333
XV bob.
Huquq tizimi va qonunchilik tizimi.
Qonunchilikni tizimlashtirish
sinonim so‘zlarning har biri o‘z ma’nosiga ega. Ulardan noto‘g‘ri foydalanish
normativ matnda noaniqliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Boz ustiga, aksari-
yat sinonimlar normativ hujjatlarda o‘ziga xos ma’no kasb etadi.
Ayrim yuristlar ongida hanuzgacha saqlanib qolgan «oddiy fuqarolar mu-
taxassislarning yordamisiz qonunlarning mazmunini tushuna olmaydilar», de-
gan zararli qarashga barham berish kerak. Qonun matni qanday tuzilganiga
ko‘p narsa bog‘liq. Qonun talablari hammaga tushunarli va aniq bo‘lishi lozim.
Agar qonun ijtimoiy munosabatlarning tor va maxsus sohasini tartibga solsa
hamda xodimlarning alohida toifasiga mo‘ljallangan bo‘lsa, unda maxsus va
texnik atamalar hamda iboralarni qo‘llash o‘rinli bo‘ladi. Bordi-yu, qonun keng
aholiga mo‘ljallangan bo‘lsa, uni nisbatan sodda va tushunarli tilda bayon etish
lozim. Bunday hujjatlarda murakkab va maxsus atama hamda iboralarni, max-
sus so‘z va jumlalarni tushuntirmasdan keng qo‘llash maqsadga muvofiq emas.
Ta’riflarning noaniqligi, tushunchalar va atamalarni bir xilda qo‘llamaslik
normativ hujjatni noto‘g‘ri tushunish va qo‘llashga, uning asl ma’nosidan che-
kinishga olib keladi. Normativ hujjatda noo‘rin yoki noto‘g‘ri qo‘llangan atama
yoki ibora, noto‘g‘ri tuzilgan yoki tushunarsiz jumla, xato punktuatsiya – bu-
larning barchasi jiddiy oqibatlarga: ko‘p sonli so‘rovlar va bahslarga, qo‘shimcha
tushuntirishlar talab etilishiga, eng xavotirlisi – normativ hujjatlar ma’nosining
buzilishiga va ularni qo‘llashda xatolar bo‘lishiga olib keladi. Normativ matn
qanchalik aniq va tushunarli bayon etilgan bo‘lsa, huquq normalarini qo‘llashda
shunchalik kam qiyinchiliklar keltirib chiqaradi, qonunning maqsadi hayotga
shunchalik to‘g‘ri va izchil tatbiq etiladi. Normativ hujjatlar matnini bayon
etish tilining xususiyatlari maxsus yuridik til mavjud, degan xulosa
chiqarish imkonini beradi. Maxsus atamalar sonining ko‘pligi maxsus bilimlar
yoki talqin qilishni taqozo etadi. Huquqiy hujjatlar matnini bayon etish xususiyat-
lari huquqiy hujjatlarning maxsus tili mavjudligidan dalolat beradi.
Yurtimizdagi yuridik til – rasmiy o‘zbek adabiy tilining alohida turi. U
huquqiy ko‘rsatmalarni bayon etishning o‘ziga xos jihatlari bilan bog‘liq. Nor-
mativ hujjat tilining sodda, tushunarli, jonli va sermazmunligi qonunni amalga
oshirishning samarali vositasidir. Yuridik ta’riflar eslab qolish uchun oson, tushu-
narli va ifodali bo‘lishi, odamlar ongiga chuqur kirib borishi, ularning yuridik
madaniyati va huquqiy ongini oshirishga ko‘maklashishi katta ahamiyatga ega.
Ba’zan normativ hujjatlarda, sud qarorlarida, o‘quv adabiyoti va monografi-
yalarda uchrab turadigan «huquqiy jargon»ni qo‘llashdan ehtiyot bo‘lish kerak.
So‘nggi yillarda qabul qilingan normativ hujjatlar tili ancha yaxshilandi.
Lekin, shunga qaramay, ayrim hujjatlarda til va uslub nuqtayi nazaridan kam-
chiliklar mavjudligidan ko‘z yumib bo‘lmaydi. Grammatik xatolar, grammatik
shakllarni noto‘g‘ri qo‘llash hollari, g‘aliz jumlalar va iboralar, ortiqcha hamda
Do'stlaringiz bilan baham: |