30
Umumiy o‘rta ta’limning milliy o‘quv dasturi loyihasi
ta’lim-tarbiya va sog‘lomlashtirish vazifalari hal etiladi. Bu sinflarda jsimoniy
madaniyat taraqqiyotini baholash umumiy asosda amalga oshiriladi va sifat
hamda miqdoriy
ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi: bilim darajasi, motorikani
egallash darajasi, jismoniy madaniyat va sport ishlarini olib borish qobilyati,
ta’lim standartlarini amalga oshirish, baholash o‘smirni jismoniy tarbiya
bilan
shug‘ullanishga va o‘z natijalarini yaxshilashga undashi kerak
V-XI sinflarda
o‘quvchilarning har tomonlama jismoniy tayyorgarligini
oshiradigan qaratilgan gimnastika, yengil atletika, sport (basketbol,
voleybol,
qo‘l to‘pi), futbol, kurash va boshqa sport turlari bo‘yicha jismoniy
tarbiya profilaktikasi joriy etiladi.
Shu bilan birga, jismoniy tarbiya muammolarini
to‘la hal etish va
barcha
ta’lim talablarini bajarishni ta’minlovchi umumiy va maxsus jismoniy
tayorgarlikning nisbatiga rioya qilish lozim.
Maktabning imkoniyatlariga qarab
o‘qituvchi V–XI sinflarda o‘quvchilar
uchun sport
o‘yinlarini rejalashtirishda jismoniy tarbiya o‘qituvchisi
tomonidan indevidual texnik harakatlarni
o‘rganishga sarflanadigan bilim,
ko‘nikma va vaqtni o‘zlashtirish ketma-ketligi belgilanadi. Bunda
o‘quvchilarning jinsi, yoshi, texnik tayyorgarligi va boshqa omillar inobatga
olinadi.
Yuqori sinflarda ushbu fanni
o‘qitish me’yoriy jismoniy rivojlanishda
ko‘maklashish, harakatlanish vaqtida va statik holatlarda gavdani to‘g‘ri
tutish malakasini mustahkamlash, gimnastika, yengil atletika, sport
o‘yinlari
(basketbol, voleybol,
qo‘l to‘pi, futbol va boshqa) mashqlarni bajarishda
texnik
va
taktik
asoslarini
o‘rgatish ko‘nikma va malakalarni
mustahkamlaydi.
Jismoniy tarbiya
mashg‘ulotlarida o‘qituvchi o‘quvchilarning xavfsizligi
va
sog‘lig‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri javobgar bo‘lib, darsning o‘quv
mashg‘ulotlariga ularni jalb etishda quyidagi ishlarni amalga oshiradi;
- jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida birinchi navbatda intizomli bo‘lishga,
mashqlarni bajarish tartibiga va texnika xavfsizlik qoidalariga rioya qilishga
o‘rgatish;
Jismoniy tarbiya fani
o‘qituvchisi dars mashg‘ulotlarini boshlashdan
oldin
mashg‘ulot o‘tkaziladigan joyni tanlashi, diqqat bilan ko‘zdan
kechirishi, sport jihozlarining yaroqli ekanligiga ishonch hosil qilish va
mashg‘ulot o‘tkaziladigan joylarning talab darajaida ekanligi e’tibor
qaratishi,
qo‘yiladigan talablariga ko‘ra, sanitariya-gigiena shartlarining
muvofiqligini kuzatishi,
o‘quvchilarning jismoniy mashqlarni bajarishda
xavfsizlik qoidalariga
qat’iyan amal qilinishini ta’minlashi lozim.
har-bir
mashg‘ulot o‘tkazilganidan so‘ng sport zaliga zamburuqli
kasalikka qarshi gigiyenik vositalar bilan dizenfeksiya qilish;
gimnastika anjomlari (turnik, bruss, tirmashib chiqish arqoni) da mashq
bajarishdan oldin foydalanishga yaroqliligini birma-bir tekshirib chiqish;.
Do'stlaringiz bilan baham: |