N. M. Kayumova



Download 18,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/423
Sana28.06.2021
Hajmi18,65 Mb.
#103948
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   423
Bog'liq
Maktabgacha pedagogika F.Qodirova 2019

X BOB. IQTISODIY TARBIYA

Iqtisodiy tarbiya haqida tushuncha

O'zbekiston  Respublikasi  mustaqillikka  erishishi  natijasi­

da  mamlakat  iqtisodiyotida  tub  o'zgarishlar  ro'y  berdi. 

Milliy  iqtisodiyotni  mustahkamlash  va  rivojiantirish  yo'lida 

o'zgarishlar amalga  oshirilmoqda. Jumladan,  1992-yil  21-yan- 

vardagi  “Iqtisodiy  islohotlarni  yanada  chuqurlashtirish, 

rivojiantirish  chora-tadbirlari  to'g'risida",  1994-yil  15-mart- 

dagi  O'zbekiston  Respublikasida  mulkni  davlat  tasarrufidan 

chiqarish va xususiylashtirish jarayonini yanada rivojlantirish- 

ning  ustuvor  yo'nalishlari  to'g'risida,  “Kichik  va  xususiy 

tadbirkorlikni  rag'batlantirish”  to'g'risidagi,  shuningdek, 

2001—


yil 22-avgust, 2007-yiI 27-aprelda qabul qilingan qarorlar 

bunga yaqqol misoldir.

Mamlakatda  ro'y  berayotgan  iqtisodiy  o'zgarishlarni 

anglash,  ularni  tushunib  yetish,  yoshlarimiz  ongida  iqtisodiy 

ong,  iqtisodiy  bilim,  iqtisodiy  madaniyat  tushunchalarini 

shakllantirishda  maktabgacha  ta'lim  tizimi  pedagog-tarbiya- 

chilar  oldiga  ulkan  vazifalar  qo'yiladi.  Bulardan  eng  muhimi 

bu maktabgacha yoshdagi bolalarga iqtisodiy bilim berishdir.

Xo'sh,  iqtisodiyot  iborasi  nimani  anglatadi?  Uning  muhim 

belgilari  qanday,  degan  savolning  ma’nosini  tushunib  yetish 

lozim.

Iqtisodiyot bu -  kishilarning o'z hayotiy ehtiyojlarini qondi- 



rishga qaratilgan faoliyatdir.

Iqtisodiyot  -   boshqa  siyosiy  ijtimoiy,  madaniy  va  ma’rifiy 

faoliyat  turlarining  rivojlanishi  uchun  moddiy  shart-sharoit 

yaratib bera olishi bilan asosiy faoliyat hisoblanadi.

Iqtisodiyot  -   kishilarning  yashashi  uchun  zarur  bo'lgan 

moddiy  ashyolarni  yaratish  va  iste'molchiga  yetkazib,  hayot 

kechirishni kafolatlaydi.

245



Demak, iqtisodiyot yashash ehtiyoj ini qondiruvchi vosita.

Shu  o'rinda  ehtiyojning  o'zi  nima  ekanligini  anglab  olish 

zarur.

Ehtiyojlar -   insonlarning hayot kechirishi va kamol topishi 



hamda  jamiyatda  ma'lum  mavqega  ega  bo'lish  uchun  zarur 

bo'lgan  turli-tuman  noz-ne'matlar,  ya'ni  barcha  mahsulot  va 

xizmatlarning majmuasidir.

Ehtiyojlar tarkiban ikki yirik guruhga ajratiladi:

1.  Moddiy-mahsulotlarga  bo'lgan  ehtiyojlar  bunga  oziq- 

ovqat, kiyim-kechak, turar joy,  uy asbob-anjomlari, transport, 

aloqa, kommunikatsiya va boshqalar.

2.  Turli  xizmatlarga  bo'lgan  ehtiyoj.  Ya'ni,  ta'lim,  tibbiy 

xizmat,  jismoniy  tarbiya  va  sport,  dam  olish  va  sayohat, 

madaniy-ma’rifiy xizmatlarni  o'z ichiga qamrab  olgan ijtimoiy 

ehtiyoj dir.

Maktabgacha  yoshdagi  bolalarning  ehtiyojlari  ularning 

talab va istaklari asosida namoyon bo'Iadi.

Bola ehtiyoji:

-  to'laqonli xohishi bo'yicha ovqatlanishga bo'lgan ehtiyoj

-   ota-onalar  tomonidan  berilgan  pullarni  o'z  xohishi  bilan 

sarflash

-  dam olish, sayohatga chiqish

-  shaxsiy o'yinchoqlar, kompyuter

-  shaxsiy o'rin-joy

Bunda talab va istak iboralarini bir-biridan  farqlay olishga 

o'rgatiladi. Bolalarga har qanday talab -  bu huquqiy masuliyat 

deb qaralishini tushuntirish zarur.

Bu  yoshdagi  bolalarga  inson  yashar  ekan  uning  ehtiyoji 

to'xtovsiz o'sib borishi haqida ma'lumot beriladi.

Masalan, 

ta'lim 

xizmatlariga 

bo'lgan 

ehtiyoj 


turli 

yo'nalishdagi  o'quv  markazlari,  chet  tillarni  o'rganishga 

bo'lgan  ehtiyojini,  shuningdek  maktabgacha  yoshdagi  bolalar 

ehtiyojlarining o'rin almashinuvi, muloqot yangi ehtiyojlarning 

paydo  bo'lishi,  ehtiyojlarning miqdoran  ko'payishi  kuzatiladi.

246



Iqtisodiyot  hech  narsa  yo'q  yerda  bo'lishi  mumkin  emas.  Bu 

albatta,  iqtisodiy  resurslar,  kattalar  mehnati  orqali  amalga 

oshiriladi.

Iqtisodiy resurslar:

1) Moddiy resurslar

2)  Mehnat resurslari

3} Informatsion axborot resurslar

Maktabgacha  yoshdagi  bolalarni  moddiy  resurslar  bilan 

tanishtirganda  tabiiy  resurslar  -   yer,  suv,  yer  osti  va  usti 

boyliklari bularningbarchasi tabiat ne'matlari ekanligi, ulardan 

oqilona  foydalanish,  suvning  inson  hayoti  uchun  zaruriy 

jihatlari, ichimlik suvi uni isrof qilmaslik, o'lkamizdagi barcha 

boyliklarni  asrab-avaylash  kerakligi,  tevarak-olam,  tabiat, 

matematika,  nutq  o'stirish va boshqa pedagogik jarayonlarda 

o'rgatib boriladi.

Inson mehnati bilan yaratilgan bino inshootlar,  mashina va 

mexanizmlar  va  barcha  mahsulotlar  bu  moddiy  mahsulotlar 

ekanligi tushuntiriladi. Bu yoshdagi bolalarni mehnat resurslari 

ular  kim  tomonidan  tashkil  etilganligi,  kimlarning  mehnat 

qilib  mahsulot  ishlab  chiqarishi,  dala,  fermer  xo'jaligidagi 

kattalarning ishbilarmonlik bilan boshqara  olish  qobiliyatlari 

bilan  tanishtiriladi.  Endilikda  har  bir  ishni  tashkil  etishda, 

albatta,  oldin  kerakli  mahsulotlar  yig'ilar,  shularga  tayanib, 

kelgusidagi  ishlab  chiqarish  rejalashtiriladi.  Bu  axborot- 

informatsion resurs jarayoniga kiradi.

Yuqorida  biz  iqtisodiyot  va  iqtisodiy  resurs  va  ehtiyojlar 

haqida fikr yuritib, maktabgacha yoshdagi bolalarga iqtisodiy 

tarbiya  berish  dolzarb  muammo  ekanligi  va  mamlakat 

iqtisodiyotini  ko'tarishda  jamiyatning  hamma  fuqarolari  faol 

qatnashishi  zarurligini  ta'kidlagan  holda  maktabgacha  ta’lim 

pedagogikasi o'z oldiga quyidagi maqsad va vazifalarni qo'ydi.

Maktabgacha yoshdagi  bolalarga  iqtisodiy  tarbiya  berish- 

ning maqsadi bolalarga iqtisodiyotga oid bilim va ma'lumotlar 

berish orqali iqtisodiy hodisalar mohiyatini tushunib yetish va 

ularni iqtisodiy faoliyatga yo'naltirishdir.

247



Shuningdek,  miiliy  iqtisodiyotimizning  barqaror  o'sishida 

kelajak avlodni tarbiyalshni maqsad qilib qo'yadi.

Ushbu maqsadni amalga oshirishda quyidagi vazifalar ustu- 

vor hisoblanadi:

1.  Maktabgacha bolalarning jamiyatning iqtisodiy rivojlan­

tirish  tamoyillari  va  qonuniyatlari  bilan  tanishtirish  orqali 

ularni iqtisodiy bilimlar bilan qurollantirish;

2.  Iqtisodiy tushunchalar mazmunini anglash,  o'z  kundalik 

faoliyatlarida  ongli  ravishda  qo'llay  olish  malakalarini  shakl­

lantirish:

3.  Bolalarda  iqtisodiy  tafakkur  elementlarini  shakllantira 

borib iqtisodiy muammolarni tahlil, farqlay olish, isbotlay olish 

va umumlashtirish ko'nikmalarini tarkib toptirish;

4. O'qitishning zamonaviy metodlari, tashkiliy shakllaridan 

foydalanish.

O'zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  XII  bobi 

“Jamiyatning iqtisodiy negizlari"ga bag'ishlangan bo'lib, unda: 

bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O'zbekiston 

iqtisodiyotining  negizini  xilma-xil  shakllardagi  mulk  tashkil 

etadi.  Davlat  iste'molchilarning  huquqi  ustunligini  hisobga 

olib iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini 

barcha  mulk  shakllarining  teng  huquqligini  va  huquqiy 

jihatdan  bab-baravar  muhofaza  etilishini  kafolatlaydi. 

Xususiy  mulk  boshqa  mulk  shakllari  kabi  daxlsiz  va  davlat 

himoyasidadir.  Mulkdor  faqat  qonunda  nazarda  tutilgan 

hollarda  va  tartibdagina  mulkidan  mahrum  etilishi  mumkin. 

Yer, yer osti boyliklari, suv, o'simlik va hayvonot dunyosi hamda 

boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona 

foydalanish zarur va davlat muhofazasidadir" deyiladi.


Download 18,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   423




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish