337
XV bob.
Huquq tizimi va qonunchilik tizimi.
Qonunchilikni tizimlashtirish
7) normativ hujjatlar tilining sodda, aniq va lo‘ndaligi, oson esda qolishi.
Qonun aniq va lo‘nda bo‘lgan taqdirdagina qoida real mazmun kasb etadi.
Qonunni bilmaslikni bahona qilish mumkin emas. Darhaqiqat, fuqarolar uchun
tushunarli bo‘lmagan, faqat yuristlargina tushunib, to‘g‘ri talqin qila oladigan
qonunlarga bo‘ysunishni fuqarolardan talab qilish behuda. Tushunish uchun
mutaxassislar yordami talab etiladigan qonun samarasizdir;
8) normativ-huquqiy hujjat yagona mazmun bilan bog‘langan, bitta tartibga
solish predmetiga ega bo‘lishi lozim. Bir-biriga bevosita bog‘lanmaydigan ikki
yoki undan ortiq mustaqil masalalar bo‘yicha qonun qabul qilish maqsadga
muvofiq emas. Qonun huquqning muayyan tarmog‘i yoki boshqa instituti bilan
bog‘liq munosabatlarni tartibga solishi, huquqiy tartibga solishning ma’lum
predmetini qamrab olishi lozim;
9) normativ-huquqiy materialni yaxshiroq izohlash, undan foydalanish,
uni hisobga olish va sistemalashtirishni yengillashtirish maqsadida ayni bir
masala yuzasidan bir nechta hujjat qabul qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Yagona kompleks qonunda (qoida tariqasida, kodeksda) huquqning ma’lum
tarmog‘i, muhim huquqiy institutning barcha masalalari to‘liq tartibga so-
linishiga, unda huquqiy tartibga solishning muayyan sohasi doirasida har qan-
day savolga javob bo‘lishiga erishgan ma’qul. Ushbu masala yuzasidan barcha
qo‘shimchalarni, qonunchilikni murakkablashtirib yangi mustaqil hujjatlar
qabul qilmagan holda asosiy hujjatning matniga kiritish lozim;
10) huquq ijodkorligining texnik usullaridan bir xilda va izchil foydalanish.
Agar normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash va rasmiylashtirishda
ma’lum texnik qoida qo‘llanilgan bo‘lsa, uni shunga o‘xshash qolgan barcha
holatlarda ham qo‘llash zarur.
Yuqorida zikr etilgan barcha talablarni qat’iy va izchil bajarish yuri-
dik madaniyat nuqtayi nazaridan mukammal, sifatli va samarali qonun qabul
qilishga ko‘maklashadi. Talablardan birini bajarmaslik yoki birining hisobiga
boshqasiga haddan tashqari berilish (masalan, matnning mazmuniga ziyon
yetkazish hisobiga ixchamlikka intilish) hujjatning texnik jihatdan nomukam-
malligidan, qonun ijodkorlari malakasining yetarli emasligidan dalolat beradi.
Normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini tuzish ishini rejalashtirish
nihoyatda katta ahamiyatga ega. Qonun ijodkorligi organi ma’lum davrga
mo‘ljallangan reja tuzsa, unda qaysi masalalar yuzasidan asosiy qonunchilik
hujjatlari qabul qilish lozimligi, ularning har biri qaysi muddatlarda tayyor
bo‘lishi kerakligi, muayyan hujjatni o‘z vaqtida tayyorlash uchun qaysi qo‘mita
(mansabdor shaxs) bevosita javob berishini ko‘rsatsa, maqsadga muvofiq
bo‘ladi. Fikrimizcha, joriy (masalan, bir yilga mo‘ljallangan) va istiqbolli (to‘rt-
besh yilga mo‘ljallangan) rejalashtirishni amalga oshirish zarur. Qonun ijod-
22–18-8
Do'stlaringiz bilan baham: |