344
Odilqoriyev X.T.
Davlat va huquq nazariyasi
rishga kirishildi. Albatta, huquqiy tizimni yaratish bir qancha yo‘nalish bo‘yicha
amalga oshirilmoqda. Zamon ruhiga yot, yagona mafkurani o‘rnatuvchi, bo-
zor munosabatlariga to‘sqinlik qiluvchi normalar bekor qilindi, ba’zilari esa,
mohiyatan o‘zgartirildi va aksariyat qoidalar mutlaqo yangidan qabul qilindi.
Bu normalar yaxlit tizimning tarkibiy qismlariga aylandi, yangi huquqiy tizim
hosil qildi.
O‘zbekiston Respublikasining huquqiy tizimi – bu umum e’tirof etil-
gan talablar va xalq manfaati hamda fuqarolarimizning erkin hayoti, farovon
kelajagini hisobga olgan holda yaratilgan, unga muvofiq harakatda bo‘lgan
huquqiy hodisalar, vositalar, jarayonlar, prinsiplar, institutlar hamda muassa-
salarning o‘zaro mantiqiy bog‘liq holdagi ifodasidir.
Mamlakat huquqiy tizimi muayyan davlatning ichki huquqiy hayoti, jami-
yatning iqtisodiy va siyosiy tizimi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan huquq tizimi,
huquqiy mafkura, huquqiy ong, huquqiy munosabatlar, huquqiy madaniyat,
huquqiy amaliyot va yuridik fanni qamrab oluvchi, o‘ziga xos amal qilish xu-
susiyatlariga ega bo‘lgan hamda doimiy rivojlanishda bo‘lgan ijtimoiy-huquqiy
voqelikdir.
Shunday qilib, huquqiy tizim har bir davlatning o‘ziga xos xususiyat-
lari: geografik jihatdan joylashuvi, tarixi, tili, dini, xalqining ijtimoiy tabiati,
mentaliteti, urf-odatlari, shuningdek milliy qadriyatlarini inobatga olgan holda
shakllanib, jamiyatning, shu mamlakat fuqarolarining manfaatlarini o‘z maz-
munida aks ettiradi.
Tizim muayyan tarkibiy qismlar, bo‘lin-
malarning bir butun shaklidir. Shundan kelib
chiqqan holda, huquqiy tizim alohida ijtimoiy
hodisa sifatida bir qancha tarkibiy qismlar
(elementlar)ni birlashtiradi. Huquqiy tizimning tarkibiy qismlari bir-biridan o‘z
mazmuni va mohiyati, maqsad va vazifalari, tuzilishi va shakli, harakat doirasi
va maydoni hamda boshqa xususiyatlari bilan farq qiladi. Huquqiy tizim tuzi-
lishining murakkabligi uni tashkil etuvchi tarkibiy qismlarning ko‘pligi, har
birining alohida funksiyasi mavjudligi va o‘zaro munosabatda hamda uzviy
aloqadorlikda harakatlanishida namoyon bo‘ladi.
Jamiyatning huquqiy tizimi o‘zining muayyan mantiqiy ichki tarkibiy
tuzilishiga ega bo‘lgan murakkab ijtimoiy hodisadir. «Huquqiy tizim» o‘z
tarkibiy qismlarining tizimli majmui tarzida gavdalanadi va normalar yig‘indisi
hisoblanmish obyektiv huquqdan jiddiy farq qiladi. Mazkur farq shundaki,
huquqiy tizim bir turdagi elementlarnigina emas, balki turli yo‘nalish va
Do'stlaringiz bilan baham: |