Siyosiy partiya-O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining qarashlar,manfaatlar va maqsadlar mushtarakligi asosida tuzilgan,davlat hokimiyati organlarini shakllantirishda jamiyat muayyan qismining siyosiy irodasini ro’yobga chiqarishga intiluvchi hamda o’z vakillari orqali davlat va jamoat ishlarini idora etishda qatnashuvchi ko’ngilli birlashmasidir.
Siyosiy partiyalar o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga ,ushbu Qonunga boshqa qonun hujjatlariga muvofiq,shuningdek o’z ustavlari asosida amalga oshiradilar.
Siyosiy partiyalar o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga ,ushbu Qonunga boshqa qonun hujjatlariga muvofiq,shuningdek o’z ustavlari asosida amalga oshiradilar.
O’zbekiston Respublikasi fuqarosi bir paytning o’zida faqat bitta siyosiy partiyaga a’zo bo’lishi mumkin.
1991-yil 1-noyabrda O’zbekiston Xalq demokratik partiyasining ta’sis Qurultoyi bo’lib o’tadi.1991-yil dekabrda partiya O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ro’yxatga olindi.
O’zbekiston Liberal demokratik partiyasi
2003-yil 4-5 oktabrda bir guruh tadbirkor va tashabbuskorlar tomonidan ushbu partiyani tuzish tashabbusi tuziladi.
2003-yil 7-oktabrda O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.Karimov ushbu tashabbuskor guruh a’zolari bilan uchrashdi.
2003-yil 15-noyabrda Tadbirkor va ishbilarmonlar harakati-O’zbekiston Liberal demokratik partiyasining Ta’sis S’ezdi bo’lib o’tdi.
2008-yil 20-iyun kuni o’zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi va O’zbekiston Fidokorlar milliy demokratik partiyasining birlashish Qurultoyi bo’lib o’tib,ikki partiya negizida yangi O’zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi tshkil topdi.
O’zbekiston Adolat Sotsial demokratik partiyasi
1995-yil 18-fevralda tashkil topgan.Oliy Majlis tarkibida bu partiyadan 1995-1999 yillarda 47 deputat,1999-2004 yillarda 11 ta deputat,2004-2009 yillarda esa 10 ta deputat,2009-2014 yillarda 19 ta deputat a’zo bo’ldi.