Sharq mutafakkirlarining iqtisodiy
tarbiya haqidagi qarashlari
O'rta asrlarda yashab ijod etgan olim va mutafakkirlar
o'z ilmiy asarlari orqali mamlakat rivojida iqtisodiyotning
ahamiyati, rolini falsafiy jihatdan yoritib berdilar.
248
Eramizdan oldingi mingginchi yillarning o'rtalarida eng
qadimgi ajdodlarimiz tomonidan qahramonlik mavzusidagi
juda ko'p afsonalar, rivoyatlar aytilgan bo'lib, ular zardushtiylik
dinining muqaddas kitobi "Avesto”da kiritilgan.
"Avesto”da insonning barkamol bo‘lib yetishishida uning
so'zi, fikri, ishi birligiga katta e'tibor qaratiladi. "Avesto"da
mamlakatni iqtisodiy jihatdan ta'minlashda asosan:
- Shahar va qishloqlarni obod qilish;
- Bog'larni ko'paytirish;
- Chorva va yaylovlarga e'tibor berish;
- Kishilarni madaniy turmush tarziga undash g'oyalari o'rin
egallaydi.
Shuningdek:
- yer, suv, zamin;
- kiyim-kechak;
- oziq-ovqatlarni toza tutish va saqlashga e'tibor berish
lozimligi
ta'kidlanadi.
Zardushtiylik
ta'limotida
inson
shaxsining takomili, tabiatni muhofaza qilish, o'z ehtiyojlarini
qondirish me'yorlarini tarbiyalash masalalari o'rin egallaydi.
Zero, unda insonning inson sifatida ma'naviy va moddiy kamol
topishi uchun zarur bo'lgan muayyan talablar o'z ifodasini
topib, hayot kodeksi sifatida faqat sharq xalqlarining emas,
balki g'arb mamlakatlarining muqaddas merosi bo'lib qoldi.
Bu davrda G'arb bilan Sharqni, Uzoq Sharq mamlakatlari bilan
O'rta yer dengizini bog'lovchi buyuk savdo yo'li - "Buyuk
Ipak yo'li” rivojlanib, madaniy boyliklarni almashuv madaniy
taraqqiyot yuzaga keldi.
Sharq uyg'onish davrida qishloq, hunarmandchilik va savdo-
sotiqning rivojlanishi yo'l berdi. Natijada Yaqin va O'rta Sharq
davlatlari bilan savdo ishlari olib borildi. Buning natijasida
ko'plab sug'oriladigan yerlar ochildi, sug'orish inshootlari
yaratildi. Paxta, zig'ir, kanop ekilib, ularning Movarounnahrda,
asosan, Xorazm, Urganch, Farg'ona, Samarqad va Buxoroda
to'qimachilik mahsulotlari ayniqsa, Samarqand va Buxoro
shoyisi dunyosi mashhur bo'ldi. Bu davrlarda pul muammosi
249
rivojlandi.
Jamiyat
siyosiy,
iqtisodiy-ijtimoiy
hayotida
o'zgarishlar mamlakat iqtisodiyotiga o'z ta'sirini ko'rsatdi.
Sharq mutafakkir va olimlardan Al-Xorazmiy Abu Rayhon
Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, A.Navoiy, A.Temur kabi
qomusiy olimlar Inson va uning kamoloti ta'lim-tarbiya
iqtisodiyot va tabiat masalalari haqida fikr yuritadilar.
Al-Xorazmiy ilmiy bilim, ta'lim metodlari insonni aqliy
kamolotga yetaklash kabi falsafiy qarashlari bilan bir qatorda
mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishning muhim belgilari va
omillarini o'z ilmiy asarlarida yoritib berdi.
Abu Rayhon Beruniy inson kamolotida mehnat va
mehnat tarbiyas haqida fikr yuritib, har bir hunar egasining
mehnatiga qarab turlarga bo'ladi, Og'ir mehnat sifatida
binokor, ko'mir qazuvchi, hunarmand mehnatini keltiradi.
Beruniy "Minerologiya" asarida qimmatbaho metallar, toshlar
haqida emas, hunarmandchilikka oid qarashlari mamlakat
iqtisodiyotini kengaytirish masalalarini ilgari suradi. Ibn Sino
materiyanining eng sodda bo'Iaklarga bo'linmaydigan shakli
to'rt unsur: havo, olov, suv, tuproqdan iborat, ularning o'simlik,
hayvonot olamiga ta'siri bebaho boyliklarni asrab-avaylash
kerakligi to'g'risida o'zining “Aqsom ul-ulum ul-aqliya" (aqliy
bilimlar tasnifi) asarida fikr yuritadi,
Amir Temur mamlakatning iqtisodiy ahvolini ko'tarishgda
savdoning ahamiyatini tushunib bozorlar, rastalar, turli-
tuman ustaxonalar barpo ettirib xalq hunarmandchilik
san'atini taraqqiy ettirdi. Shuningdek, xalq farovonligi,
mamlakat obodonchiligi yo'lida suv omborlari, to'g'onlar
qurishga, yangi yerlarni o'zlashtirishga e'tibor berdi. Amir
Temurning soliqlar haqida qoidasi muhim ahamiyatga egadir.
Ma'naviyatimizning buyuk siymosi Alisher Navoiy shahar va
mamlakat obodonchiligiga katta hissa qo'shib, shifoxonalar,
madrasa qurdirib, ularni kerakli jihozlar, mudarrislar, tabiblar
va boshqa xodimlarga oylik maosh, ozuqa, kiyim-bosh bilan
ta'minladi.
250
Binolar qurilishi, dehqonchilik ishlarini yo'lga qo'yish,
mamlakat iqtisodiyotiga o'z hissasini qo'shgan. Navoiy turli
soha olimlariga homiylik qilib, o'ylab ilmiy risolalar bitirishga
bevosita rahbarlik qilganligi shu asrda davlatchilikni
boshqarishda bosh vazifa bu iqtisodiyotni rivojlantirish muhim
masalalardan biri ekanligini ta'kidlanadi.
Talabalar uchun "Ixlosiya" madrasasi, darveshlar uchun
"Xalosiya" xonaqoni, bemorlar uchun "Shifoiya" shifoxonasi,
masjidi Jome yoniga Qorixona (Dor ul-hufroz) qurilib, ular
uchun nafaqa ajratib, ularni kitoblar va zaruriy ashyolar bilan
doimiy ravishda ta'minlab borilgan.
Alloma tomonidan amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari
ham farovonligini, turmush darajasini o'stirish bilan bir
qatorda mamlakat iqtisodiyotini ko'tarishga olib keldi.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, diyorimizda yashab
o'tgan har bir olim-u fuzalolar mamlakat taqdiriga befarq
bo'lmay, o'z asarlari va hayot faoliyatlari bilan mamlakat
iqtisodiyotini yuksaltirishga o'z hissalarini qo'shganlar.
O'zbekiston diyorimiz mustaqillikka erishgandan so'ng
Davlatimiz rahbari tomonidam buyuk bunyodkorlik ishlari
amalga oshirildi. Mamlakatimizda yangidan qad rostlagan
ta'lim muassasalari, maskanlari
(maktab,
litsey-kollej,
maktabgacha ta'lim muassasalari, oliy ta'lim};
- Shifoxonalar, sanatoriya, dam olish maskanlari;
- Madaniy va ma'rifiy inshootlar;
- Turli xildagi banklar;
- Mashinasozlikka mo'Ijallangan korxona va zavodlar;
- Yo'l, ko'priklar, mamlakat temir yo'li, yangi Qamchiq
dovoni;
- Respublika havo yo'llari kompaniyasi;
O'zbekiston
Respublikasida
tadbirkorlik
ishlarining
eng sermahsul zamonaviy tizimini joriy etishning o'zi
ham davlatimizning ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga e'tibori
nihoyatda katta ekanligidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |