Davlatiy moliya


Jamg’arma  mablag’larini  taqsimlash



Download 10,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/540
Sana27.06.2021
Hajmi10,62 Mb.
#102874
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   540
Bog'liq
moliya umk sirtqi

Jamg’arma  mablag’larini  taqsimlash,  qonunchilikda  belgilangan 

mustasnoliklarni hisobga olgan holda quyidagi nisbatlarda amalga oshiriladi: 

  96,5  foizi  —  kichik  tadbirkorlik  subyektlarining  xususiylashtirilgan 

obyektlar  va  korxonalar  negizida  amalga  oshiriladigan  investitsiya  loyihalarini 

moliyalashtirishga maqsadli yo’naltirish uchun tijorat banklariga; 

  1,5  foizi  —  mablag’larni  maqsadli  ravishda  bozor  infratuzilmasini 

rivojlantirishga  va  tadbirkorlarni  huquqiy  jihatdan  qo’llab-quvvatlashga,  shu 

jumladan, tadbirkorlar uchun tashkil etilgan o’quv kurslarini moliyalashtirishga 

yo’naltirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasiga; 

  2 foizi — tasarruf etish va boshqarish funksiyalarini amalga oshirish, shu 

jumladan,  davlat  mulki  va  xususiylashtirilgan  obyektlar  elektron  bazasi  va 

reestrini  shakllantirish,  xususiylashtirilgan  korxonalarni  rivojlantirish  bo’yicha 

“yo’l  xaritalari”ni  ishlab  chiqish  va  amalga  oshirish  bilan  bog’liq  xarajatlarni 

qoplash  uchun  O‘zbekiston  Respublikasi  Xususiylashtirilgan  korxonalarga 

ko’maklashish  va  raqobatni  rivojlantirish  davlat  qo’mitasining  byudjetdan 

tashqari jamg’armasiga. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  “Tadbirkorlik  maqsadlarida 

foydalanish  uchun  davlat  mulki  obyektlarini  sotishni  jadallashtirish  va  uning 

tartib-taomillarini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to’g’risida» 2017 yil 17 

yanvardagi  PF-4933-son  Farmoniga  muvofiq,  Qoraqalpog’iston  Respublikasi 

Vazirlar  Kengashining  Raisi,  viloyatlar  va  Toshkent  shahri  hokimlarining 

qarorlari  asosida  sotiladigan  davlat  mulki  obyektlarini  sotishdan  tushadigan 

mablag’lar  Davlat  raqobat  qo’mitasi  hududiy  organlari  tomonidan  tegishli 

ravishda  Qoraqalpog’iston  Respublikasi  respublika  byudjetiga,  viloyatlar  va 

Toshkent shahrining mahalliy byudjetlariga yo’naltiriladi, hamda yuqorida qayd 

etib  o’tilgan  jamg’arma  mablag’larini  taqsimlanishiga  muvofiq  Davlat  raqobat 

qo’mitasi  hamda  O‘zbekiston  Respublikasi  Savdo-sanoat  palatasi  tasarrufida 

qoldiriladigan shuningdek, O‘zbekiston fermer, dehqon xo’jaliklari va tomorqa er 

egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xo’jaliklari va tomorqa er egalarini 

qo’llab-quvvatlash  jamg’armasiga  yo’naltiriladigan  auktsion  savdolarida 

fuqarolarga  er  uchastkalariga  meros  qilib  qoldiriladigan  umrbod  egalik  qilish 



317 

huquqini sotishdan tushadigan tushumning 10 foizi mablag’lar bundan mustasno 

hisoblanadi. 

Bunda: 


  tushgan  mablag’lardan  davlat  aktivini  sotish  bilan  bog’liq  xarajatlar 

(baholovchi  tashkilotlar, savdolar tashkilotchilari, vositachilar va  depozitariylar 

xizmatlarini  to’lash  xarajatlari)  chegiriladi.  Davlat  aktivlari  oldi-sotdi 

shartnomalari  (bitimlari)  bekor  qilingan  taqdirda  tegishli  byudjetlarga,  Davlat 

raqobat  qo’mitasiga  va  O‘zbekiston  Respublikasi  Savdo-sanoat  palatasiga, 

Fermer,  dehqon  xo’jaliklari  va  tomorqa  er  egalarini  qo’llab-quvvatlash 

jamg’armasiga avval yo’naltirilgan mablag’lar qaytarilmaydi; 

  Qoraqalpog’iston  Respublikasi  respublika  byudjetiga,  viloyatlar  va 

Toshkent  shahrining  mahalliy  byudjetlariga,  Fermer,  dehqon  xo’jaliklari  va 

tomorqa  yer  egalarini  qo’llab-quvvatlash  jamg’armasiga  mablag’lar  ularning 

tushishiga ko’ra har haftada yo’naltiriladi. 

  Davlat  aktivlarini  sotishdan  tushadigan  mablag’larning  25  foizi 

miqdoridagi  qismi  Qoraqalpog’iston  Respublikasi  respublika  byudjetiga, 

viloyatlar  va  Toshkent  shahar  mahalliy  byudjetlariga  yo’naltirilgan  hollarda 

mablag’larning  (Davlat  raqobat  qo’mitasi  hamda  O‘zbekiston  Respublikasi 

Savdo-sanoat palatasi  tasarrufida qoldiriladigan  mablag’lardan  tashqari)  qolgan 

qismi qonunchilikda nazarda tutilgan maqsadlarga yo’naltiriladi. 

Davlat  aktivlari  oldi-sotdisi  bo’yicha  tuzilgan  va  bekor  qilingan 

shartnomalar,  berilgan  qarzlar  bo’yicha  tushgan  penya  va  jarimalar  summalari 

quyidagi tartibda taqsimlanadi: 

  50  foizi  —  Davlat  raqobat  qo’mitasining  byudjetdan  tashqari 

jamg’armasiga o’tkaziladi; 

  qolgan qismi — yuqorida aytib o’tilgan taqsimotga muvofiq taqsimlanadi.  

Jamg’arma  mablag’lari  hisobidan  berilgan  qarzlarning  asosiy  summasi  va 

ular  bo’yicha  hisoblangan  foizlar  tarzida qaytarilgan tushumlar  summasi  to’liq 

miqdorda Jamg’arma hisobiga o’tkaziladi. 

Davlat raqobat qo’mitasi va uning hududiy organlari tomonidan xarajatlarni 

amalga  oshirishda  tovar  etkazib  beruvchilar  bilan  shartnomalar  quyidagi 

holatlarda tanlov (tanlab olish)ni o’tkazmasdan tuzilishi mumkin: 

  davlat aktivlari to’g’risidagi reklamalarni va axborot tusidagi e’lonlarni 

ommaviy  axborot  vositalarida  joylashtirish,  shuningdek  reklama  va  e’lonlarni 

tashqi reklama vositalarida (bilbordlar, bannerlar va boshqalarda) joylashtirish; 

  davlat  aktivlarini  sotishda,  shuningdek  yuridik  shaxslarning  aktsiyalari 

(ulushlari,  paylari)ni  va  boshqa  aktivlarni  davlat  manfaatlarini  ko’zlab  sotib 

olishda  birja  va  birjadan  tashqari  savdolarga  xizmat  ko’rsatuvchi 

ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan xizmatlar ko’rsatish; 




318 

  Davlat  raqobat  qo’mitasi  huzuridagi  Xususiylashtirish,  raqobatni 

rivojlantirish  va  korporativ  boshqaruv  muammolari  tadqiqotlari  markazi 

tomonidan  normativ-huquqiy  hujjatlar,  metodik  hujjatlar  loyihalarini  ishlab 

chiqish, ilmiy-tadqiqot va boshqa ishlarni amalga oshirish; 

  Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazi va Davlat raqobat qo’mitasi 

huzuridagi Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o’qitish respublika markazida Davlat 

raqobat qo’mitasi va uning tarkibiy bo’linmalari xodimlarini, shuningdek davlat 

ishonchli vakillari va xususiylashtirilgan korxonalar negizida loyihalarni amalga 

oshiruvchi tadbirkorlarni qayta tayyorlash, malakasini oshirish va o’qitish; 

  Davlat  raqobat  qo’mitasi  huzuridagi  «Privatinformsistem»  axborot 

texnologiyalari  markazi»  DUK  tomonidan  zamonaviy  axborot-texnologik 

kompyuter  dasturlarini,  elektron  ma’lumotlar  bazasi  va  reestrlarini,  lokal 

kompyuter  tarmog’ini  ishlab  chiqish,  joriy  etish  va  ular  bo’yicha  xizmat 

ko’rsatish; 

  Davlat mulkini xorijiy investorlarga sotishda tender savdolari o’tkazish 

bo’yicha Davlat tender komissiyasi qarorlari asosida mahalliy ixtisoslashtirilgan 

tashkilotlar  tomonidan  davlat  aktivlarini  sotish  bo’yicha  maslahat  xizmatlari 

ko’rsatish; 

  baholovchi  tashkilotlar  tomonidan  xizmatlar  ko’rsatish.  Baholovchi 

tashkilotlar xizmatlarini to’lash bilan bog’liq xarajatlar Davlat raqobat qo’mitasi 

tomonidan  tasdiqlangan  va  O‘zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  bilan 

kelishilgan Nizomga muvofiq qoplanadi. 

Jamg’armaning  joriy  moliya  yili  yakuni  bo’yicha  qoldiq  mablag’lari  olib 

qo’yilmaydi va keyingi yilga o’tadi. 


Download 10,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   540




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish