Davlatiy moliya


Foiz  stavkasiga  hisob-kitob  pul  birligining  ta’siri



Download 10,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/540
Sana27.06.2021
Hajmi10,62 Mb.
#102874
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   540
Bog'liq
moliya umk sirtqi

Foiz  stavkasiga  hisob-kitob  pul  birligining  ta’siri.  Qayd  qilingan 

daromadga  ega  bo‘lgan  instrument  (vosita)  faqatgina  aniq  hisob-kitob  pul 

birligiga  muvofiq  risksiz,  ishonchli  hisoblanadi.  Uning  o‘zgarishi  bilan  foiz 

stavkasi  ham  nihoyatda  jiddiy  ravishda  o‘zgarib  ketishi  mumkin.  Keling,  bu 

hodisani  aniqroq  tushuntirish  uchun,  nominallari  turli  xil  valyutalarda 

ko‘rsatilgan obligatsiyalarni ko‘rib chiqamiz.  

Faraz  qilaylik,  Britaniya  Qo‘shma  Qirolliklarining  davlat  obliga-tsiyalari 

bo‘yicha foiz stavkalari Yaponiyaning davlat obligatsiyalariga qaraganda ancha 

yuqori  va  ular  taxminan  bir  xil  qoplash  muddatiga  ega.  Mazkur  toifa 

obligatsiyalari to‘lanmay qolish riskidan ozod ekanligi inobatga olingan holda, 

mazkur  shartlar  barcha  investorlar  Qo‘shma  Qirolliklarning  obligatsiyalarini 

afzalroq ko‘rishiga olib kelmaydimi?  

Mazkur  holatda  javob  salbiy  bo‘ladi.  Chunki  ushbu  obligatsiyalarning 

nominallari turli valyutalarda: Qo‘shma Qirollik obligatsiyalari – funt sterlingda, 

Yaponiyaniki esa – iyenda aks ettirilgan. Ikki mamlakatning mazkur toifa (klass) 

obligatsiyalari ishonchli daromadlilik stavkasini ushbu mamlakatlar valyutasida 

taklif  etishiga  qaramasdan,  daromadlilik  stavkasi  har  qanday  boshqa  valyutada 

noaniq bo‘ladi, chunki u kelajakda to‘lovni olish paytida ushbu ikki valyutaning 

almashish kursiga bog‘liqdir. 



186 

Keling,  bu  fikrga  aniq  misol  keltiramiz.  Faraz  qiling,  Siz  ma’lum  bir 

mablag‘ni bir yil muddatga investitsiya qilishga qaror qildingiz. Yaponiya davlat 

obligatsiyalari  bo‘yicha  yillik  foiz  stavkasi  3%ni,  Qo‘shma  Qirollik 

obligatsiyalari bo‘yicha esa 9%ni tashkil etadi.  Boshqa valyutaga nisbatan bir 

valyutaning  bahosini  o‘z  ichiga  olgan  valyuta  kursi  (exchange  rate),  1  funt 

sterling 150 iyenaga teng. 

Endi, tasavvur qiling, Siz o‘z kapitalingizni iyenda qaysidir ishonchli aktivga 

investitsiya  qilmoqchi  bo‘lgan  yapon  investori  hisoblanasiz.  Yapon 

obligatsiyalarini sotib olib, Siz o‘zingizga 3%lik daromadni kafolat-laysiz. Agar 

Britaniyaning davlat obligatsiyalari sotib olinsa, iyenada daromadlilik stavkasi bir 

yil o‘tgandan keyin iyena va funt sterlingning almashuv kursi qanday bo‘lishiga 

bog‘liq bo‘ladi.  


Download 10,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   540




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish