Umumrivojlantiruvchi mashqlar qaddi-qomatni shakllantirish vositasi sifatida Qaddi-
qomatni shakllantirish va uning nuqsonlarini yo'qotish uchun orqa, qorin pressi va
harakatchanligiga ko‗proq e‘tibor bergan holda tananing barcha mushaklarini bir
muvaffaqiyatli hal etiladi. Qaddi-qomatni shakllantirish uchun talabalarni o‗z
Talabalarni to‗g'ri qomatga xos xislatlarni tarbiyalashga o‗rgatish qaddi-qomatni
Talabalarga tik turib qomatni qanday qilib to‗g‗ri tutish kerakligi ko‗rsatiladi. Asosiy
diqqatni boshning holatiga qaratish lozim. boshning to‗g‗ri holatda ushlashgina
qomatni rostlash imkonini beradi. Doimo boshni oldinga engashtirib yurish, odatda,
2. Shu mashqning o‗zini talabalar bir-birlariga yordamiashib bajarishda ularning
biri to‗g‗ri qomat holatini saqlab turadi, ikkin-chisi esa bu holatni qanchalik to‗g‗ri
3. D.h. ensa, kurak, qo‗lni va tovonlarni devorga tekkizgan holatda orqa bilan
turish. Tananing hamma qismlari holatini eslab qolish. Devordan uzoqlashish va
4. D.h. shuning o‗zi. Tana holatini eslab qolish. Bir qadam oldinga yurib burilishlar
va bosh bilan aylanma harakatlar bajarish. Yana boshni to‗g‗ri holatda tutib turish
hamda bir qadam orqaga yurish va devor oldida turib, gavda holatini tekshirib
ko‗rish.
5. D.h. shuning o‗zi. Devor oldida turib, bosh va tosni uzoqlash-tirmasdan belni
bukish va d.h.ga qaytish.
6. D.h. shuning o‗zi. Bosh, orqa va tosni devordan uzoq-lashtirmasdan o‗tirish
va turish, oyoqlarni ko‗tarish va bukish.
7. D.h. shuning o‗zi, holatni eslab qolish. Devordan uzoqlashib bosh, gavda,
oyoqlar bilan bir necha harakatlar bajarish; to‗g‗ri qomat holatini qabu! qilib, uning
to‗g‗riligini devor oldida tekshirib ko‗rish.
8. D.h. shuning o‗zi, holatni eslab olish. Devordan uzoqlashib, to‗g‗ri holatni
saqlagancha 5-6 daqiqa aylanib yurish; yana devor oidiga borib holatni tekshirish.
9. Oyna oldida turib, to‗g‗ri qomat holatini qabul qilish. Bosh, gavch. oyoqlar
bilan bir necha harakatlar qilish. Yana to‗g‗ri qomat holatini qabul qilib, uni oyna
oldida tekshirib ko‗rish.
10. Bir-birining to‗g‗ri turishini tekshirish.
11. Bir-biriga orqa o‗girib turib, to‗g‗ri qomat holatini qabul qilish (orqaga
aylanib qarab), bir-birining holatini tekshirish.
12. D.h. eimnastika tayoqchasini orqa umurtqa pog‗onasi bo‗ylab tik ushtab, tifc
turish. Belni tayoqcha ensa va umurtqa pog‗onasiga tegadigan qilib to‗g‗rilash.
13. Chalqancha yotib, devor oldida tik turgan holatga o‗xshagan holat qabul qilish
va qabul qilingan holatni saqlagan holda qoringa ag‗darilib yotish.
- M. Qomatini to‗g‗ri rostlagancha tegmaslik sharti bilan «quv-lashmachoq»
o‗ynash. Qayd qilingan mashqlarni bajarishda talabalar bu mashqlarning vazifasi
nimadan iborat ekanligini, albatta, yaxshi anglab yetish-larigaerishish kerak.
Umumrivojlantiruvchi mashqlarni bajarayotib ayrim mushak guruhlariga alohida
ta‘sir qilinganda, rivojlanishdan orqada qolgan mushaklarni mustahkamlash va qomat
nuqsonlarini yo‗qotish imkoni yaratiladi.
To‗g‗ri qomatni shakllantirish uchun mushaklarning taranglik darajasini
boshqara olish va tik turganda, o‗tirganda va yurganda gavda qismlarining holatini
his qilish muhimdir. Faqat gavda qismlarining o‗zaro joylanishini his qilgandagina
to‗g‗ri qaddi-qomatga xos holatni qabul qilishga o‗rganish va mashq qUish orqali, uni
malaka sifatida mustahkamlash mumkin. To‗g‗ri qomatni his qilish mashqlarigina
bu vazifani hai qilish imkonini beradi.
Qomatdagi nuqsonlarni faqat umumrivojlantiruvchi mashqlar yordamida
bartaraf etish mumkin.
Qomat bukchaygan bo‗lsa, diqqatni ko‗proq umurtqa pog‗o-nasining
to‗g‗rilanishiga, yelka kamari mushaklarining mustah-kamlanishi va ularning statik
kuchini rivojlantirishga qaratib, ko‗proq umurtqa pog'onasi yuqori qismining
harakatchanligini oshirishga yordamlashadigan mashqlarni bajarish zarur.
Lordoz (kerilgan) qomatda oldinga engashish mashqlari va qorin pressi, umurtqa-bel
mushaklarini mustahkamlash uchun gavda, tos, son bo‗g‗imida bukish, gavdaning
orqa tomonidagi mushaklarini cho‗zish (bu umurtqaning bel qismida bukilishini
kamaytiradi) mashqlarini tavsiya qilamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: