478
Odilqoriyev X.T.
Davlat va huquq nazariyasi
ham gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchining foydasiga hal qilinishi
kerak. Fuqaroning aybsizlik prezumpsiyasi – shaxs huquq va erkinliklarining
mustahkam kafolatidir. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida (26-modda)
aybsizlik prezumpsiyasi o‘zining ifodasini topgan bo‘lib, unda jumladan, shun-
day deyiladi: «Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi
sudda qonuniy tartibda, oshkora ko‘rib chiqilib, uning aybi aniqlanmaguncha
u aybdor hisoblanmaydi. Sudda ayblanayotgan shaxsga o‘zini himoya qilish
uchun barcha sharoitlar ta’minlab beriladi...»
Bu masala O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi
23-moddasida ham o‘zining aniq ifodasini topgan.
Aybsizlik prezumpsiyasi jinoyat ishi yuzasidan haqiqatni aniqlash kafolati
hisoblanadi. Binobarin, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 4-mod-
dasining ikkinchi qismida hech kim sudning hukmi chiqarilmay turib jinoyat sodir
qilishda aybli deb topilishi va qonunga xilof ravishda jazoga tortilishi mumkin
emasligi aniq belgilab qo‘yilgan. Ushbu qoidada aybsizlik prezumpsiyasi mo-
hiyatining ikki jihati ochib berilgan. Ya’ni: birinchisi – jinoyatning muayyan
tarkibini belgilash va shaxsning jinoyat sodir etganlikda iqror bo‘lishini qo-
nunga aniq rioya qilgan holda amalga oshirish; ikkinchisi – shaxs faqat sud-
ning ayblov xulosasiga, qaroriga binoan aybdor deb topilishi va qonunda ko‘zda
tutilgan huquqiy chora yoki jazoga tortilishi mumkin. Demak, shaxsning ayb-
dorligini belgilash uchun faqat isbotlash tartib-qoidalariga rioya qilishning o‘zi
kamlik qiladi, shu sababli jinoyat uchun javobgarlik va uning asoslari yetarli-
cha mavjud bo‘lishi talab etiladi.
Shaxsning harakatlarida Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan alomatlar
rasmiy jihatdan mavjud bo‘lsa-da, lekin u ijtimoiy xavfli, g‘ayriqonuniy yoki
aybli bo‘lmasa, qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar deb topiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining 2010-yil 12-noyabrda-
gi qo‘shma majlisida ta’kidlaganidek, «Mamlakatimizda o‘tgan davr mobaynida
dastlabki tergov bosqichida sud nazoratini kuchaytirish, mazkur sohada sud
faoliyatini liberallashtirish bo‘yicha ham keng ko‘lamli chora-tadbirlar ko‘rildi.
Bu borada «Xabeas korpus» institutining joriy etilishi, ya’ni 2008-yildan
ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olishga sanksiya berish huquqi prokurordan
sudga o‘tkazilishi prinsipial qadam bo‘ldi. Ushbu qarorning o‘z vaqtida va pux-
ta o‘ylab qabul qilingani bugungi kunda ko‘pgina amaliy misollarda o‘z isbotini
topmoqda. Mazkur institutning amaliyotga tatbiq etilishi insonning konsti-
tutsiyaviy huquq va erkinliklari, uning daxlsizligini himoya qilishda muhim
omil sifatida namoyon bo‘lmoqda»
1
.
1
Kаrimоv I.А. Mаmlаkаtimizdа dеmоkrаtik islоhоtlаrni yanаdа chuqurlаshtirish
vа fuqаrоlik jаmiyatini
rivоjlаntirish kоnsеpsiyasi. – T.: «O‘zbekiston», 2010. – 22-bet.