belgilanish holatlari Mehnat kodeksi, korxona va tashkilotlarning ichki mehnat
Kаrimоv I.А. Mаmlаkаtimizdа dеmоkrаtik islоhоtlаrni yanаdа chuqurlаshtirish vа fuqаrоlik jаmiyatini
475
XXIII bob.
Huquqiy xulq-atvor,
huquqbuzarlik va yuridik javobgarlik
tartib-qoidalari hamda maxsus nizomlarda nazarda tutiladi. Intizomiy javob-
garlik mehnat va xizmat intizomini, harbiy va boshqa intizomni buzish bilan
bog‘liq bo‘lib, ularga idoraning ichki tartib-qoidalarini buzish, ishga kech
kelish yoki ishdan barvaqt ketish va hokazo hollarda kelib chiqadi. Intizomiy-
huquqiy jazo chorasini qo‘llash ichki ishlar organlari, mansabdor shaxslar va
tegishli vakolatga ega bo‘lgan rahbarlar (ma’muriyat) tomonidan amalga
oshiriladi. Mehnat intizomini buzgan xodimlar korxona, tashkilot va muas-
sasa ma’muriyati tomonidan javobgarlikka tortiladilar. Fuqaro aviatsiyasi,
temir yo‘l transporti xodimlari, sudyalar va boshqa ayrim toifa xodimlarning
intizomiy javobgarligi to‘g‘risidagi masala maxsus intizomiy komissiyalar to-
monidan tegishli nizomlar asosida ko‘rib chiqib, hal etiladi. 2017-yil 29-martda
«O‘zbekiston Respublikasining Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida»gi Qonuni qa-
bul qilindi. Ushbu Qonunga muvofiq, Kengash sudya kadrlar zahirasini shakllanti-
radi, sudyalarni davlat mukofotlariga taqdim etish, rag‘batlantirish, sudyalarni
intizomiy, jinoiy yoki ma’muriy javobgarlikka tortish bilan bog‘liq masalalarni
ko‘rib chiqish vakolatiga ega
1
. Jinoiy va fuqarolik-huquqiy javobgarlikni belgi-
lash faqat sud tomonidan amalga oshiriladi. Ma’muriy va intizomiy-huquqiy
javobgarlik ichki ishlar organlari, mansabdor shaxslar va tegishli vakolatga
ega rahbar shaxslar (ma’muriyat) tomonidan amalga oshiriladi.
Yuridik javobgarlikni belgilashning asosiy maqsadi jazolash emas, balki
huquq umumiy maqsadlarining muayyan ifodasiga qaratilgan bo‘lib, ular ijti-
moiy munosabatlarning mustahkamlanishi, tartibga solinishi va himoyasida
o‘zining ifodasini topadi. Bu maqsadlar, o‘z navbatida, huquqning tartibga soluvchi
(regulyativ) va qo‘riqlovchi funksiyalari amalda bo‘lishini belgilaydi. Yuridik
javobgarlikning asosiy funksiyasi qonuniylik va huquq-tartibotni muhofaza
qilishdan iborat. Muayyan huquqbuzarga nisbatan javobgarlikning qo‘llanishi
birmuncha tor maqsadni, ya’ni aybdorni jazolashni ko‘zlaydi. Bu bilan davlat
o‘zining majburlov choralarini amalga oshira turib, yana boshqa bir maqsadni
ko‘zda tutadi – bu maqsad kelajakda huquqbuzarlikni sodir etishning oldini
olishga yoki bu haqda ogohlantirishga qaratilgan bo‘ladi.
Bu maqsadlar, o‘z navbatida, javobgarlikning ijtimoiy vazifalarini belgi-
lab beradi. Ko‘p yillar mobaynida olimlar yuridik javobgarlikning maqsadi va
prinsiplar xususida fikr-mulohaza yuritib, umumiy to‘xtamga kelganlar, deyish
mumkin. Bu nuqtayi nazarni Ch. Bekkaria shunday bayon etgan: «... Hech bir
jazo alohida fuqaro yoki ko‘pchilikning bir kishi ustidan zo‘ravonlik ishlatishi
ifodasi bo‘lmasligi uchun u oshkora, tezkor, muqarrar, qonunda ko‘rsatilgan
barcha qo‘llanishi mumkin bo‘lgan choralar ichida eng yengili, sodir etilgan
1
Хаlq so‘zi, 2017-yil 30-mаrt.