ko’rsatkichlari, Davlat byudjeti hamda Davlat investitsiya dasturining asosiy
parametrlari bilan bog’liq holda Jamg’arma mablag’larining kelib tushish va
ulardan foydalanish prognozlarini ishlab chiqadi va belgilangan muddatlarda
kelajakda, birinchi navbatda qishloq hududlarida, yangi sanoat ishlab
chiqarishlarini joylashtirish uchun ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish
321
davlatning tashqi qarzlari bo’yicha xalqaro moliya institutlari va xorijiy
kreditorlar oldidagi majburiyatlarni muddatidan oldin to’lash uchun O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligiga qaytarib bermaslik asosida mablag’larni beradi;
yangi tashkil etilayotgan moliyaviy institutlar hamda iqtisodiyotning
bazaviy tarmoqlarida xorijiy investitsiyalar ishtirokida strategik ahamiyatga ega
bo’lgan korxonalarning ustav kapitaliga investitsiya kiritadi (korxona yoki
tashkilot ustav kapitali (fondi)ning 25 foizidan ko’p bo’lmagan miqdorda);
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bo’yicha va Iqtisodiyot
vazirligi buyurtmanomalariga binoan ayrim investitsiya loyihalarining dastlabki
yoki yakuniy texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish uchun grantlar hamda
foizsiz kreditlar beradi, ajratilgan kreditlar miqdori keyinchalik loyihaning
umumiy qiymatiga va loyiha Jamg’arma kreditini jalb qilish yo’li bilan amalga
oshirilgan taqdirda, ajratilayotgan kreditning umumiy qiymatiga qo’shiladi;
yangi zamonaviy xorijiy texnologiyalar, texnika va uskunalar hamda
strategik ahamiyatga ega bo’lgan boshqa tovarlarni tasdiqlangan davlat
dasturlariga muvofiq xarid qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
qarorlari bo’yicha imtiyozli kreditlar beradi;
moliyalashtirish shartlari va Jamg’arma mablag’larini qaytarish
mexanizmi to’g’risida imzolanadigan bosh bitimlar asosida, har bir tijorat banki
uchun
har
yili
belgilanadigan
limitlar
doirasida
tijorat
banklarini
moliyalashtirishni amalga oshiradi;
Jamg’arma mablag’laridan maqsadli va samarali foydalanilishi va tijorat
banklariga berilgan mablag’larning o’z vaqtida qaytarilishi ustidan doimiy
ravishda monitoring olib boradi hamda kelib tushish manbalari va ulardan
foydalanishning asosiy yo’nalishlari bo’yicha Jamg’arma mablag’larining
hisobini yuritadi;
tijorat banklarida ochilgan hisobvaraqlar va ular bo’yicha amalga
oshirilayotgan operatsiyalar to’g’risidagi har qanday ma’lumotni olish huquqiga
ega bo’lgan holda, tijorat banklari va qarz oluvchi korxonalar zimmasiga
yuklatilgan majburiyatlarning bajarilishi yuzasidan ularning faoliyatini o’rganadi.
Jamg’arma mablag’larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini
takomillashtirish bo’yicha aniq maqsadli ishlarni amalga oshiradi;
Jamg’arma faoliyatini takomillashtirish yuzasidan o’z vakolatlari
doirasida choralar ko’radi yoki belgilangan tartibda takliflar kiritadi;
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan Jamg’arma
mablag’larining bo’sh qoldiqlarini ishonchli boshqarish to’g’risida shartnomalar
tuzadi;
322
Jamg’arma zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish bilan bog’liq
bo’lgan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
Jamg’armani boshqarish bo’yicha Kengash Jamg’armaning yuqori
boshqaruv organi hisoblanadi, uning tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
tomonidan tasdiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: