Undov so‘zlar va ularning turlari
His-hayajon, tuyg‘uni, haydash-chaqirishni bildiradigan so‘zlar turkumi undov so‘zlar deb
ataladi. Undovlar ma’nosiga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi:
1) his-hayajon undovlari; 2) buyruq-xitob undovlari. Yozuvda undov so‘zlardan keyin
vergul qo‘yiladi. Masalan: eh, uh, o, e, uf, voy, ura, barakalla, ofarin, salom, xayr, xo‘sh,
rahmat, balli, bay-bay, voy-bo‘y, a, ax, ohho, obbo, ey, ehhe, i, iye, o‘h, o‘hho‘, hm, him, be, tuf,
hah, ho, hay-hay, eh, o‘, ha, iyi.
a) O‘h-ho‘, muncha muzdek? b) Iya, bularni nima qilasan? c) Qo‘y, yig‘lama, ey baxshi.
Do'stlaringiz bilan baham: |