Ekologiya fanining predmeti, uning maqsadi va



Download 115,02 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/9
Sana30.06.2021
Hajmi115,02 Kb.
#105681
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
ekologiya fanining predmeti uning maqsadi va vazifalari

    Koinot ekologiyasikoinotdagi muhit o’rganiladi. Abu Rayxon Beruniy (973- 

1048y) koinotdagi hodisalarni taraqqiyot qonunlari bilan narsa va hodisalarning  

o’zaro ta’siri bilan tushuntirishga urinadi.  

      Xususiy  ekologiya-  umumiy ekologik qonunlarni ayrim taksonomik birliklar 

(organizmlar olamidan turlargacha), har xil yashash joylar, turli biologic iqlimdagi 

biogeotsenozlarga nisbatan qo’llashni o’rganadi.  

      Ekologiya fani integrativ fan hisoblanib, uning rivojlanishida juda ko’p ishlar 

amalga oshirilyapti.  

       Masalan,  uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimini joriy etish. Bunda – oilada, 

maktabgacha ta’lim muassasalarida ekologik ta’lim; umumiy o’rta, o’rta maxsus, 

kasb-hunar ta’lim muassasalarida ekologik ta’lim; oliy ta’lim 

muassasalaridaekologik ta’lim; kadrlarni qayta tayyorlash va muntazam ravishda 

malakasini oshirib borish; oliy ta’limdan keyingi ekologik ta’lim kabilar kiradi.  

       Ekologik  holatni  oldini  olish maqsadida inson ekologik madaniyat 

to’g’risidagi bilimlarni chuqur egallashi kerak bo’ladi. Ya’ni ekologiya bo’yicha 

madaniyatli inson avvalo, tabiatning rivojlanish qonuniyatlarini anglab yetishi 

zarur, o’z faoliyati ta’sirining yaqin va uzoq kelajakdagi oqibatlarini inobatga 

olishi darkor.  

        Shu  ma’noda,  ekologik  madaniyat umuminsoniy ma’naviyatning moddiy 

hamda ahloqiy faoliya mmahsuli sifatida aks etgan tarkibiy qismi ekanini anglab 

yetishi lozim.    

        Ekologik  madaniyat  tarqqiyoti  o’z navbatida ekologik ta’lim-tarbiya hamda 

ma’lumotlarni aholi o’rtasida ma’rifatning hamma usullaridan foydalanib ommaga 

yetkazish bilan chambarchas bog’liqdir.  

      Xulosa  qilib  aytganda,  ekologiyaning turli fanlari tabiat muhofazasi doirasida 

mujassamlashtirish  vazifasi maktab o’quv predmetlarining o’zaro ilmiy-amaliy 

munosabatlarini mustahkamlab kengaytiradi.  

      Tabiatning ekologik qonunlari, organizmlarning bir-birlari  va ularning atrof- 

muhit bilan doim bo’lib turadigan munosabatlarini chuqur o’rganib yetgandan 

keyingina biz tabiatni muhofaza qilishga tayyor, bilimdon, sarkor bo’lamiz. Atrof-

muhitni muhofaza qilish va tabiiy boyliklardan tejamkorlik bilan foydalanish shu 




kunning eng global ekologik muommosi hisoblanadi va bu muommo  6,3-6,5 mlrd 

sayyora aholisi , ular yashayotgan davlatlar va mamlakatlar manfaatini o’z ichiga  

qamrab oladi.    

      Inson  tabiat  qo’ynida  yashar  ekan, uning beminnat saxovati, in’omi va 

marhamatidan bahramand bo’ladi. Shunday ekan, insonning eng yaqin do’sti 

bo’lmish tabiatni ardoqlash va e’zozlash har bir kishining muqaddas burchi 

bo’libgina qolmasdan, balki shu ko’rkam tabiatning bir oliy ne’mati 

hisoblanadigan insonning sharafli burchi bo’lishi lozim. Muruvvatli, ko’rkam, 

sahovatli keng tabiatni e’zozlash, unga bo’lgan muhabbat inson qalbida yoshlikdan 

uyg’onadi va davrlar o’tishi bilan shakllanadi.  

      Xulosa  qilib  aytganda,    agar  biz tabiat qo’ynida tinch va sog’ yashashni 

xohlasak, tabiat qonunlarini o’rganishimiz, o’zlashtirishimiz va uning qonunlari 

asosida o’z hayot-faoliyatimizni , ish rejalarimizni, tuzishimiz shart.   


Download 115,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish