Normativ-huquqiy hujjatlarning hudud va makon bo‘yicha amal
qilishi. Davlat suvereniteti tamoyiliga binoan normativ-huquqiy hujjatlar dav-
latning butun hududida amalda bo‘ladi. Davlat hududiga quyidagilar ki-
radi – yer maydoni, yer osti, ichki va hududiy suvlar, yer va suv hududi usti-
dagi havo makoni, elchixonalarning, harbiy kemalar, parvoz etuvchi kemalar
(apparatlar) hamda ochiq dengizda suzuvchi kemalarning hududlari. Normativ
hujjatlar amal qilishining hududiy ko‘lami davlat yurisdiksiyasi bilan chambar-
chas bog‘liq. Ba’zan xorijiy mamlakat qonunchiligi muayyan davlat hududida
amal qilishi mumkin. Biroq, buning uchun bu ikki davlat o‘rtasida ular qonun-
chilik hujjatlarining o‘zaro bir-birining hududida amal qilishi haqida shartnoma
bo‘lishi shart.
Xalqaro shartnomalar normativ hujjatlarning eksterritorial harakatini
ham nazarda tutishi mumkin. Ya’ni, bir davlatning qonunlari o‘z hududidan
tashqarida ham amal qiladi (bir davlat qonunlarining boshqa davlat hududida
bo‘lgan o‘z fuqarolari va tashkilotlariga nisbatan qo‘llanilishi). Federativ dav-
Do'stlaringiz bilan baham: |