338
Odilqoriyev X.T.
Davlat va huquq nazariyasi
korligi faoliyatini rejalashtirish qonunlarni puxta o‘ylangan asosda, ehtiyojga
qarab qabul qilish, qonunchilik hujjatlarini tartibga solish va takomillashtirish
uchun zarur shart-sharoit yaratadi.
Huquqiy materialni bayon etish usuli qonunchilik texnikasida katta aha-
miyatga ega. Huquqiy normani shunday ta’riflash lozimki, uni ikki xil talqin
etish mumkin bo‘lmasin, hujjat matnida ta’riflangan ko‘rsatmaning ma’nosi
va talabini tushunish oson bo‘lsin. Huquq tizimi qanchalik mukammal,
uning qonunchilik texnikasi saviyasi qanchalik yuqori darajada bo‘lsa, maz-
kur tizimning normalari shunchalik mukammal bo‘ladi. Ayrim hollarda, agar
muayyan munosabat juda keng tarqalgan bo‘lsa, umumiy qoidadan muayyan
istisnoni belgilash lozim bo‘lsa yoki bundan ham umumiyroq qoida yetarli da-
rajada aniq va lo‘nda bo‘lmasa, ushbu ta’riflarni normativ hujjatlarga kiritish
o‘rinli bo‘lmaydi.
O‘xshash jihatlarga ega va bitta umumlashtiruvchi ta’rifda tavsiflash
mumkin bo‘lgan ijtimoiy munosabatlar majmuini qamrab olish uchun ancha
keng huquqiy ko‘rsatmalarni ta’riflash normativ material hajmini qisqartira-
di, ta’riflarning yanada to‘liq va serma’no bo‘lishiga erishish imkonini beradi,
huquqiy tartibga solishda kamchiliklar yuzaga kelishi ehtimolini kamaytiradi.
Ayni paytda, mavhumlik darajasi cheksiz bo‘lmasligi kerak. Haddan tashqari
umumlashtirish va mavhumlashtirish ta’riflarning noaniqligi va mujmalligiga
olib kelishi, har xil, ba’zan teskari talqin qilish, mazkur normalarni qo‘llovchi
shaxslar va organlar vakolatini kengaytirish, binobarin, qonunni buzish uchun
zamin yaratadi. Huquq normalarini bayon etishda oqilona me’yorni saqlash,
haddan tashqari mavhumlashtirishga ham, ortiqcha mufassallashtirishga ham
berilib ketmaslik lozim.
Qisqartmalarni qo‘llashdagi har xillik ham normativ-huquqiy hujjat loyi-
halarini tayyorlashning texnik darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Huquq nor-
malarini bayon etishda qo‘llanilgan hamda aholining aksariyat qismiga tushu-
narsiz bo‘lgan va keng tarqalmagan qisqartmalar faqat anglashilmovchiliklar
va noto‘g‘ri talqinlarga olib kelishi mumkin. Umum e’tirof etgan, muomaladan
mustahkam o‘rin olgan va barchaga tushunarli bo‘lgan qisqartmalar (masa-
lan, va h.k., va b.)ga kelsak, ulardan voz kechish noto‘g‘ri bo‘lar edi. Zotan,
ular normativ materialni bayon etishni qisqartiradi, uni ixchamlashtirishga
ko‘maklashadi. Qisqartmalarni qo‘llashda ma’lum tartib va bir xillik o‘rnatilsa,
maqsadga muvofiq bo‘ladi. Normativ-huquqiy hujjatlarning sarlavhalari haddan
tashqari uzun bo‘lsa, boshqa hujjatlarda ularga havola qilishda sarlavhalarini
qisqartirib bergan ma’qul. Bunda sarlavhalar qisqartmalarini qo‘llashning bir
xil tartibini o‘rnatish, ya’ni ayni bir hujjatga nisbatan bir xil qisqartmalar (ma-
salan, JPK, JK, FK) qo‘llanilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |