332
Odilqoriyev X.T.
Davlat va huquq nazariyasi
ro‘yxatini tuzish fursati yetdi. Bu yuridik atamalarning rivojlanish yo‘llari
to‘g‘risida ma’lum xulosalar chiqarish, yuridik amaliyotda atamalarni qo‘llash
muammolarini, huquqiy atamalarni takomillashtirish, standartlashtirish va bir
xil holga keltirish yo‘llarini tadqiq etish imkonini beradi.
Normativ hujjat grammatik qoidalarga qat’iy rioya etgan holda sof adabiy
tilda yozilishi lozim. Kelgusida anglashilmovchiliklar kelib chiqmasligi uchun
umumiy qabul qilingan adabiy til shakllaridan chetlashishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Til muttasil rivojlanib boruvchi hodisa bo‘lgani bois, so‘zlarning ma’nosi
o‘zgarishi mumkin. Shu bois so‘zlar va atamalarni normativ hujjat qabul qilin-
gan paytdagi ma’nosida qo‘llashni nazarda tutadigan qoidaga qat’iy rioya etish
lozim. Mahalliy shevaga mansub so‘zlar va jumlalarni yoki eskirgan (arxaik)
so‘zlarni qo‘llash mumkin emas. Chunki, normativ hujjat ijtimoiy munosabat-
larni tartibga solish, hokimiyatning inson xulq-atvoriga ta’sir ko‘rsatish vosi-
tasi hisoblanadi. U badiiy asardan farqli o‘laroq, odamlarning his-tuyg‘ulari va
tasavvuriga emas, balki irodasi va aql-idrokiga murojaat etadi. Normativ huj-
jatda ifodalangan huquq normasi huquq subyektlari amal qilishi shart bo‘lgan
ma’lum xulq-atvor qoidalarini belgilaydi va ayni paytda, mazkur qoidalar buzilgan
taqdirda ta’sir ko‘rsatish chora-tadbirlarini nazarda tutadi. Bu holatlar huquq
tilining o‘ziga xos jihatlarini belgilab beradi.
Matnni mumkin qadar aniq, lo‘nda va to‘liq bayon etishga katta e’tibor
berish mana shunday jihatlardan biridir. Normativ hujjatda jumlalar va iboralar-
ni sun’iy tarzda juda qisqa ifodalash amaliyotda noaniqliklar va anglashil-
movchiliklarga sabab bo‘lishi mumkin, tushuntirishlar berish, qo‘shimchalar
qilish va boshqa hujjatlar qabul qilish zaruratini keltirib chiqaradi. Sodda va
tushunarli bayon etishga intilish normativ qoidalar mazmunining aniqligi va
to‘liqligiga putur yetkazmasligi, jo‘nlikka va binobarin, ta’riflarning mujmal-
ligiga olib kelmasligi lozim. Ayrim normativ hujjatlar juda murakkab muno-
sabatlarni tartibga soladi va bu tegishli normalarni bayon etish uslubida o‘z
aksini topadi. Normativ hujjatlar tilini huda-behudaga murakkablashtirmaslik
kerak. Ammo, ayni vaqtda, u ommabop risolani ham eslatmasligi lozim. Huj-
jatda moddalar miqdorini sun’iy tarzda kamaytirish mumkin emas, chunki
bu holda moddalar bayoni (matni) asossiz ravishda uzunlashib va kattalashib
ketadi.
Huquqshunoslikda ishlab chiqilgan va odatdagi nutqda uchramaydigan
maxsus atamalar normativ hujjatlarda keng qo‘llaniladi, umumiy muomalada
keng tarqalgan aksariyat atamalar nisbatan tor va maxsus mazmun kasb etadi.
Huquqiy ko‘rsatmalarning aniqligini oshirish uchun bir xil atama va iboralarni
inkor etmaslik, balki ularni keng qo‘llash o‘rinlidir. Ayni bir tushunchani ifoda-
lash uchun sinonimlardan foydalanishda ham juda ehtiyot bo‘lish kerak. Zero,