Mavzu: Saflanish mashqlari va qayta saflanishlar. Turli yosh guruhlarida
harakatli o’yinlarni o’tkazish.
Reja:
1. Saflanish mashqlari Sallanish mashqlari (davra,kolonna, shcrenga...) Qayta
saflanishlar.Turli tomonlarga burilishlar,tarqalish va yig‘ilishlar
2. Turli yosh guruhlarida harakatli o’yinlarni o’tkazish.
3. Dastlabki holatlar.Tik turganda oyoqlar uchun dastlabki holatlar,tik
turganda qolarni dastlabki holatlari.O‘tirganda dastlabki holatlar,yotganda
dastlabki holatlar.
Saflanish mashqlari. Saflanish mashqlari – saflanishlar(davra, kolonna,
sherenga…) qayta saflanishlar (bittadankolonna bo‗lib saflanishdan ikkita, uchta,
to‗rttadan,
sherenga
bo‗lib saflanish…) turli tomonlarga burilishlar (o‗ngga,chapga, orqaga), tarqalish
va yig‗ilish, fazodagi barcha harakatlardan (turli saflanishlar va tarqalishlar) turli
jismoniy
mashqlarni bajarishda foydalaniladi (mashg‗ulotlarda, ertalabki gimnastikada,
harakatli o‗yinlarda, bayram tantanalarida sayrlarda, ekskursiyalarda). Bolalarda
bumashqlarni bajarish jarayonida jamoada harakatning muvofiqligi (turli
mashqlarni birgalikda va o‗zaro aloqadorlikda bajarish) tarbiyalanadi. Saflanish
mashqlari bolalarda to‗g‗ri qad-qomatning shakllanishiga xizmat qiladi.Ular turli
buyumlar bilan, qo‗shiq, musiqa yoki zarbli asboblar(doira, nog‗ora) jo‗rligida
bajarilishi mumkin. Shunday qilib, gimnastika mashqlarining barcha guruhi –
asosiy harakatlar,umumrivojlantiruvchi va saflanish mashqlari bola organizmida
kechadigan funksional jarayonlarni kuchaytiradi, jismoniy va har tomonlama
rivojlanishga ta‘sir ko‗rsatadi.
Umumrivojlantiruvchi mashqiar deb, turlicha tezlik va ko'lamda maksimal hamda
o‗rtacha mushak ishlashi orqali tananing ayrim qismlari bilan bajariladigan
harakatlar yoki ularning birikmalariga aytiladi. Bundan maqsad -jismoniy sifatlarni
rivojlantirish, qaddi-qomatni to'g‗ri shakllantirish, talabalarni murakkab harakat
malakalarini egallashga tayyorlashdir.
Umumrivojlantiruvchi mashqiar jihozlarsiz va jihozlar (gantellar, to‗ldirma to‗plar,
toshlar, shtangalar, rezina amortizatorlar, tayoqlar va h.k.) Man har xil gimnastika
jihozlarida va shuningdek, talabalarning bir-biriga o‗zaro yordam ko‗rsatishlari orqaU
bajarilishi mumkin.
Umumrivojlantiruvchi mashqiar o‗z tarkibiga ko‗ra, oddiy bo‗-lib, u bilan barcha
yoshdagi bolalar va turli yoshdagi kishilar shu-g'ullanishlari mumkin. Ularni
o‗rgatish juda oddiydir: mashqni o‗r-ganib olish uchun, talaba uni bir necha marta
takrorlashi kerak, xolos.
Shuni inobatga olish kerakki, mukammal o‗zlashtirilgan mashqlarni
bajargandagina maksimal foyda olish mumkin. Mashqlarni o‗rgatish jarayonida esa
barcha mushaklami qisqarish imkoniyati bir xil jalb qilinadi. Demak, biron-bir
jismoniv sifatni rivojlantirish uchun u yoki bu mashqdan foydalanishdan oldin uni
yaxshi o‗rganib olishga zaruriat tug‗iladi.
Umumrivojlantiruvchi mashqiar yordamida tana a‘zolari va mushaklarning
guruhlariga alohida ta‘sir ko‗rsatish ham mumkin. Bu xususiyat talabalar
organizmiga, ayniqsa, harakat-tayanch apparatiga har tomonlama ta‘sir ko‗rsatish
va butun tana mushak-larini har tomonlama rivojlantirish imkonini beradi.
Umumrivojlantiruvchi
mashqlarni
bajarayotganda
jismoniy
yuklamani
boshqarish oson. Organizmga jismoniy yuklama berish uchun mashqiar tanlashga va
bir mashg‗ulotda ularning soni qancha bo‗lishiga bog‗liq. Bir xil mashqiar (mushakni
ishga solish) berish darajasi va ishda qatnashadigan mushak guruhlarining soniga
ko‗ra, osonroq, boshqalari murakkab bo'ladi.
Mashq bajarilganda mushakdan foydalanish darajasiga ko‗ra o‗zgaradi. Mushak
zo'riqish berish darajasini quvidagi usullar (ayni bir mashqning davom etishini)
takrorlash sonini ko‗paytirish, mashqlarni bajarish tezligini o'zgartirish, og‗irlikni
oshirish yoki o‗zaro qarshilik darajasini ko‗paytirish, dastlabki holatni yoki
bajarish usulini boshqacharoq qilish orqali o‗zgartirish mumkin. Tasnifga anatomik
belgi asos qilib olingan. Mashqlar insonning ayrim tana qismlariga ta‘sir
ko‗rsatishiga qarab bo‗linadi:
1. Qo‗l mushaklari va yelka kamari uchun mashqlar.
2. Gavda va bo'yin mushaklari uchun mashqlar.
3. Oyoq mushaklari uchun mashqlar.
4. Butun tana mushaklari uchun mashqlar.
Hamma mashqlarning ta‘siri, o‗z navbatida, uslubiy yo‗nalishiga ko‗ra kuchni,
egiluvchanlikni, yakka harakat tezligini, ayrim mushak guruhlarining taranglashishi va
bo'shashish qobiliyatini tarbiyalovchi mashqlarga bo‗linadi, to'rtinchi guruh
mashqlariga esa qomatni to‗g‗ri rivojlantiruvchi va nafas olish mashqlari kiradi.
Yelka kamari va qo‗1 muskullarim rivojlantirish va mustaxkamlashga qaratilgan
umumrivojlantiruvchi mashqlar.
Qo'Ini oldtnga, yuqoriga va yon tomonlarga navbatma-navbat va birin-ketin
ko‗tarish; shu mashqning o'zini gantellar, gimnastika tayoqchalari, to‗ldirma
to‗plar, toshlar, shtangalar bilan bajarish; shu mashqni sherigining qarshiligini,
rezina bint, amortizatorlar yoki blok tuzilmali maxsus asbobda osilgan og‗irlik
qarshiligini yengish bilan bajarish.
Qo‗llarni bukish va yozish tik turganda, o'tirgan va yotgan holatlarda qo‗llarni tez
va sekin bukish va yozish;
gantellar, to'ldirma to‗plar, toshlar, shtangalar bilan qo'Ilarni bukish va yozish ; shu
mashqni sherigi qarshiligini;
rezina amortizatori, blok tuzilmali asbobdagi og‗irlik qarshiligini yengib bajarish;
d) yotib tayanish va tayanish; yotib osilish va osilish holatlarida qo'Uarni bukish va
yozish;
e) qo‗llar bilan tirmashib chiqish, kuch bilan ko‗tarilish.
3. Qo‗llar bilan aylanma harakatlar qilish:
a) old yoki yon tekislikda (birin-ketin, birgalikda, navbatma-navbat);
b) gantellar, to‗qmoqlar, toshlar yoki amortizatorlar bilan.
4. To‗g‗ri qo‗llar bilan sUtanish va keskin siltanish harakatlari - bir qo‗l oldinga,
ikkinchisi orqaga; shuning o‗zini gantellar bilan; shuning o‗zi, lekin har ikki qo‗l bilan
orqaga
va
yuqoriga;
qo‗llar
ko'krak oldida bo‗lgan holatdan (bukilgan qo‗llar bilan) orqaga keskin siltanish
harakatlari; qo‗llar yuqorida va yon tomonda, bir qo‗l yuqorida, ikkinchisi pastda turgan
holatda keskin siltanish harakatlari.
5. Muvozanat saqlab bajariladigan mashqlar:
a) qo'llarni gantellar, to‗ldirrna to‗plar, toshlar bilan amor-tizator yoki blok moslamali
asbobdagi og‗irlik qarshiligini yengib yon tomonda, oldinda, orqada 10-20 sek davomida
saqlab turish;
b) 10—20 sek davomida yotib osilish va 30°, 60°, 90° va 150° bukilgan qo‗llarda
osilib turish;
d) 10—20 sek davomida tayanib yotish va 30°, 60°, 90° va 150° bukilgan qo‗llarda
tayanib turish.
6. Qo‗l mushaklari va yelka kuraklari uchun bo‗shashtiruvchi mashqlar:
a) mushaklarni bo'shashtirib turib, qo'Uarni erkin siltash;