kichik tizimdan iboratdir:
1. Shaxsning individualligi.
2. Shaxslararo munosabatlari.
3. Munosabatlar sub’ekti.
1. Shaxsning individualligi undagi harakter, irodadunyoqarash, faoliyat
jarayonidagi ba’zi bir xususiyatlar bilanelgilanadi. Undagi individual
xususiyatlaruning amaliy faoliyatida namoyon bo‘ladi.
2. Shaxsning shaxslararo munosabati, avvalo shu munosabatlar sis-
temasi elementlaridan biri ekanligini bildiradi. Shaxslararo munosabat shaxs
rivojlanishining, uning komil inson sifatida tarkib topishining asosi sifatida
xizmat qiladi, shu sababli shaxsning shaxslararo munosabatlar shaxsda
24
Каримов И.А. Озод ва обод Ватан, эркин ва фаровон ҳаёт – пировард мақсадимиз. Т.8. Т.:
«Ўзбекистон», 2000, 358–361-бетлар.
insoniylik, poklik, rostgo‘ylik, samimiylik kabi xislatlarning shakllanishida va
takomillashuvida alohida o‘ringa ega.
3. Munosabatlar sub’ekti. Shaxsning ijtimoiy munosabatlar sub’ekti
sifatida mavjud bo‘lishi uning shu munosabatlardagi sub’ekt sifatidagi
maqomini belgilaydi.
Shaxs ma’lum sotsial xususiyatli hodisalarning oqibatigina emas, balki
sababi hamdir. Har bir shaxsning sotsial sifatlari uning amaliy faoliyatining
mazmun va harakterini belgilaydi. Aynan faoliyat jarayonida kishi atrofdagi
muhitning o‘ziga xos xususiyatlarini ishlab chiqadi. Sotsial xususiyatlar
shaxsning ichki holat ta’sirida uning faoliyatida o‘rab turgan voqelikka shaxsiy
munosabat sifatida namoyon bo‘ladi. Sotsial xususiyatlar bu ma’lum sotsial
muhit sharoitlarida individlar orasidagi o‘zaro ta’sirlar jarayonida yuzaga kelgan
aloqalar tizimidir. Shaxsnipg sotsial xususiyati kishining faoliyati, xatti-
harakatida, uning sotsial sifati shaklida ko‘rinadi. Shaxsning sotsial sifatlarini
tashkil etuvchi elementlarga (shaxs sotsial maqsadi):
- o‘z faoliyati jarayonida amal qiluvchi norma va qadriyatlar;
- foydalanadigan belgilar tizimi;
- o‘z rolini bajarish va tashqi dunyoga nisbatan erkin harakat qilish uchun
yordam beruvchi bilimlar majmuasi: bilim va qaror qabul qilishda mustaqillik
darajasi kiradi.
Shaxs sotsiologiyasida shaxs manfaati alohida o‘ringa ega. Shaxs manfaati
- bu individ faoliyatining u yoki bu ehtiyojini qondirish bilan bog‘liq
yo‘nalganligidir. Manfaatlar asosida kishilarning ehtiyojlari yotadi. Ular sotsial
qonunlar talablarini ifodalaydi, buning natijasida manfaat ehtiyojini anglashda
muhim rol o‘ynaydi. Manfaatning 4 turi mavjud:
1. Munosabat manfaati: - shaxs faoliyatida u yoki bu ob’ektdagi voqea va
hodisalarga nisbatan qiziquvchanligini anglatadi. Munosabat manfaati 2
ko‘rinishda kechadi: a) asosiy munosabat manfaati - bu shaxsning hayotida
maqsad va vazifasini, harakatlarini o‘z ichiga oladi. b) yordamchi yoki ikkinchi
darajali munosabat manfaatdir. Bu shaxs faoliyatining maqsad va vazifalaridan
tashqari uning boshqa voqelikka qiziqishini bildiradi.
2. Harakat manfaati: – shaxsning u yoki bu faoliyatida qatnashishi-da
ko‘rinadi. Aktiv yo passivligini bildiradi. Harakat manfaati: a) maqsadli va b)
maqsadsiz bo‘lishi mumkin. (boshlang‘ich faoliyati bilan cheklanib qolgan, tor
doiradagi harakat).
3. Tayanch manfati: – shaxsning boshqa shaxslar, guruhlar bilan uzoq
sotsial ta’sirlashuvida shakllangan va turli vaziyatlarda o‘z yo‘nalishini saqlab
qolgan manfaatdir. Shaxslararo va guruhlararo munosabatlarda shakllanadi..
4. Yunalish manfaati: – bu yo‘nalish manfaatlar ichida juda murakkab
bo‘lib u shaxs manfaatlaridan birini tanlashi bilan bogliq.
Demak, shaxsning tipi u yashaydigan jamiyatning ijtimoiy tuzilishiga
bog‘lik. Shaxsning shakllanishini belgilovchi omillar quyidagilardan iborat:
1) Ijtimoiy siyosiy tuzum.
2) Tarbiya va maorif tizimi.
3) Turmush.
4) Mehnat faoliyati.
5) Ijtimoiy faoliyat.
6) Oila va boshqalardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |