Yarim o'tkazgichli triod – tranzistor va diod keng qo'llanilgan sohalardan biri elektron
hisoblash mashinalari edi. 1955 yilda Bell kompaniyasining ilmiy izlanishlar bilan shug'ullanuvchi
Bell Laboratories firmasi tomonidan to'liq yarim o'tkazgichlardan iborat TRADIC deb nomlangan
hisoblash mashinasini yaratildi. Bu mashina 800 ta tranzistordan iborat bo'lib, kompyuterlarning
18
Ikkinchi avlodga tegishli mashinalardan eng mashhuri va ommaviyi DEC firmasi tomonidan
1960 yildan boshlab ishlab chiqilgan PDP-1 mini kompyuteridir. Aynan shu mashinaning
yaratilishi, uning ommaviy ravishda ishlab chiqarilishga kirishilgani, uning ekspluatasion
xarakteristikalarining yaxshilanishi va narxining pasayishi kabi omillar sababli hisoblash
mashinalarini kichikroq tashkilotlar, tijorat firmalari va o'quv yurtlari ham sotib ola boshladilar.
1964 yili navbatdagi, tijorat nuqta-i nazaridan juda omadli model IBM kompaniyasining IBM
System /360 kompyuteri yaratildi. Bu kompyuter tranzistorlarda emas, balki integral sxemalarda
(aniqrog'i mikrosxemalarda) yasalgan edi. Integral sxemalar dastlab oddiy platalarda yig'ilgan
bo'lib, ularning har biri kompyuterning registri, xotira uyasi, manzil deshifratori kabi standart
qurilmalar edi. Bu qurilmalardan biri ishdan chiqqanda undagi nosoz priborni almashtirish o'rniga
butun plata almashtirilar edi va kompyuter yana ishga tushardi.
Integral sxemalar raz'em orqali kompyuter korpusiga ulanar va boshqa qurilmalar bilan
bog'lanar edi. Oradan biroz vaqt o'tgach, kompyuterning butlovchi qismlari standartlashdi. Standart
qurilmalarning ishonchliligini oshirish, uning narxini kamaytirish yo'lidagi urinishlar keyinchalik
kompyuterlarni butunlay o'zgartirib yuborgan ixtiroga olib keldi. Bu kremniy kristallida avvalgidek
bitta tranzistor emas, birdaniga bir-biri bilan kerakli usulda ulangan bir necha tranzistorlar
joylashtirish edi. Natijada qurilmalarning o'lchamlari yanadakichiklashdi, ular iste'mol qiladigan
energiya yanada kamaydi. Qurilmalar kamroq qiziydigan bo'ldi va bu ularning ishonchliligini
yanada oshirdi. Bunday integral sxemalar mikro integral sxemalar yoki sodda qilib mikrosxemalar
deb ataldi.
IBM System/360 ana shunday mikrosxemalardan yasalgan birinchi kompyuter edi. Bunday
kompyuterlar uchinchi avlod kompyuterlari deb ataladi. Uchinchi avlod kompyuterlari yanada
arzonroq, yanada kuchliroq bo'lib, kompyuterlar yanada ommaviylasha boshladi. Aynan uchinchi
avlod kompyuterlarida birinchi marta kompyuterning operasion tizimi deb ataluvchi maxsus
dasturiy ta'minot qo'llanila boshladi.
Elektron pribor – tranzistorlarning mikrosxemaga joylashning juda qulayligi ravshan bo'lib
qoldi. Bitta mikrosxemaga dastlab o'nlab, so'ng yuzlab tranzistorlar joylana boshlandi. Endi
mikrosxemalarni tabaqalash uchun kichik mikrosxemalar, o'rtacha mikrosxemalar, kata
mikrosxemalar deb atala boshlandi. Ular bir-biridan o'lchamlari bilan emas, balki ularga joylangan
tranzistorlar soni bilan farqlanar edilar. Katta va o'ta katta mikrosxemalar asosida yaratilgan
kompyuterlar to'rtinchi avlod kompyuterlari deb atala boshladi. Bunday kompyuterlar 1975 yildan
boshlab ishlab chiqarila boshlangan.
Dastlab shaxsiy kompyuterlarni ham avlodlarga ajratish boshlangan bo'lsa-da, raqamli
elektronikaning jadal rivojlanishi bu ishning befoydaligini ko'rsatib qo'ydi. Hozirgi paytda shaxsiy
kompyuterlarga to'rtinchi avlod kompyuterlari deb qaraladi.
19
Kompyuterlarni xotirasining hajmi, bir sekundda bajaradigan amallar tezligi, ma’lumotlarning
razryad to’rida (yacheykalarda) tasvirlanishiga qarab, besh guruhga bo’lish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: