31
Umumiy o‘rta ta’limning milliy o‘quv dasturi loyihasi
gimnastik asbob uskunalari- mustahkam
o‘rnatilganligi va puxta
tuzatilganligiga ishonch hasil qilmay turib, undan foydalanishga
yo‘l
qo‘ymaslik;
akrobatika mashqlarini bajarishdan avval esa matlarning tozaligiga,
taxlanishiga, yer(pol)ga
to‘shalishiga ahamiyat berilishi lozim, chunki ular
orasida
bo‘shliq qolib ketib sakrovchi va turli xil mashq bajaruvchi ochiq
qolgan oraliqqa kelib tushishi mumkin.
O‘quvchilarning mashg‘ulotga kiygan kiyimlari (futbolka, sho‘rtik, sport
kiyimi) doimo toza,
o‘ziga qulay bo‘lishi, poyavzali ham toza qulay hamda
ixcham, tagi, tovoni rezinali va yumshoq
bo‘lishi lozim.
Dasturda
“Suzish” bo‘limi kiritilgan bo‘lib, bu bo‘limga alohida soat
ajratilmagan. Agar maktabda suzishga sharoit
bo‘lsa, unga birinchi sinfdan
boshlab
o‘rgatiladi. Suzishga sharoiti mavjud umumta’lim maktablari uchun
soatlar dasturning asosiy turlari (harakatli
o‘yinlar, gimnastika, yengil
atletika, sport
o‘yinlari) hisobidan olib boriladi. Suzish darsiga borayotgan
o‘quvchilarda sovun, mochalka, sochiq, suzish uchun maxsus kiyim bo‘lishi
kerak. Darsni
o‘tib bo‘lgandan keyin o‘quvchilarning barchasi bor yo‘qligini
tekshirib chiqish kerak.
Suzish turi
bo‘yicha o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarga suzishni o‘rgatish
metodikasini biladigan hamda suvda
cho‘kishdan saqlab qolish usullarini
egallagan mutaxassis jalb qilinishi lozim.
Mashg‘ulot vaqtida shifokor yoki
hamshira
bo‘lishi zarur. Shuningdek, o‘quvchi favqulodda jarohatlangan
taqdirda birinchi tibbiy yordam
ko‘rsatish uchun “Tibbiy yordam qutisi”
(aptechka)
bo‘lishi zarur.
Suzish
bo‘yicha birinch darslar quruqlikda o‘tkaziladi. O‘quvchilarda
suzish
bo‘yicha ko‘nikma hosil bo‘lgach, suvga tushurib, qirg‘oqda topshiriq
berib
o‘rgatiladi. Havzaning tozaligi, yechinish xonalarining ozodaligi va
gigiyenik talablarga javob berishi faqatgina
o‘qituvchi (trener) va tibbiy
xodimlarining nazorat qilib turishlariga
bog‘liq. Suv havzasi muntazam
ravishda xlor aralashmasi va mis kuporosi bilan tozalanib, uning suvi bir-
ikki haftada almashtirilib turilishi zarur. Tibbiyot xodimlari tuman sanitariya-
epidemologiya stansiyasi xodimlari bilan hamkorlikda suv havzasiga
infeksiya tushmasligi uchun belgilangan miqdorda, muntazam ravishda suv
havzasi xodimlariga har tomonlama yordam
ko‘rsatishlari kerak.
Umumiy
o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarni jismoniy rivojlantirishda
smarali usullardan foydalanish;
umumiy
o‘rta ta’lim maktablarida ommaviy sog‘lomlashtirish hamda
sinfdan tashqari ishlarni rejalashtirish va
o‘tkazishni tashkil qila bilish;
o‘quvchilarning eng muhim ko‘rsatkichlari sifati, jismoniy rivojlanishi,
jismoniy tayyorgarligi manitoring tadqiqotini
o‘tkazish;
o‘quvchi jismoniy tarbiya sohasida ta’lim sifatini aniqlovchi
muammolar, tushuncha va terminlar bilish va aniqlash lozim;
salomatlikni yaxshilashning asosiy vositalarini tadbiq qilish va
noan’anaviy usullardan foydalanish yo‘llari;
Do'stlaringiz bilan baham: |