29
Umumiy o‘rta ta’limning milliy o‘quv dasturi loyihasi
Jismoniy tarbiya va
sog‘lomlashtirishni boshlang‘ich sinflarda o‘qitish
salomatlikni mustahkamlash, jismoniy sifatlar (kuch, tezlik, chaqqonlik,
chidamlilik,
egiluvchanlik
va
koordinatsiya)ni
rivojlantirish,
o‘yinli
vaziyatlarda oqilona va murakkab hayotiy-amaliy, shuningdek, sportning
harakatli turlarini
o‘zlashtirishga yo‘naltiriladi
Boshlang‘ich; I-IV-sinflarda o‘qituvchi tomonidan darsni tashkil etish
va
o‘tkazish usuli o‘quvchilarning ko‘p jihatdan yosh xususiyatlariga bog‘liq.
Mashg‘ulotda motorika harakatlarining ustunligi yaxlit metodga berilib,
harakat faoliyatini rivojlantirish va
o‘zlashtirishga qaratilishi, o‘quvchilar
bilan
mashg‘ulotlar o‘tkazishda mashqlarni to‘g‘ri nomlash, ularni aniq
ko‘rsatish va o‘z vaqtida xatolarni to‘g‘irlab borish lozim. Harakatga bo‘lgan
ehtiyoj bolaning asosiy fiziologik xususiyatlaridan biri
bo‘lib, uning normal
shakllanishi,
o‘quvchilarning jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirish bilan
chambarchas
bog‘liqdir.
I-IV -sinf
o‘quvchilarini jismoniy tarbiyalashda muhim vazifalar:
sog‘lomlashtirish, qaddi-qomatni yaxshilash, oyoqlarda yassilik, X va O
simon kasalliklarini rivojlanishini oldini olish;
barkamol jismoniy rivojlanishga
ko‘maklashish;
salbiy ekologik sharoitlarga chidamliligini oshirish;
fazoviy, tomporal va kuch parametrlarini farqlash, harakat tezligi,
muvozanat saqlash, ritm, signallarga javob berish tezligi va aniqligi,
harakatlarni muvofiqlashtirish;
shaxsiy gigiyena, kun tartibiga rioya qilish,
to‘g‘ri ovqatlanish, ertalabki
badantarbiya, kundalik turmush va jismoniy mashqlarning salomatlikka
ta’siri haqida asosiy bilimlarni shakllantirish, mayda motorikani rivojlantirish;
asbob-uskunalar va jihozlardan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga
rioya qilishga
o‘rgatish;
yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish, egilish, emaklash va boshqa
jismoniy elementlari orqali mashqlar bajarish
ko‘nikmasini shakllantirish;
mashg‘ulotlar davomida mustaqil jismoniy mashqlar, ochiq havoda
harakatli
o‘yinlarni o‘ynatish, harakatli o‘yin turlari bilan tanishtirish;
o‘quvchilarni bo‘sh vaqtlarida sportga bo‘lgan qiziqishlari intilishlarini
shakllantirish va ayrim turlariga moyillikni aniqlash;
mashg‘ulot davomida intizom, do‘stlarga do‘stona munosabat, halollik,
ta’sirchanlik, jasurlikni tarbiyalash;
ruhiy jarayonlarning rivojlanishini
rag‘batlantirish (xotira, fikrlash va
boshqalar.)
Yuqori; V-XI-sinflarda darsni tashkil etishda asosiy sport turlari,
musobaqalar,
asbob-uskuna
va
jihozlar,
xavfsizlik
qoidalari
va
shikastlanishlarga birinchi yordam
ko‘rsatish bilan bir qatorda koordinatsion
qobiliyatlarni, kuchni, chidamlilikni va moslashuvchanlikni rivojlantirishdir.
Mustaqil jismoniy mashqlar odatini rivojlantirish muammolari hal etilishi
lozim. Aksariyat darslar irodaviy sifatlarni (mustaqillik, intizom,
mas’uliyat
hissi) rivojlantirilishiga qaratilgan
bo‘lishi maqsadga muvofiq. Har bir darsda
Do'stlaringiz bilan baham: |