241
XI bob.
Huquq
ijodkorligi
larni bevosita tartibga solishdagi roli pastligicha qolmoqda»
1
. Ushbu fikrlar
hozirgi kunda qonun ijodkorligini rivojlantirish borasidagi huquqiy siyosatning
o‘zagini, uning istiqbolli dasturini tashkil etadi, deyish mumkin.
Zamonaviy ilmiy adabiyotlarda huquqiy siyosat mavzusiga alohida ahami-
yat berilmoqda. Mazkur maqolada huquqiy siyosatning birgina jabhasi, ya’ni,
uning qonun ijodkorligi vositasida shakllantirilishi, amalga oshirilishi, qolaver-
sa, qonun ijodkorligining ko‘lami, yo‘nalishi, mazmun-mohiyatini belgilovchi
muhim omil ekanligiga e’tibor qaratiladi.
Davlat hokimiyatining huquqiy tizim ravon harakatlanishini ta’minlash,
huquqiy hayotni tashkillashtirish bobida yuritadigan siyosati huquqiy siyosat
deb ataladi.
Huquqiy siyosat – davlatning huquqiy mafkurasi, uning huquqiy
hayot sohasida tutadigan yo‘l-yo‘rig‘i, ro‘yobga chiqaradigan amal va tadbir-
lari, qo‘llaniladigan rahbariy g‘oyalari (prinsiplari) ifodasidir
2
. Shu bilan birga
aytish joizki, huquqiy siyosat yuridik faoliyatdagi qadriyatlar, ustuvorliklar
tizimida, huquqiy hayot voqeliklarida, qonunlar va boshqa normativ-huquqiy
hujjatlar mazmunida hamda rasmiy huquqiy mafkurada namoyon bo‘ladi.
O‘z mazmun-mohiyatiga ko‘ra, huquqiy siyosat jamiyat tuzilmalari va davlat
organlarini quyidagi dolzarb vazifalarni hal etishga yo‘naltiradi: mamlakat
miqyosidagi muhim ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish, huquq
subyektlari (jumladan, fuqarolar)ning huquq, erkinlik va qonuniy manfaatla-
rini muhofaza etish, yuridik hayotni ravon hamda izchil rivojlantirish, qonun-
chilikni davr talablariga mutanosib takomillashtirib borish, ijtimoiy-huquqiy
ong va madaniyatni barqaror yuksaltirish, umuman, huquqiy tizimni yalpi
modernizatsiya qilish kabilar.
Ilmiy adabiyotlarda huquqiy siyosatning irodaviy hodisa ekanligiga e’tibor
qaratiladi: «huquqiy siyosat davlatning huquqiy hayot sohasidagi tizimli ras-
miylashtirilgan irodasi bo‘lib, u davlatning ijtimoiy munosabatlarni huquqiy
tartibga solish ... maqsadida yuridik vositalardan oqilona foydalanish bora-
sidagi muntazam faoliyatidir». Davlat hokimiyatining huquqiy siyosati, bir to-
mondan, qonunchilik tizimida moddiylashadi (buning boisi qonun, qonunchilik
hujjatlari huquqni ifodalashning asosiy shakli ekanligida), ikkinchi tomondan,
qonun ijodkorlik faoliyatiga tatbiqan differensiatsiyalashadi (tarmoqlanadi).
Professor S.V. Poleninaning ta’kidlashicha, huquqiy siyosat uning ta’rif va
tavsiflari xilma-xil bo‘lishiga qaramasdan, avvalo, huquq ijodkorligi sohasidagi
siyosat tarzida tasavvur etiladi
3
. Keltirilgan iqtibos biz ta’kidlagan huquqiy
1
Mirziyoyev Sh. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va хalq
farovonligining garovi. – T., 2017. – 8-bet.
2
Qarang: Оdilqoriyev Х.T. O‘zbekiston Respublikasida qonun chiqarish jarayoni. – T., 1995. – 34-bet.
3
Qarang: Российская правовая политика. – М., 2003. – 180-bet.
16–18-8