati  rang-barangligiga, 

moliyaviy  boshqaruvni  amalga  oshirishning  tashkiliy  shakllariga,  shuningdek  uning 

ixtisoslashuv darajasiga bevosita ta’sir koʻrasatadi. 



Rivojlanish  bosqichlari  yoki  hayotiy  sikl  fazalari  boʻyicha  korxonalar  “yangi 

tashkil  etilgan”,  “oʻsishda  davom  etayotgan”,  “rivojlanishning  yuqori  darajasiga 

chiqqan”  va  “rivojlanishdan  toʻxtagan”  korxonalarga  boʻlinadi.  Rivojlanish 

bosqichlariga  bogʻliq  holda  korxonalar  moliyalashtirish  boʻyicha  turli  xil  talabga, 

kapital jalb qilish boʻyicha turli xil imkoniyatlarga, turli xil risklilik darajalariga  ega 

boʻladi.  “Yangi  tashkil  etilgan”  va  “oʻsishda  davom  etayotgan”  korxonalarda  katta 

miqdordagi moliyaviy resurslar talab qilinadi. Bunday korxonalar mablagʻ jalb qilish 

boʻyicha  agressiv  moliyaviy  siyosatni  amalga  oshiradilar,  olingan  daromadlarni 

toʻliqligicha  yoki  katta  qisi  biznesga  qaytadan  reinvestitsiya  qiladilar. 

“Rivojlanishning  yuqori  darajasiga  chiqqan”  va  “rivojlanishdan  toʻxtagan” 

korxonalarda  esa  moliyaviy  resurslarga  boʻlgan  talab  ma’lum  bir  darajada 

barqarorlashadi  va  bu  jarayonda  ularning  katta  qismi  oʻz  mablagʻlari  hisobiga 

qoplanadi.  Aniq  bir  korxona  rivojlanish  bosqichlari  xususiyatlarini  bilish  va  uni 

hisobga  olish  korxonalar  moliyasini  samarali  tashkil  etish  va  amalga  oshirish 

imkonini beradi. 



26 

 

Tadbirkorlik  faoliyati  turli  xil  tashkiliy-huquqiy  shakllarda  amalga  oshirilishi 



mumkin.  Yuridik  shaxsning  tashkiliy-huquqiy  shaklini  tanlash  kompaniya 

mulkdorlari  va  menejerlari  tomonidan  belgilab  olinadigan  rivojlanish  strategiyasi, 

investitsiyalarni  jalb  qilish  manbalari  va  shakllari,  daromadlarni  taqsimlash  va 

reinvestitsiyalash rejalari, boshqaruv maqsadlari bilan chambarchas bogʻliq.  

Milliy  va  xorijiy  tajribada  amal  qiluvchi  biznesni  tashkil  etish  va  yuritish 

shakllari turli xilligiga qaramasdan ular bir xil va quyidagilardan biri sifatida keltirish 

mumkin: 

- yakka egalikdagi korxonalar; 

- oʻrtoqlik yoki hamkorlik korxonalari; 

- aksiyadorlik jamiyatlari yoki korporatsiyalar. 

Iqtisodiy  nuqtai  nazardan  tadbirkorlik  faoliyatining  asosiy  yuridik  shakllari 

oʻrtasidagi eng asosiy farqli jihatlar quyidagilar: 

- daromadlarni taqsimlash; 

- majburiyatlar boʻyicha javobgarlik; 

- risklarning taqsimlanishi; 

- biznes ustidan nazoratni amalga oshirish; 

- mulkchilik huquqining boshqa shaxsga oʻtkazilishi; 

- moliyaviy resurslarni jalb qilish qobiliyati. 

Tadbirkorlik  faoliyatini  yuritishda  yakka  egalik  nomidan  ham  koʻrinib 

turibdiki, korxona bitta shaxsning mulki hisoblanadi. Yakka egalikdagi korxonaning 

aktivlari,  majburiyatlari  va  daromadlari  uning  egasigagina  tegishli  boʻladi. 

Moliyalashtirish  uning  egasining  oʻz  mablagʻlari  hisobidan  yoki  uchinchi  shaxsdan 

olish  hisobiga  amalga  oshirilishi  mumkin.  Korxonaning  egasi  oʻz  tadbirkorlik 

sub’ektining barcha majburiyatlari boʻyicha oʻzining mulki bilan javob beradi, barcha 

risklarni oʻz zimmasiga oladi, ya’ni uning javobgarligi chegaralanmagan. 

Oʻrtoqlik  yoki  hamkorlik  asosidagi  tadbirkorlik  sub’ekti  yakka  egalikdagi 

sub’ektdan egalik qiluvchi doiraning kengligi bilan farq qiladi. Hamkorlardan biri oʻz 

ulushini  boshqa  shaxslarga  qolgan  hamkorlar  roziligisiz  oʻtkazishi  mumkin  emas. 

Oʻrtoqlik  jamiyatlarini  moliyalashtirish  oʻz  mablagʻlari  hisobiga  yoki  qarz 

mablagʻlari jalb qilish hisobiga amalga oshiriladi. 

Aksiyadorlik  jamiyatlari  (korporatsiyalar)  boshqa  tashkiliy  shakllardan  farqli 

ravishda  uning  egalari  (aksiyadorlar)  korporatsiyaning  majburiyatlari  boʻyicha 

cheklangan  javobgarlikka  egaligi  bilan  tavsiflanadi.  Aksiyadorlarning  javobgarligi 

belgilangan  miqdordagi  aksiyalarni  sotib  olish  yoʻli  bilan  ustav  kapitaliga 

yoʻnaltirgan  summa  bilan  chegaralangan.  Aksiyadorlik  jamiyatlarida  aksiyadorlar 

odatda  korxona  faoliyatida  bevosita  ishtirok  etmaydilar  va  moliyaviy  boshqaruv 

qarorlarini  qabul  qilmaydilar.  Aksiyadorlar  tomonidan  saylangan  Kuzatuv  kengashi 

(Direktorlar  kengashi)  tomonidan  yollangan  malakali  moliyaviy  menejerlar 

moliyaviy boshqaruvni amalga oshiradilar. 

Biznesni 

tashkil 

etishning 

aksiyadorlik 

shakli 


boshqaruvning 

va 


mulkchilikning  boʻlinishi  sababli  qator  afzalliklarga  ega.  Aksiya  sifatida  taqdim 

etilgan  kapitaldagi  ulush  aksiyador  tomonidan  boshqa  shaxsga  erkin  oʻtkazilishi 

mumkin  va  shuning  uchun  ham  uning  amal  qilioʻ  muddati  chegaralanmagan. 



27 

 

Aksiyadorlik  jamiyati  oʻz  kapitalini  yangi  aksiyalar  chiqarish  yoʻli  bilan  oshirishi, 



buning natijasida uning aksiyadorlari soni yetarli darajada koʻpchilikni tashkil etishi 

mumkin. Aksiyadorlik jamiyatlarida qarz shakldi qoʻshimcha moliyaviy resurslar jalb 

qilish  imkoniyati  boshqa  tashkiliy-huquqiy  shakllardagi  korxonalardagi  nisbatan 

birmuncha osonroq. 

Biznesni  tashkil  etish  shakli  sifatida  aksiyadorlik  jamiyatlari  afzalliklarga  ega 

boʻlish bilan bir vaqtda quyidagi qator kamchiliklarga ham ega: 

-  ta’sis  va  roʻyxatdan  oʻtkazish  jarayonining  murakkabligi,  qonunchilik 

tomonidan faoliyatning qat’iy tartibga solinishi; 

- ikki marta soliqqa tortishning amal qilishi (aksiyadorlik jamiyati foydasining 

foyda soligʻiga, dividend koʻrinishidagi daromadlarning yana alohida tartibda soliqqa 

tortilishi); 

-  boshqa  kompaniyalarning  qoʻshib  olish  imkoniyati  yoki  aksiyalar  nazorat 

paketini sotib olish natijasida biznes ustidan nazoratning yoʻqotilishi; 

- agentlik munosabatlaridagi muammolar va boshqalar. 

Koʻrsatib  oʻtilgan  kamchiliklariga  qaramasdan  biznesni  tashkil  etish  va 

yuritishning aksiyadorlik shakli aksariyat oʻrta va yirik korxonalar uchun maqbul va 

samarali hisoblanadi. 

Aksariyat  davlatlarda  ikki  tomonlama  soliqqa  tortishning  yoʻqligi  sababli  va 

biznesni tashkil etishning ommabop shakli sifatida mas’uliyati cheklangan jamiyatlar 

amal qiladi. 

Oʻzbekiston  amaliyotida  biznesni  tashkil  etishda  xususiy  korxonalar, 

mas’uliyati cheklangan jamiyatlar, oilaviy korxonalar, aksiyadorlik jamiyatlari, unitar 

korxonalar  va  boshqa  tashkiliy  asosdagi  tadbirkorlik  sub’ektlari  faoliyat  koʻrsatib 

kelmoqda. 

Xususiy  va  oilaviy  korxonalarda,  shuningdek  kichik  biznes  korxonalarida 

moliyaviy boshqaruv bevosita uning egasi tomonidan amalga oshiriladi. 

Katta boʻlmagan korxonalarda moliyaviy  boshqaruv funksiyalari buxgalteriya 

yoki  uning  tarkibiy  boʻlinmasi  hisoblangan  moliya  yo  reja-moliya  boʻlimiga 

yuklatiladi.  Natijada  moliyaviy  faoliyatni  umumiy  boshqarish  bosh  hisobchi 

tomonidan amalga oshiriladi va u bir vaqtning oʻzida moliyaviy direktor hisoblanadi. 

Faoliyat koʻlamini kengaytirib borish chora-tadbirlari natijasida ixtisoslashgan 

boʻlinmalar soni oʻsishi va ularning funksiyalari kengayib borishi  sababli moliyaviy 

boshqaruv  tashkiliy  tuzilmasi  murakkablashib  bormoqda.  Rivojlangan  davlatlardagi 

oʻrta  va  yirik  korxonalarda  moliyaviy  direktor  yoki  moliyaviy  masalalar  boʻyicha 

kompaniya  vitse-prezidenti  tomonidan  boshqariladigan  maxsus  xizmat  (moliya 

departamenti  yoki boshqarmasi)ni  tashkil etish  odatga  aylangan. Mazkur xizmat  oʻz 

tarkibiga  bir  nechta  tegishli  boʻlinmalarni  qamrab  oladi.  Bunday  kompaniyalarda 

maxsus  moliya  xizmatining  namunaviy  tuzilmasi  quyidagi  rasmda  keltirilgan  (1-

rasm). 



28 

 

 




Download 4,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   348




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish