Ekologiya fanining predmeti, uning maqsadi va



Download 115,02 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana30.06.2021
Hajmi115,02 Kb.
#105681
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
ekologiya fanining predmeti uning maqsadi va vazifalari

     2. POPULYATSION EKOLOGIYA-(“Populyatsion” fransuzcha so’z bo’lib, 

“aholi” degan ma’noni bildiradi) populyatsiyalar tuzilmasi va dinomikasini, 

ma’lum 

 sharoitda turli organizmlar sonining o’zgarishi (biomassa dinamikasi)sabablarini  

tekshiradi. 

     3. SINEKOLOGIYA-  (“Sin” yunoncha so’z bo’lib, “birgalikda” demakdir) 

biogeosenozlarning tuzilish va xossalarini ayrim o’simliklar va hayvon turlarining 

o’zaro aloqasini hamda ularni tashqi muhit bilan munosabatini o’rganadi.  

    4. BIOSFERA-  (yunoncha “Bios”-hayot, “sfera- shar”) haqidagi ta’limotni 

vujudga keltiradi. Ushbu ta’limotning asoschisi V.I.Vernadskiy hisoblanadi. 

Biosfera sayyoramizdagi  “hayot qobig’i” hisoblanib,tirik organizmlarning o’zaro 

chambarchas aloqa, munosabatlaridan iborat murakkab ekosistemalar majmuini 

tashkil etadi.  

     Ekologiya  boshqa  fanlarga  nisbatan anchagina yosh. U tirik jonzotlarning 

yashash muhitini, o’zaro bir-biriga nisbatan munosabatlarini, hamda yashash 

sharoitlari o’rtasidagi o’zaro ta’sirlarni o’rganadi. Dastlab, ekologiya biologiya 



fanining bir qismi sifatida rivoj topa  boshladi.  Albatta, kimyo, fizika, geologiya, 

geografiya, tabobat, tuproqshunoslik va boshqa tabiiy fanlar bilan bog’langan 

holda rivojlandi.    

       Demak,  ekologiyaning  bosh  o’rganish obyekti- bu ekosistema, ekologik 

tizimdir. Xususan, tabiatning butunligini tashkil etgan jonzotlar ularning yashash 

muhiti-makoni jamuljami (kompleksi)dir. Ekologiya fanining vujudga kelishida 

Ch.Darvin asos solgan tadrijiy takomil (evolyutsion) ta’limoti  katta ro’l o’ynaydi. 

Bu fannining yuzaga kelganiga ham 143 yil bo’ldi, ammo alohida fan sifatida u 

XX asrning ikkinchi yarmida rivojlanib bordi.  

      Amerika olimi Ch.Adams (1913) ekologiya to’g’risidagi ma’lumotlarni 

umumlashtirib, chop ettirdi. 

      Ekologiyada organizm bir butun sistema sifatida ko’riladi. U tashqi muhit bilan 

o’zaro birgalikda harakatlanadi, bir-biriga yordam qiladi.  

     Bugungi kunga kelib ekologiya sof  biologik fanlar tizimidan chiqib, mazmuni 

kengayib bormoqda. Atrof-muhitga zamonaviy fan va texnika taraqqiyotining 

ta’siri natijasida ekologiya tushunchasi o’ta kengayib keldi. 

 Insonning tashqi muhitga munosabati boshqa tirik organizmlardan tubdan farq 

qiladi. 


      Ekologiya fani tabiat  bilan tirik organizmlarning uzviy bog’lanishini ifoda etar 

ekan, u shubhasiz, tabiatni muhofaza qilishning ilmiy asosini tashkil etadi.   

      Ekologiya fanining rivojlanishi tabiatni o’rganish va tavsiflashdan boshlangan. 

Bu fransuz Jan Anri Faber o’zining mashxur “Entomologik estaliklar” (1870-1879) 

asarini yozgan davrlar edi. Aslida ekologiyaning chinakam rivoji ayrim turlar 

yashaydigan muhitni, ularning o’zaro munosabatlarini, simbiozini (grekcha-birga 

yashash), boshqa turlar  bilan munosabatlarini o’rganishdan boshlangan. Bu 

ekologiyaning rivojida birinchi davrdir. 

      Ekologiya  fanining  rivoji    ikkinchi davrida ekosistemalar, ya’ni ekotizimlarni 

funksional bir butun tizim sifatida o’rganilishiga asosiy e’tibor bera boshlagan. 

Bunda ekotizimlar o’zaro aloqador organizmlar va har qanday hududdagi atrof-

muhit barcha elementlarining bir butunligidan iborat deb qaralgan. Ekologik 

tizimlardagi jonli va jonsiz tabiat elementlari bir butun holda o’z muvozanatiga va 

o’zaro aloqalariga ega bo’lib, bu muvozanat va aloqalar energiya hamda 

moddaning o’zgarishlari bilan chambarchas bog’liqdir. 

       Ekologiya fani o’z rivojining uchinchi davrida ekotizimlarning o’zaro ta’sirini 

o’rganishga yo’naltirilgan bo’ladi. Endi ekologik tizimlarning o’zaro 

munosabatlarini (aloqalarini) o’rganish boshlandi. Yer yuzidagi barcha ekotizimlar 

birgalikda yaxlit biosferani tashkil etadi. 

      Biosferani o’rganish – ekologiya fanining rivojida to’rtinchi davrdir. Biosfera 

barcha jonli organizmlar va inson hayot kechiradigan muhitdir. U yerdagi o’zaro 

bog’liq barcha ekologik tizimlarning bir butunligidan iboratdir. Biosferada 

moddalarning aylanma harakati oziqlanish orqali ro’y beradi. Aytish mumkinki

biosferada har bir organizm bir-birini yeydi va hech bir jonzot yeyilishga 

mahkumlikdan holi emas. 

      Ekologiya fani o’z rivojining beshinchi davrida insonning biosferadagi o’rnini 

o’rganadi. Bu davr ma’lum darajada tugallangan evolyutsion sikldan iborat bo’lib, 



u ilmiy ma’noda biosferaning uyg’unlashgan qismi bo’lmish insonni takroriy 

ishlab chiqaradi.Inson biosferaning boshqa barcha tarkibiy qismlari bilan 

birgalikda evolyutsion yo’lni bosib o’tgan. 

    


Shuningdek, atoqli tabiatshunos olim L.V.Peredelskiy fikricha, (2006 y) 

ekologiya fani rivojini 3 bosqichda ko’rish mumkin. Birinchisi, ekologiya fanining 

paydo bo’lishi va fan sifatida shakllanishi. Bu tirik jonzotlarning tabiiy muhit bilan 

o’zaro bog’langanligi hamda dalillar to’plash davri bo’ldi. Ayni shu faslda 

J.Lamark (1744-1829y) va T.Maltus (1766-1834y) singari atoqli olimlar kishilik 

jamiyatida birinchilar qatorida insoniyatning tabiatga ta’siri salbiy oqibatlarga olib 

kelishi mumkinligi to’g’risida ogohlantirdilar.  

 Ikkinchisi, ekologiya mustaqil fan sifatida shakllana boshlagan davr XIX asrning 

60-yillar oxiri rus olimlaridan K.F. Rulte (1814-1858y), N.A.Seversov (1827-

1885y), V.VDokuchayev (1846-1903y) larning ekologiya fani to’g’risidagi 

tushunchalari ayni shu bosqichda rivoj topdi; ushbu fikrlar haligacha o’z qiymatini 

yo’qotgani yo’q.   

     Tabiatshunos  A.Tensli  (1935y)  ekosistema to’g’risidagi tushunchani ilgari 

surdi. 1940-yili rus olimi V.N.Sukachev ekosistema tushunchasiga yaqin bo’lgan 

biogeosenoz atamasini asosladi. XX asrning 20-40 yillarida ekologiya sohasida 

jahon miqyosida ko’zga ko’ringan olimlar V.I.Vernadskiy,  V.N.Sukachev, 

E.S.Bauer, G.G.Gauze va boshqa fidoyi olimlar fundamental izlanishlar olib 

borishdi: ekologiyaning mustaqil fan sifatida to’la-to’kis shakllantirishdi. 

     XX asrning 50-yillaridan e’tiboran ekologiya fani rivojining uchinchi  bosqichi 

 boshlandi va hozirga qadar davom etmoqda. Hozirda ekologiya fani bo’yicha 71  

yo’nalishda izlanishlar olib borilmoqda. Ekologiya fanining fundamental nazariy  

va amaliy jihatlari boyitilmoqda; uning ko’pdan- ko’p yangi qirralari  

ochilmoqda; tabiatni asrash, uning resurslaridan oqilona foydalanish, inson  

salomatligini asrash singari global muommolarni hal qilishga intilmoqda. E’tirof  

etish kerakki, ekologiya fanining hozirgi rivojida Yu.Odum,M.Andrson, 

T.Miller, D.Xarper, B.Nebel, A.V.Yablokov, A.L.Yanshina, V.Rozanovakabi  

xorij ziyolilari, A.Ergashev, A.S.To’xtayev, X.Tursunov, Sh.Otaboyev,  

Yu.Shodimetov va boshqa vatanimiz olimlari jonkuyarlik bilan ilmiy izlanishlar  

olib borishmoqda, ekologiyaga oid jiddiy ilmiy asarlar yaratishmoqda.  

      Rossiyada tuproqshunoslikning asoschisi V.V.Dokuchayev (1846-1903) tabiiy 

mintaqalar yo’nalishini ishlab chiqib, ekologiyaning rivojlanishiga  salmoqli hissa 

qo’shdi.  

     Yuqorida XX asr boshlarida ekologiya fani tez sur’atlar bilan rivojlandi degan 

edik. Avval o’simlik va hayvonlar ekologiyasi ayrim-ayrim o’rganilsa, keyinchalik 

ular birgalikda, bir uyushma sifatida o’rganildi. 


Download 115,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish