EKOLOGIYA FANIDAN
Ma’ruzachi: t. f. n., professor Maxmudov T. M.
EKOLOGIYA FANINING PREDMETI, UNING MAQSADI VA
VAZIFALARI (2 SOAT)
REJA:
Kirish.
1. Ekologiya to’g’risida tushuncha, uning tarixi.
2. Ekologiya fanining vazifalari.
3. Ekologiya fanining asosiy yo’nalishlari.
4. Ekologiya fani integrative fan.
Xulosa.
Ekologiya tushunchasi fan sifatida ilk bor 1866-yildan qo’llanila boshlangan.
Qadimgi bobolarimiz tushunchani ancha ilgari anglab, uni o’z turmush tarziga
aylantirilgan.
1993 yil 9 dekabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul
qilingan “Tabiatni muhofaza qilish” to’g’risidagi Qonun 4- moddasiga binoan
qanday mutaxassis ta’minlangandan qat’iy nazar barcha O’rta va Oliy yurtlarida
fuqarolarning hayoti uchun qulay tabiiy muhitga ega bo’lish huquqini ta’minlash
uchun ekologik o’quvchining majburiyatlari belgilab qo’yilgan.
XX asrda insoniyatni xavf ostida qoldirayotgan hodisalardan biri ekologik
vaziyat hisoblaniladi. Atrof-muhitni himoya qilish, ekologik norma tabiiy
boyliklarini kelgusi avlodlarga tejamkorlik bilan foydalanib yetkazish, bugungi
kunda dolzarb muommodir. O’rmonlar, suv havzalari, tuproq, atmosfera havosi,
o’simlik va hayvon turlari kamayib borishining oldini olish uchun tabiatni
o’rganish lozim’’.
Ekologiya faniga qiziqish insoniyatni dastlabki bosqichi boshlanishi bilan
bog’liq. Ekologiya to’g’risidagi juda ko’p qiziqarli fikrlar, manbalar, qadimgi
misrliklar, hindular, tibetliklar davridagi Geraklit (mil.av. 530-470), Giprokrat
(mil.av. 460-370), Aristotel (mil.av. 384-322) bo’lgan davr manbalaridan ekologik
omillar to’g’risidagi xabarlar bo’lgan.
Barchamiz o’z sog’ligimizga, atrofdagilarning salomatligiga mas’ulmiz.
Nafaqat shunchaki sog’ bo’lish, balki haqiqiy salomatlikka erishish o’z qo’limizda
ekanini bilishimiz kerak ekan. Inson ko’rimsiz, yoqimsiz chiqindi tepaliklarini
paydo qiladi. Albatta, savol tug’iladi: nega bunday mas’uliyatsizlik? Unga javob
izlash, topish amri mahol. Demak, inson o’ziga nisbatan shunday muhitni
yaratmoqda.
Prezidantimiz shunday deganlar: “Har bir odamning sog’lig’i o’z qo’lida”. Bu
gapni bejiz aytmaganlar. Chunki har bir inson yashashi uchun kurashishi kerak.
Atrof-muhitga ta’sir ko’rsatayotgan omillarga qarshi chora-tadbirlar qo’llashi
kerak. Ekologiya esa odamlar uchun qulay bo’lgan, bulg’anmagan tabiiy atrof-
muhitni yaratish maqsadida ilmiy izlanishlar olib borayotgan, bu dolzarb
muommoni hal qilishga yordam beradigan fan bo’lib qoladi.