solinib yelkada bog„lanib qon bosimini tekshiradi. Sistolik va diostolik bosim mavjud.
Yurak arteriyasida mavjud bо„ladi
34
.
Yurak ishini boshqarilishini yoshlik xususiyatlari. Bolalar va kattalar yuragi organizmdan
ajratib olinib, tarkibida ozuqa moddalar va kislorod bо‗lgan eritma yuborib turilsa bir necha
soat qisqarib turish xususiyatiga ega. Yurakning bu xususiyati yurak avtomatikasi deyilib, bu
xususiyat yurakda modda almashinuvi о‗zgaradi va biopotensial tebranishlar bilan bog‗lik
bо‗lgan yurakni Keyt-flak tugunidan yurak muskullarini qо‗zg‗atuvchi impulslarni vujudga
kelib turishiga bog‗liq, Bir butun organizmda yurak avtomatiyasi ichki muhitni о‗zgarishi
bilan nerv va gumoral yо‗lda boshqarilib turiladi. Yurakka markazga intiluvchi impulslar
bо‗yining ikki yonida joylashgan adashgan nervlar orqali uzunchoq miyadan kelib turadi.
Orqa miyaning kо‗krak segmentidan chiqqan simpatik tugunlardan yurakka 2 ta simpatik
nervlar adashgan nerv bilan birga yurak muskullariga tarmoqlanadi. Shunday qilib, umumiy
uyqu arteriyasini yonida aralash nervlar yotadi. Adashgan nerv markazlari qо‗zg‗alganda
yurak qisqarishi va kuchi qо‗zgaluvchanligi о‗tkazuvchanligi kamayadi. Simpatik nerv
markazlari qо‗zgalganda aksincha yurakning qisqarish soni, kuchi, qо‗zg‗aluvchanligi ortadi.
Katta odamda adashgan nerv yurak avtomatizmiga biroz tormozlovchi bо‗lib ta‘sir etadi. Bu
adashgan nervni tonusi deb yuritiladi.
Adashgan va simpatik nervlari yurak muskullarida modda almashinuv va
ovqatlanishini boshqarib bu bilan yurak ishiga ta‘sir etadi. Yurak ishiga nervlarni bunday
ta‘siri trofik ta‘sir dyob nomlanadi. Yurak ishini nerv - gumoral yо‗lda idora etilishi qon orqali
bо‗ladi. Agarda adashgan nervlar qо‗zgalsa qonga kо‗p -miqdorda atsetilxolin gormoni
ishlab chiqarilib, bu gormon orqali ! yurak ishini sekinlashtiradi. Simpatik nervlar qо‗zgalsa,
qonga norodrenalin va adrenalin gormonlari quyilib qon orqali yurakka simpatik nervi kabi
ta‘sir kо‗rsatadi. Bundan tashqari, yurak faoliyatiga qon tarkibidagi kalsiy, kaliy ionlari
ham ta‘sir ' Qiladi. Kalsiy yurak ishini tezlashtiradi.
Bola tug‗ilganda yurakni ta‘minlovchi nerv apparata yetarli darajada taraqqiy etgan bо‗ladi.
Yurakka simpatik va parasimpatnk nervlar о‗z ta‘sirini kо‗rsata boshlaydi. Lekin yangi
tug‗ilgan bolani yuragiga simpatik nerv ta‘siri kuchliro, ya‘ni simpatnk nervni tonusi yuqoriroq
bо‗ladi. Yurak muskullarini nervlar bi tо‗liq ta‘minlanishi bolaning 7-8 yoshida tutaydi.
Yurak qorinchalari bosim ostida qonni qon tomirlariga haydab berganda qon tomirlarini
tebranishiga puls deb yuritiladi. Pulsni odamda arteriya qon tomirlarida teri ostida yuza
joylashgan yerlardan yelka arteriyasini bilakda ikkiga shoxlangan yerida, chakkada va
organizmni boshqa yerlarda sezish va sanash mumkin. Bolaning yoshi ulg‗ayishi bilan puls ham
kamaya boradi.
Aortadagi qon bosimi bilan venalardagi bosimni farqli bо‗lishi yurakni ishini vujudga
keltiradi. Yurak qisqarishi tezlashganda sistolik hajmi ortganda qon bosimi ortadi, yurak ishk
sekinlashganda sistolik hajmi kamayganda qon bosimi kamayadi. Arteriya qon bosimi
organizmdagi qon tomirlarni diametryni umumiy yigindisiga ham bog‗liq. Agarda arterial va
kapillyar qon tomirlar devori toraysa qon bosimi ortadi, kengayganda aksincha kamayadi.
Arterial qon bosimi yurak tonusi yoki о‗rta mayda arteriya, arteriya qon tomirlarni muskul
qavatini tarangligi bilan saqlanib turadi. Soglom odamlarda qon tomirlarning muskuli
devorlarini nerv gumoral mexanizm bilan boshqarilib turilishi tufayli qon bosimi bir meyorda
saqlanadi. Bu mexanizm buzulsa qon bosimi о‗zgaradi. Katta odamda aortada maksimal yoki
34
Adolf Faller., Michael Schuenke-The Human Body - ―An Introduction to Structure and
Function‖ ThiemeStuttgart · New Yorkhttp: //www.bestmedbook.com/2004 225- bet mazmun va
moxiyatidan foydalanildi
sistolik bosim 120-140
mm simob ustuniga teng, yelka arteriyasida 110-125 mm simob
ustuniga
minimal yoki diastolik bosim 70-80 mm, mayda arteriyalarda 70-80 mm, arteriollarda 40-60
mm kapillyarlarda 20-40 mm, yirik venalarda 2-5 mm simob ustuniga teng bо‗ladi.
Maksimal qon bosimi bilan minimal qon bosimi о‗rtasidagi farqqa puls bosimi deyiladi.
Puls bosimi о‗rta hisobda 30-40 mm simob ustuniga teng bо‗ladi. Arterial qon bosimi bolalarda
kattalarning qon bosimiga nisbatan ancha past bо‗ladi. Bundan tashqari qon bosimining jinsiy,
individual farqlari ajratiladi. Yangi tug‗ilgan bolada maksimal qon bosimi 60-65 mm simob
ustuniga teng, bir yoshning oxirida 90-105 mm simob ustuniga - teng, Minimal qon bosimi 50
mm simob ustuniga teng bG‗ladi.
О‗g‗il va qiz bolalarda 5 yoshgacha qon bosimi bir xil bо‗ladi. 5 yoshdan 9 yeshgacha о‗til
bolalarda qon bosimi 1-5 mm simob ustuniga, qizlarnikiga nisbatan yuqori bо‗ladi. 9 yoshdan
13 yoshgacha qizlarda qon bosimi 1-5 mm simob ustuniga yuqori bо‗ladi.
Muhim atamalar:
Eritrotsit - qizil qon tanacha. Leykotsit - oq qon tanacha. Trombotsit - qon plastinka. Sistola -
yurak qisqarishi. Puls - tomirlarni tebranishi.
Takrorlash uchun savollar:
1. Organizmning ichki muhiti nima?
2. Limfa nima?
3. Konplazmasiningkimyoviy tarkibi?
4. Eritrotsitlarning tuzilishi va funksiyasi?
5. Leykotsitlarning tuzilishi va funksiyasi?
6. Trombotsitlarning tuzilishi va funksiyasi?
7. Qonning yoshlik xususiyatlarini aytib bering?
8. Qon gruppalari?
9. Qon aylanishining qanday ahamiyati bor?
10. Yurak qanday tuzilgan?
11. Katta va kichik qon aylanish о‗rtasida qanday farq bor?
12. Yurakning funksiyalarini aytib bering,
13.Qon aylanishining yoshga oid xususiyatlari nimalardan iborat?
14.Puls nima?
15Qon aylanish organlari qanday boshqariladi?
16. Qon bosimi va uning yoshga oid xususiyatlari nimalardan iborat?
Do'stlaringiz bilan baham: