Forvard kontraktlar deb, kontraktda ko‘rsatilgan narx va vaqt bo‘yicha
ma’lum bir aktivlarni bir tomon sotib olish majburiyatini, ikkinchi tomon esa
sotish majburiyatini oluvchi vositalarga aytiladi. Bu xil kontraktlar sotuvchiga va
xarid qiluvchiga ushbu aktivlarning kelgusida sotiladigan narxining noaniqligiga
bog‘lanib qolmaslik imkonini beradi.
3. Moliya bozori stavkalari
Olingan mablag‘lar bo‘yicha va’da qilingan daromadlik stavkasiga foiz
stavkasi deb ataladi. Olin(ayot)gan mablag‘larning turiga qarab, turli xil foiz
stavkalari mavjud. Masalan, uy sotib olish uchun qarz oluvchi kishi ushbu qarzni
Do'stlaringiz bilan baham: |