342
Odilqoriyev X.T.
Davlat va huquq nazariyasi
«Huquqiy tizim» tushunchasini talqin etish orqali huquqning ochilmagan
yangi qirralarini bilib olish va shu bilan bir qatorda huquq to‘g‘risidagi tasav-
vurlarni rivojlantirish mumkin. «Huquqiy tizim» bilan «huquq tizimi»ni qiyoslab
ko‘raylik. To‘g‘ri, huquq tizimi o‘z tarkibiga huquq sohalari, huquq institutlari,
huquq normalarini qamrab olgani holda, huquqiy tizimning normativ o‘zagini
tashkil etadi. Lekin faqat huquqiy normalarning o‘zi huquqiy tizimning hajmini
to‘liq ifodalay olmaydi.
Huquqiy tizim huquq normalaridan iborat bo‘lgan obyek-
tiv huquqdan farq qilib, nafaqat bir turdagi elementlarni, balki turli yo‘nalish va
harakatda bo‘lgan huquqiy tuzilmalarni, g‘oyalarni, prinsiplarni, jarayonlarni
o‘zida mujassamlashtiradi. Huquqiy tizimga harakatdagi (funksional) hodisa
sifatida qarash lozim. Huquqiy tizim keng qamrovli tushuncha bo‘lib, muayyan
makon va zamonda amal qilayotgan huquqiy hodisalar, huquqiy prinsiplar,
institutlar, huquq normalari hamda huquqiy jarayonlarning mushtarak bir bu-
tunligi, o‘zaro uzviy bog‘liqligi va aloqadorligidir.
Taniqli olim M.N. Marchenkoning nuqtayi nazariga ko‘ra, huquqiy tizim
deganda, biror-bir mamlakat doirasida amal qiluvchi barcha yuridik institutlar
va muassasalarning yig‘indisidan iborat mamlakatning butun huquqiy tuzil-
masi, jamiyatning yagona vujud sifatida huquqiy jihatdan tashkil etilganligi
tushuniladi. Bu nafaqat huquqiy normalar, shu bilan birga, huquqiy mafkura,
huquqiy ong, huquqiy madaniyat, huquqiy amaliyot va hokazolarni qamrab
oladi
1
.
«Huquqiy tizim – o‘zaro bog‘liq bo‘lgan, mutanosib va bir-biriga ta’sir qi-
luvchi huquqiy vositalardan iborat bo‘lib, ijtimoiy munosabatlarni, shuningdek,
u yoki bu mamlakatdagi huquqiy rivojlanish darajasini tavsiflovchi tarkibiy
qismlarni birlashtiradi»
2
. Ushbu ta’rif ham huquqiy tizim mazmunini yoritishda
muayyan ahamiyat kasb etadi.
Prof. N.I. Matuzovning e’tirofiga ko‘ra, «Huquqiy tizimni ichki mu-
vofiqlashgan, o‘zaro bog‘langan, ijtimoiy bir turdagi yuridik vositalarning
yig‘indisi sifatida ta’riflash mumkin. Davlat ularning yordamida ijtimoiy mu-
nosabatlarga zarur normativ ta’sir (mustahkamlash, tartibga solish, qo‘riqlash,
muhofaza qilish kabi) ko‘rsatadi»
3
. Lekin fanda «huquqiy tizim» tushunchasini
«huquq tizimi», «qonunchilik tizimi», «yuridik normalar tizimi» tushunchalari
bilan aynan bir xil, deb hisoblash uchrab turibdi. Huquqiy tizimni tushunishda,
«huquq tizimi» va «huquqiy tizim» kategoriyalarining bir-biridan farqini ajratib
olish maqsadga muvofiqdir.
1
Qаrаng: Марченко М.Н. Теория государства и права в вопросах и ответах. – М., 2001. – 131-bet.
2
Sаidоv А., Tоjiхоnоv U. Dаvlаt vа huquq nаzаriyasi. Ikki jildli. 2-jild. Huquq nаzаriyasi. – T., 2001.
48-bet.
3
Матузов Н.И. Правовая система и личность. – Саратов. 1987. – 26-bet.
Do'stlaringiz bilan baham: |