Shaxsiy kompyuterlar.
Birinchi mikrosxemalar yaratilganidan bir necha yil o'tib, 1969 yilda Intel firmasi tomonidan
ikki kilobit hajmga ega tezkor xotira mikrosxemasi yaratildi. Unda birinchi marta 10000 dan ortiq
tranzistor bitta kristallga joylangan edi. Tezkor xotira qurilmasi bir turdagi xotira uyachalarining
to'plami
bo'lgani
sababli
ularni
bitta
mikrosxemaga joylash anchagina oson
kechdi.
Lekin
kompyuterning
boshqa
qurilmalarini mikrosxema ko'rinishida ishlab chiqish bu qadar oson emas edi, bu qurilmalarda
tranzistorlar xotira qurilmasidagi kabi regulyar (takrorlanuvchi) tarzda joylashgan emas. Bu
mikrosxemalarning topologiyasini ishlab chiqish, ya'ni unda joylashtiriladigan minglab
tranzistorlarning o'zaro joylashishi va bir-biri bilan bog'lanishini bexato amalga oshirish eng qiyin
va tijorat tomonidan eng qimmat qadam edi.
Oradan ikki yil o'tib, 1971 yil shu kompaniya 4004 markali birinchi mikrosxemaga joylangan
prosessorni ishlab chiqdi. Bu mikrosxemalar keyinchalik mikroprosessor deb atala boshlandi. Bu
mikrosxemaga ikki mingdan ortiq tranzistor joylangan bo'lib, u to'rt razryadli markaziy prosessor
edi, ya'ni u ikkilik sanoq sistemasidagi to'rt xonali sonlar ustida arifmetik va mantiqiy amallarni
bajara olar edi. Bu mikroprosessor mikrokalkulyatorlar yasash uchun mo'ljallangan edi. Lekin
ularni buyurtirgan yapon firmalaridan biri buyurtmadan voz kechdi va bu mikroprosessorlar ochiq
savdoga chiqarib yuborildi. Raqamli elektronikaning bu yutug'i keng ommaga ma'lum bo'lib, katta
shov-shuvga sabab bo'ldi.
Oradan bir yil o'tib, kompaniya 1972 yil navbatdagi mikroprosessorni, bu safar birinchi sakkiz
razryadli 8008 rusumli mikroprosessorni sotuvga chiqardi. Bu bevosita kompyuterlarda qo'llash
uchun mo'ljallangan mikroprosessor edi. Bu mikroprosessor kompyuter arxitekturasi (uning tarkibiy
tuzilishi va ichki tuzilmasi) ni butkul o'zgarishiga olib keldi.
1976 yilda sotuvga chiqarilgan 8080 rusumli mikroprosessor kompyuter olamida inqilob
yasab, ommaviy shaxsiy kompyuterlarning paydo bo'lishiga olib keldi. Bu mikroprosessor va uning
analoglari (yoki klonlari, ya'ni uning o'rnini bosa oladigan, lekin boshqa kompaniyalar tomonidan
ishlab chiqilgan mikrosxemalar) Z80, KR580 va boshqalar asosida yaratilgan shaxsiy kompyuterlar
21
bir necha yuz dollar narxda ommaviy ravishda sotila boshlandi. Mikroprosessorlarni boshqa
kompaniyalar ham ishlab chiqara boshladilar. Ular orasida Zilog va Motorola kompaniyalarini
alohida ta'kidlash lozim. 8080 mikroprosessori va uning klonlari tarixda eng ko'p va eng uzoq ishlab
chiqarilgan mikroprosessor hisoblanadi. Ular XXI asrning boshida ham uchinchi dunyo davlatlari
tomonidan ishlab chiqarilar edi. Unda bor-yo'g'i 6000 ta tranzistor bo'lib, uni ishlab chiqarish
keyinchalik juda arzonlashib ketdi. Bir vaqtlar bir necha yuz dollar turgan bu mikroprosessor oxirgi
paytda donalab emas, balki kilogrammlab sotila boshlandi.
Hozirgi paytda Intel kompaniyasidan tashqari AMD, NVidia va Motorola kompaniyalarining
mikroprosessorlari keng qo'llaniladi. AMD kompaniyasi PC rusumidagi kompyuterlar uchun
mikroprosessorlar, NVidia shu kompyuterlarga videoprosessorlar, Motorola esa o'yin kompyuterlari
(Sony Play Station) va Apple kompaniyasining kompyuterlari, mobil telefonlar uchun
mikroprosessorlar ishlab chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |