240
Odilqoriyev X.T.
Davlat va huquq nazariyasi
Jamiyat huquqiy rivojlanishining davr
talablariga mos va tegishlicha yuksak savi-
yada bo‘lishi ko‘p jihatdan davlat hokimi-
yati yuritadigan
huquqiy siyosatga bog‘liq.
Davlat hokimiyatining irodasi – siyosiy iroda. Ushbu iroda qonun ijodkorligi
faoliyatiga impuls (turtki) beradi, natijada o‘zi shaklan – qonun, mazmunan –
huquq tarzida rasmiylashadi, yuridik ma’no kasb etib, siyosiy-huquqiy hodisaga
aylanadi. Ma’lumki, davlat belgilaydigan maqsad, bajaradigan vazifalar, amal-
ga oshiradigan faoliyat siyosat sohasini tashkil etadi, boshqacha aytganda,
ayni siyosatdir. Davlat faoliyati nihoyatda serqirra bo‘lganligi bois, u yurita-
digan siyosat bir qancha turlarda, masalan, iqtisodiy siyosat, ijtimoiy siyosat,
madaniy-ma’rifiy siyosat, huquqiy siyosat kabi shakllarda namoyon bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasida adolatli demokratik davlatchilik qaror topayot-
gan vaziyatda huquqiy siyosat mavzusini, bunday siyosatni shakllantirish va
amalga oshirishning fundamental masalalarini ilmiy tadqiq etish o‘ta dolzarb
vazifadir. Chunki, mamlakatda yuritilayotgan huquqiy siyosatning mazmun-
mohiyatini chuqur anglab yetish huquqiy tizimni muvaffaqiyatli modernizatsiya
qilish garovidir.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining
2015-yil 23-yanvardagi qo‘shma majlisida asosiy e’tibor qonun ijodkorligi va
qonunchilik faoliyatining sifat-samaradorligini oshirishga qaratilgan edi. Unda
qonun ijodkorligini amalga oshirishda yangi, zamonaviy faoliyat shakllarini
joriy etish, qonunni qo‘llash amaliyotini muntazam o‘rganish, qonun loyihala-
rini davlat boshqaruvi va fuqarolik jamiyati institutlarini keng jalb etish asosida
muhokama qilish, tegishli xorijiy huquqiy amaliyotni tahlil qilish, qonunlarda
ularning normalarini amalga oshirish mexanizmlarini puxta ishlab chiqish, qo-
nun ijodkorligida siyosiy partiyalar, ularning fraksiyalari va deputatlar faolligi
hamda tashabbuskorligiga erishish, qonunlar ijrosi ustidan parlament nazora-
tini yo‘lga qo‘yish, parlament palatalarining samarli hamkorligini ta’minlashga
oid muhim vazifalar belgilandi
1
. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh. Mirziyoev o‘zining 2017-yil 12-iyuldagi parlament palatalari qo‘shma
majlisidagi ma’ruzasida shunday dedi: «Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, amal-
dagi qonunlarimizda bir-biriga zid o‘rinlar ham yo‘q emas»
2
. Davlat boshlig‘i
yana bir chiqishida ta’kidladiki, «Afsuski, hozirgi kunda qonunlarning islohot-
lar samarasiga ta’siri yetarlicha sezilmayapti. Ularning ijtimoiy munosabat-
1
Хalq so‘zi, 2015-yil 24-yanvar.
2
Mirziyoyev Sh. Parlamentimiz haqiqiy demokratiya maktabiga aylanishi, islohotlarning tashabbuskori
va asosiy ijrochisi bo‘lishi kerak//Хalq so‘zi, 2017-yil 13-iyul.
Do'stlaringiz bilan baham: |